MBAZA.UZ
mehribonlikko‗rsatgan. Keyinchalik Shayboniyga
nufuzli temuriy amirlardan
bo‗lmish Turkiston va O‗tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik
qildi. Shayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashamadi. Keyinchalik ular
Buxoroda yashab, ilm o‗rgandilar,
she‘riyat va ilm-fanga oshno bo‗ldilar. Balog‗atga
yetgani sari Shayboniy
ko‗nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tikiash orzusi jo‗sh ura boshladi. U
Dashti Qipchoqqa qaytib borib, lashkar to‗plashga muvaffaq bo‗ladi. Ayni
paytda, u bobosining davlatini
tiklash yo‗lidagi xatti-harakatini dastlab o‗z qo‗shini bilan temuriylarga yollanma
qo‗shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan.
3.
“Gimnaziya” atamasiga izoh bering.
Gimnaziya — MDHda va baʼzi Yevropa mamlakatlarida mavjud boʻlgan chuqur
bilim beradigan maktab turi. „Gimnaziya― soʻzi grekcha γυμνάσιον (gymnasion)
soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qadimiy Gretsiyada
yoshlar aqliy va jismoniy
bilim oladigan joylar shu nom bilan atalgan. Zamonoviy ingliz tilida gymnasium
soʻzi asosan jismoniy mashq qiladigan joy maʼnosida qoʻllaniladi.
11-
BILET
1.
Chexiya davlati haqida ma‟lumotlar keltiring.
Chexiya – suveren, demokratik davlat. Amalddagi konstitutsiyasi 1992 yil 16-
dekabrda qabul qilingan va 1993 yil 1-yanvardan
kuchga kirgan, 1997 yil 23
oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2013 yildan Milosh
Zeman), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
Qonun chiqaruvchi organi – deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament.
Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat.
Tabiati Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning
atrofida oʻrtacha
balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar
(KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor.
Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib
turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp.
Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor.
Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud.
Iklimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib
boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda
–8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda
oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida
uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ
yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan.
Hayvonlardan
togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar,
kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor.
Aholisi
Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak,
polyak va boshqa ham
yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning aksariyati