4. Ma`lumotlar bazasining uch bosqichli strukturasi? MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir; Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q; Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi.
5. Taqsimlangan MBBT larning afzalliklari va kamchiliklari?
aqsimlangan MBBT larning afzalliklari va kamchiliklari? MB ni ishlatish afzalliklari: - Ixchamligi; - Axborotlarni qayta ishlash tеzligini oshishi; - Kam mеxnat sarfi; - Har doim yangi axborot olish imkoniyati; - Ma‟lumotlarni ortiqchaligini kamayishi. Kamchiligi: - Ular oldingi sinf MBBTga nisbatan qimmat, o„zlashtirish qiyin - Ularni samarali ishlashi uchun yuqori tezlikli (shuning Suchun qimmat) server va tarmoqlar talab etiladi. 6. Microsoft Access da ma’lumotlar bazasini tashkil etish? MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil etish uchun Microsoft Office dasturlari orasidan Microsoft Access 2010 ni yuklaymiz: Hosil bo‘lgan oynadan Новая база данных bo‘limini tanlaymiz. Natijada quydagi oyna hosil bo‘ladi: MS Access 2010 da jadval hosil qilib, ularga ma’lumotlarni kiritish ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: 1. Режим-Конструктор. 2. Создание-Конструктор таблиц. MS Access 2010 oynasida bitta jadval hosil qilish uchun Режим-Конструктор bo‘limidan foydalanish mumkin. Agar oynada bir nechta jadvallar hosil qilish va ular bilan o‘zaro bog‘lanish hosil qilish uchun Создание menyusining Конструктор таблиц bo‘limi orqali bajariladi.
7. Ma`lumotlar bazasini imkoniyatlari? Microsoft Access 2010 MOBTning relyatsion turiga mansub bo‘lib, hozirgi vaqtda eng ommaviy ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlariga kiradi va u MOni yaratish, MOda ma’lumotlarni saqlash, izlash va ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. MS Access 2010 ning yana bir qo‘shimcha afzalligi uning Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Word, Excel kabi dasturlar bilan integrallashganligidadir. Bu dastur ilovalarida yaratilgan ma’lumotlar bir ilovadan ikkinchi ilovaga osonlik bilan import va eksport bo‘lishi ko‘zda tutilgan.MS Access 2010 yordamida oddiy foydalanuvchi katta va murakkab bo‘lgan ma’lumotlar omborini dasturiy ta’minot yaratmasdan MO yaratish va qo‘llashga ega bo‘ladi.
8. Taqsimlangan MBBT lar qanday funktsional imkoniyatlarga ega bo‘lishi
kerak?