Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul oqimlari - — xo‘jalik jarayonlarini korxonaning pul mablag‘lariga, foyda miqdoriga tasirini ifodalaydi.
Aylanma mablag‘lar- aylanma fondlar, muomala fondlari va boshqa harakatdagi aktivlarda turgan pul mablag‘lari.
Boshqaruv tamoyillari - iqtisodiyotning barcha sohalarini boshqarish tizimining tuzilishi va amal qilinishini belgilab beruvchi asosiy qoida.
Boshqaruv tizimi - boshqarishning maqsadlari, tarkibi, shakli va usullari majmuasi. U dinamik bo‘lib, ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi bilan uning unsurlarini aniq mazmuni ham o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |