Fond samarasi (qaytimi) – asosiy ishlab chiqarish vositalarining bir so‘miga ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoridir.
Fond sig‘imi – bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarning qiymati.
Hajm ko‘rsatkichlari – yalpi, tovar, sotilgan, sof va me’yoriy sof mahsulotlar.
Shartli sof mahsulot – bu sof mahsulot bilan asosiy fondlarning amortizatsiyasi yig‘indisidir.
Yalpi ijtimoiy mahsulot – moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining iqtisodiy rivojlanishini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkichlar.
Yalpi mahsulot – tarkibiga tovar mahsuloti qo‘shuv tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldig‘i qo‘shuv korhonaning o‘zida tayyorlangan yarim – fabrikatlar va asbob – uskunalar kiradi.
Yalpi foyda – mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi va sof tushum va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
13.2 – Mavzu. HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
Do'stlaringiz bilan baham: |