MBAZA.UZ
kengaytirildi.Mamlakatda nisbiy barqarorlik ta‘minlandi. Muhammad Rahimxon
I mamlakat obodonchiligiga ham alohida e‘tibor berdi. Qatormadrasalar va
masjidlar qurdirdi
3.
“Federatsiya” atamasiga izoh bering.
Federatsiya
(lotincha — ittifoq) — hududiy
jihatdan muayyan siyosiy
mustaqillikka ega bo‗lgan bir necha davlatlardan iborat yagona ittifoq davlat.
14-
BILET
1.
Dashti Qipchoq haqida ma‟lumot bering.
Dashti qipchoq, Qipchoq dashti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning
gʻarbiy yon bagʻridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni
11 — 15-asrlarga oid arab va fors manbalaridagi nomi. "D.Q." atamasini dastlab
Nosir Hisrav (11-asr) qoʻllagan. Bu davrda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan
gʻarbga tomon koʻchib (1030 y.) Xorazmga qoʻshni boʻlishgan va hozirgi
Qozogʻiston hududi,
shuningdek, jan.-rus dashtlarini egallashgan. D. Q. aholisi
sharq manbalarida — qipchoklar, rus solno-malarida — polovetslar,
Vizantiya
xronikalarida — kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. D. Q. 2 qism
— Sharqiy va Gʻarbiy qismdan iborat boʻlib, Yoyiq (Ural) daryosi ularning
chegarasi sanalgan. Gʻarbiy qism Yoyiq va Itil (Volga)
daryosidan to
Dneprgacha boʻlgan hududdan iborat boʻlgan. 13-asrda D. Q.ni moʻgʻullar bosib
olib, tarixda Joʻji ulusi nomi bilan mashhur Oltin Oʻrda davlatini barpo etganlar.
14-asr boshlarida Joʻji ulusi 2 qismga boʻlinib ketgan. D. Q.ning sharqiy qismida
Oq Oʻrda tashkil topgan. D. Q. ning gʻarbiy qismi rus yilnomalarida "Polovetslar
yeri" nomi bilan uchraydi. 14-asr 60-y.laridan sharqiy D. Q. "Oʻzbeklar
mamlakati", uning aholisi esa "oʻzbeklar" deb atala boshlandi. 15-asrning 20-
y.dan boshlab sharqiy D. Q.da Abulxayrxon va uning qarindosh-urugʻlari
hukmronlik qilgan. D. Q.ning asosiy axoliyey koʻchmanchi va yarim oʻtroq
boʻlib, chorvachilik va ovchilik, daryo va koʻl
yoqalarida yashagan aholi
dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, Oʻrda Bozor, Sigʻnoq,
Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullangan. 16—
18-asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida "D. Q." atamasi uning sharqiy qismi
(hoz. Qozogʻiston) ni anglatgan.
2.
Doro I ning dunyo tarixidagi tutgan o„rni haqida fikr bildiring.
Miloddan avvalgi 522- yilda shoh Doro I Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu
paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo‗zg‗olonlar avj olib ketgan edi.
Ammo ahamoniylar shohi Doro I ularni bostirishga erishdi. Doro I Qora dengiz
bo‗ylarida yashovchi skifl ar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi
yunonlar koloniyalari va Bolqon yarimoroli sharqida
joylashgan Frakiyani bo-
sib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo‗ldi. Doro I
hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O‗rtayer dengiziga qadar cho‗zilgan
ulkan davlat barpo etildi. Doro I butun mamlakat uchun «darik» deb nomlangan
yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. U qadimgi Fors podsholigi qarorgohi