TEMIR YO`L TRANSPORTIDA INSON OMILINI KAMAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Mirtolipov Ziyodulla Fayzulla o`g`li, Shermatov Elbek Sirojiddin o`g`li
Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O`zbekiston)
Annotatsiya:
|
Zamonaviy temir yo`llarda inson omilini bartaraf etib, avariya va sustkashliklarni yo`q qilish, qolaversa, temir yo`l transporti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o`z vaqtida to`liq bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada jahon tajribasida kuzatilgan pandemiya va ishchilarning ish tashlashi natijasida poyezdlarning o`z vaqtida yurmasligi bilan bog`liq vaziyatga obyektiv baho berilib tahlil qilingan.
|
Kalit so`zlar:
|
Poyezd, mashinist, mikrokontrollyorlar, akkumulyator,
|
Kirish. Ayni paytda temir yo`llarning turli jabhalarida o`z sohasining yetuk tajribali va yosh malakali kadrlar samarali xizmat qilib kelmoqdalar. So`nggi yillarda jahon hamjamiyatida sog`liqni saqlash tizimiga xali uncha yaxshi ma’lum bo`lmagan yoki ma’lum bo`lsa ham unga qarshi aniq vosita va tadbirlar ishlab chiqilmagan o`ta yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishi hamda aholining katta qismini, jumladan temir yo`l transporti xodimlarini ham chetlab o`tmasdan ularni zararlashi jarayoni kuzatilmoqda. Bu tabiiy turdagi vaziyat bo`lsa, yaqinda Germaniyada “texnogen” turidagi vaziyat, ya’ni mashinistlarning ish tashlashi bo`lib o`tdi. Bu holat 2015-yilda ham bo`lib o`tgan edi. Ko`pincha temir yo`llarga iqtisodiyotning qontomirlari deya ta’rif berishadi. Agar temir yo`llar iqtisodiyotning qon tomirlari bo`lsa, bu qon tomirlar joylashgan inson tanasini yuqoridagi holatlar ro`y berganda falaj qilmaslik uchun “xavfsizlik yostiqchasi”ga egami yo`qmi degan savol e’tiborni o`ziga qaratdi. Gap farovon turmushimizni belgilab beruvchi tovar-moddiy boyliklar va bizning eng qimmat kapitalimiz – inson kapitali haqida borar ekan, ularning xavfsizligiga xavf tug`diruvchi to`siqlarni bartaraf etish yoki yo`lovchilarimizni o`z manziliga har qanday “tabiiy” va “texnogen” tusdagi xurujlarda ham yetqazib qo`yish bizning oliy vazifamizdir. Maqolada ayni paytda, dunyoning AQSH va Koreya Respublikasi kabi rivojlangan davlatlarining vagonlar oqimini masofadan turib boshqarishga doir ko`rgan chora-tadbirlari yoritilgan.
Tadqiqot obyekti: “Parallel systems” kompaniyasining o`zi yurar vagonlari.
Tadqiqot predmeti: “Parallel systems” kompaniyasining o`zi yurar vagonlari parametrlari
Tadqiqot maqsadi: Har qanday tabiiy yoki texnogen turdagi to`xtalishlar bo`lganda tashish qobiliyatining maromiyligini saqlash.
Tadqiqot vazifalari:
- poyezdlar harakatini tashkil etishda inson omili ishtirokida va ishtirokisiz sodir etiladigan (ya’ni har qanday turdagi) to`xtalishlar bo`lganda, yuk va yo`lovchilarni o`z manziliga o`z vaqtida uzilishlarsiz yetkazib qo`yish;
- bir necha odamning ishini bajara oluvchi texnika va texnologiyalarni qo`llash tufayli temir yo`l transporti iqtisodiy ko`rsatkichlarining yaxshilanishiga erishish.
Bizga yaxshi ma’lumki, yuk poyezdlari asosan saralash yoki uchastka stasniyalarida tuziladi. Bu tuzish jarayoni vagonlarning shartli miqdori yig`ilguncha davom etadi. Shartli miqdordagi vagonlar soni yig`ilgandan so`ng, magistral lokomotivi kelib vagonlarni tayinlangan yo`nalishga olib chiqib ketadi. Temir yo`llarimizdan tranzit poyezdlari va vagonlari maksimal darajada tez chiqib ketishi qo`shni davlatlarning bizning yo`llar orqali o`z yuklarini tashish ehtimolligini oshiradi. Shu o`rinda yuqorida aytib o`tilgan kutish vaqtini boy bermasdan vagon yoki vagonlar kelishi bilanoq ularni yuqorida tilga olganimiz (“Parallel systems” ning) o`ziyurar vagonlariga ortgan holda harakatni tashkil etsak, vaqt parametri bizda biroz yaxshilangan bo`ladi:
Bunday turdagi harakatni tashkil etishda yuqorida aytib o`tganimizdek inson omilini bartaraf etish va mehnatni tashkil etishdagi sarflar iqtisodi va yana temir yo`l tizimini dekarbonizatsiyalashtirishga erishgan bo`lamiz. Bu kabi akkumulyator bilan ta’minlangan vagonlarning yurish uzoqligi 500 mil bo`lib, undan tashqari turli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qiladigan mikrokontrollyor ham bo`ladi. Endi boshqa holatni ko`rib chiqamiz. O`tgan yilning avgust oyida Germaniyada pandemiya tufayli temir yo`l kompaniyasi mashinistlari €600 miqdoridagi mukofot puli va oylik maoshlarni shu yil (2021-yil)ning o`zida 1.4% ga oshirilishini talab qilishgan. DB (“Deutsche Bahn” AG – “Germaniya temir yo`llari” AJ) ma’muriyati bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirishni taklif qilgan lekin, “Germaniya mashinistlari kasaba uyushmasi” mashinistlarni namoyish qilishga chaqirgan. Natijada Germaniya temir yo`llari vokzali yuqoridagi holatga kelgan.
Agarda shunday holat ro`y berganda, Germaniya temir yo`llarida harkatni tashkil etishning “muqobil” variant bo`lganda, temir yo`l vokzallarida bu kabi holatlar bo`lmas edi.
Koreya tajribasida esa, yuqori tezlikdagi yo`lovchi harakatini tashkil etishda poyezdlar manzilga kechikib kelishi holati kuzatildi. Vaziyatni sinchiklab o`rganish jarayonida mashinistlarning katta tezlikdan qo`rqishi natijasida poyezdni belgilangan tezlikda haydamay, pastroq tezlikda boshqarganlari sababli manzilga kechikib borishi qayd etildi. Buni bartaraf etish uchun “KoRail” ma’murlari KTX-Sancheon yuqori tezlikdagi yo`lovchi poyezdini mashinistsiz boshqaruvga moslashtirdilar va yo`lovchilarni o`z manziliga belgilangan vaqtda olib borib qo`yishga erishdilar.
Tadqiqot natijalari. Odatiy usul bilan harakatni tashkil etishda zahirada qo`shimcha vositalarning bo`lishi va har qanday to`xtalishlarni bartaraf etgan holda mavjud tashish va o`tkazish qobiliyatini tushirmaslikka erishish mumkin.
Xulosa
Parallel tizimining vagonlarini qo`llash orqali shartli miqdor yig`ilishini kutish va magistral lokomotivini kelishini kutishda vaqtdan yutiladi. Lokomotivlarga texnik xizmat ko`rsatishdagi sarflar bilan o`zi yurar vagonning kichkina elektrodvigateliga xizmat ko`rsatish sarfini ham taqqoslab bo`lmaydi. Bu kabi muqobil texnologiyalar temir yo`llarning uzluksizlik darajasini oshiradi va xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. «Железные дороги мира» 2021-12 son, 15-28 betlar.
2. URL: https://moveparallel.com/product/
Do'stlaringiz bilan baham: |