1.”Mehmon jiddiylashdi,nimanidir isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi”
--Ushbu gapda qo`llangan so`z yasovchi qo`shimchalar tarkibidagi undoshlar qaysi jihatiga ko`ra bir guruhdan joy oladi?
…………………………………………………………………………………………..
2.”Ko`z ochganda kelib yetti bahri ummon ,
Yetti tilda so`zlashgan biz tili biyron”.(M.Yusuf)
--Faqat jarangsiz va unli tovushlardan tarkib topgan bo`g`inlar sonini aniqlang?
…………………………………………………………………………………………...
3.Barcha,kimdir,aslo,doim,hamisha,yigitcha(ot),keldi,gulday
--Yuqoridagi nechta so`zda urg`u 2-bo`g`inga tushmaydi?
……………………………………………………………………………………………
4.”Ular oqsoqlanib soyga tomon tushib borardilar.Hamrohlaridan biri oldinda borayotgani,toshloq yerda qoqilib gandiraklab ketdi.Ikkalasi ham charchab holdan toygan va tishini tishlariga qo`yib taqdirga tan berganliklari yuzlaridan ko`rinib turardi – bu uzoq vaqt chekkan qiyinchiliklari oqibati edi”
--Tovush o`zgarishlari sonini aniqlang?
……………………………………………………………………………………………
5.”Bag`rida o`g`lini ko`rdi.Undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi.Kampir buni sezmasdi”
--Berilgan parchada necha orinda fonetik hodisa kuzatilgan?
…………………………………………………………………………………………….
6.Yangi ishingizni iningizdan ham yashirsangiz ,atrofingizdagilar bunga qanday qarasharkin?
Til orqa,sonor undoshi qo`llangab so`zlarda nechta yopiq bo`g`in borligini aniqlang?
…………………………………………………………………………………………….
7.Umrim davomida kam bilim olganim,ko`proq hunar o`rganmaganim, ustuvor zakovatga erishmaganim mening xatolarimdir?
Ushbu gapda nechta yopiq bo`g`in tarkibida sonor,lab undoshi qo`llangan?
……………………………………………………………………………………………..
8.’Yopilmas eshiklarga ko`pchilik kirmoqchi bo`lishi sir emas “
Ushbiu gapda o`zi alohida bo`g`in hosil qiluvchi mokrfemalar soni nechta?
……………………………………………………………………………………………
9.”Qo`lidagi jurnalda ajdodlarining mehnati singgan yerlar toptalgani yaqqol ko`rinib turardi”
--Ushbi gapda nechta portlovchi,jarangli,til undoshlari bor?
……………………………………………………………………………………………..
10.”Ertaga shanbalikka sen men bilan borib kela olasanmi?”
Ushbu gapda mantiqiy urg`u qaysi so`zga tushadi?
……………………………………………………………………………………………..
11.Anor,sening yuzlaring suluv,
Xumor,sening ko`zlaring suluv,
Yodda qolmas so`zlaring suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
--Ushbu she`riy parchada qanday fonetik o`zgarishlar kuzatilgan?
……………………………………………………………………………………………
12.Biroz ko`mglimniki bo`ldim-o`ksigan,
Rabbimniki edim,shubhasiz,biroq
Borim-yo`g`im bilan seniki edim,
Seniki bo`lurman ey,Ona tuproq.
-Nechta so`z fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
…………………………………………………………………………………………
13.Payshanba kuni uyiga ketdi: tuzsiz ovqatlardan bezor bo`lgan edi.
--Berilgan gapda nechta so`zda talaffuzda assimilatsiya hodisasi kuzatilgan?
……………………………………………………………………………………………..
14.Shu vaqt ko`rpani qayirib ushlagan oq nozik qo`llari bilan latif burnining o`ng tomonida , tabiatning nihoyatda usta qo`li bilan qo`ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o`lturdi.
--Fonetik yozuv asosida yozilgan so`z tarkibida qaysi undosh turi ishtirok etmagan?
…………………………………………………………………………………………
15.Yangi yilingiz muborak bo`lsin.
--Necha o`rinda portlovchi til undoshlari ishtirok etgan?
…………
Do'stlaringiz bilan baham: |