Balansni likvidligi – balansdagi likvid bo‘lgan mablag‘larning majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi.
Brak mahsulot – tasdiqlangan andoza va texnika shartlarga mos kelmaydigan mahsulot.
«Balans” – lotincha bis – ikki marta, band – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topib, tom ma’noda ikki palla degan ma’noni anglatadi va tenglik tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Bir so‘mlik tovar mahsulotiga ketgan xarajat – ishlab chiqarish tannarxini tovar mahsuloti hajmiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Deduktsiya – tadqiqot yoki biror obyektni (hodisani, jarayonni) o‘rganishda umumiylikdan xususiylik sari o‘tilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |