1.2.TARQATMA MATERIAL
1.3.KEYS-STUDY
«Guliston» hissadorlik jamiyatining 20… yil uchun xo‘jalik muomalalarini hisobga olish daftari.
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Asos bo‘luvchi hujjat
|
Summa
|
Schyot aloqasi.
|
Dt
|
Kt
|
81
|
Korxona yiliga 20% foyda keltiradigan obligatsiya sotib oldi.
|
Yuk xati, guvohnoma
|
50000
|
|
|
82
|
Sotib olingan obligatsiyalar bo‘yicha 20% daromad hisoblandi.
|
Bux. ma’lumot.
|
10000
|
|
|
83
|
Obligatsiyalar bo‘yicha hisoblangan foiz hisob - kitob schyotimizga o‘tkazildi .
|
Hisob schyotidan ko‘chirma
|
10000
|
|
|
84
|
Obligatsiyalarning bir qismi qaytarildi .
|
Yuk xati
|
30000
|
|
|
85
|
Qaytarilgan obligatsiyalarning puli hisob - kitob schyotimizga o‘tkazildi.
|
Hisob schyotidan ko‘chirma
|
30000
|
|
|
86
|
Toshkent konserva zavodi OXJ dan aksiya sotib olindi nominal qiymat bo‘yicha
|
Hisob schyotidan ko‘chirma
|
160000
|
|
|
87.
|
Olingan aksiya uchun yillik divident hisoblandi
|
Bux ma’lumot.
|
40000
|
|
|
Vazifa:
1.Muomalalarga buxgalteriya o‘tkazmalari berilsin.
2. Quyidagi shaklda oborot vedomosti tuzilib schyotlarga tarqatilsin.
Schyot №
|
Schyotlar nomi
|
Oy boshiga saldo
|
Oborot
|
Oy oxiriga saldo
|
Dt
|
Kt
|
Dt
|
Kt
|
Dt
|
Kt
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
JAMI
|
|
|
|
|
|
|
Qimmatli qog‘ozlar harakati bo‘yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylashtiring.
Qimmatli qog‘ozlar harakat vedomostini rasmiylashtiring.
(so‘mda)
№
|
Qimmatli qog‘ozlar nomi
|
Boshlang‘ich qoldiq
|
Aylanmasi
|
Oxirgi qoldiq
|
Dt
|
Kt
|
Kirim
|
Chiqim
|
Dt
|
Kt
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar hisobi bo‘yicha muomalalar 10 jurnal orderga tushirilsin.
Jurnal order №10
Kt
Dt
|
№0610
|
№0620
|
№0630
|
№0640
|
№0690
|
Jami
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Hammasi
|
|
|
|
|
|
|
1.4.GLOSSARIY
Asosiy fondlarni yangilash koeffitsienti - yangi kelgan asosiy fondlar so‘mmasini asosiy fondlarning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish kerak.
Asosiy fondlarni chiqib ketish koeffitsenti - chiqib ketgan asosiy fondlar so‘mmasini ularning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish kerak.
Asosiy fondlarni ishga yaroqlilik koeffitsienti - birdan eskirish koeffitsenti ayriladi.
Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul oqimlari - — xo‘jalik jarayonlarini korxonaning pul mablag‘lariga, foyda miqdoriga tasirini ifodalaydi.
Aylanma mablag‘lar- aylanma fondlar, muomala fondlari va boshqa harakatdagi aktivlarda turgan pul mablag‘lari.
Boshqaruv tamoyillari - iqtisodiyotning barcha sohalarini boshqarish tizimining tuzilishi va amal qilinishini belgilab beruvchi asosiy qoida.
Boshqaruv tizimi - boshqarishning maqsadlari, tarkibi, shakli va usullari majmuasi. U dinamik bo‘lib, ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi bilan uning unsurlarini aniq mazmuni ham o‘zgaradi.
Boshqaruv tahlili - korxona ma’muriyati, mulk egasi va mutaxassislari tomonidan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va ularni ishga solish hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan tahlildir.
Balansni likvidligi - balansdagi likvid bo‘lgan mablag‘larning majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi.
Brak mahsulot - tasdiqlangan andoza va texnika shartlarga mos kelmaydigan mahsulot.
«Balans” - lotincha bis – ikki marta, band – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topib, tom ma’noda ikki palla degan ma’noni anglatadi va tenglik tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Bir so‘mlik tovar mahsulotiga ketgan harajat - ishlab chiqarish tannarxini tovar mahsuloti hajmiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Deduktsiya - tadqiqot yoki biror obyektni (hodisani, jarayonni) o‘rganishda umumiylikdan xususiylik sari o‘tilishi tushuniladi.
Debitor qarzlari - aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanma mablag‘larining bir qismi boshqa korxonalar aylanmasida qatnashishi tushuniladi.
Debitorlik majburiyalarining aylanuvchanligi - qarz majburiyatlarining undirib olish muddati va ularning aylanish koeffitsenti..
Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligini - sotishdan olingan sof tushumni debitorlik majburiyatlarining mavjud summasiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Debitorlik qarzlarining aylanish kuni - debitorlik majburiyatlarining mavjud summasini tahlil etish davrining kelendar kuniga ko‘paytirish va sotishdan olingan sof tushum summasiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Jami aktivlarni rentabelligi (mulk rentabelligi) - korxonaning asosiy va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi darajasini ko‘rsatadi. U sof foydani jami aktivlarni o‘rtacha qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Joriy likvidlik koeffitsienti - u aylanma aktivlarga qo‘`yilgan moliyaviy resurslarning necha so‘mi joriy majburiyatlar bir o‘`miga tog‘ri kelishini ifodalaydi. U joriy aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Zanjirli almashtirish usuli - natija o‘zgarishiga uchta va undan ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatsa, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik funktsional bo‘lganda qo‘llaniladigan usul.
Induktsiya - tadqiqotni yoki biror obyektni (hodisani, jarayonni) xususiylikdan umumiylik sari o‘tilishi tushuniladi.
Ichki xo‘jalik rezervlar(imkoniyatlari) - xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish imkoniyatini aniqlashda ijobiy ta’sir etuvchi omillar harakatini kuchaytirish va ularning salbiy ta’sirini tugatish tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari - taqqoslash, guruhlashtirish, mutlaq va nisbiy miqdorlar, indeks, dinamika, bartaraf etish, zanjirli bog‘lanish, etakchi bo‘g‘inni ajratib qo‘yish, koeffitsientlar, foizlar, o‘rtacha miqdorlar, qayta hisoblash, ko‘rsatkichlarning bajarilish foizi va oo‘ish sur’atidagi farq, mutlaq farq kabilar.
Iqtisodiy-matematik usullar - integral, korrelyatsiya, regressiya, omillar tizimini determinlashgan modellarda aks ettirish, nazariy o‘yin kabilar.
Istiqbol tahlili - korxonaning kelgusi faoliyatini oldindan o‘rganish sodir bo‘ladigan j`arayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil.
Investitsiya faoliyati –nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish, uzoq muddatli moddiy aktivlar sotib olish uchun etkazib beruvchilarga to‘langan pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar chiqim ustunida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |