4
Kirish
O‗zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo‗lidan dadil ketayapti.
Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi,
ishlab chiqarish modernizatsiya qilinmoqda va texnik qayta qurollantirilmoqda,
yangi sohalar yuzaga keltirilayapti, iqtisodiyotning keyingi barqaror va dinamik
o‗sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.
Ushbu o‗lkaga tabiat mo‗l-ko‗l in‘omlar bergan. Amudaryo va Sirdaryo
oralig‗iga joylashgan O‗zbekiston o‗z tabiiy-iqlimiy sharoitlari bo‗yicha Markaziy
Osiyoning eng ma‘qul regionlaridan biridir. O‗zbekiston o‗ta boy mineral
xomashyo resurslariga ham ega. Uning sahnida Mendeleyev jadvalidagi ko‗p
kimyoviy elementlar mavjud.
Respublika oltin zaxiralari bo‗yicha jahonda to‗rtinchi, uni qazib olish
bo‗yicha – yettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo‗yicha – to‗rtinchi, eksporti
bo‗yicha – ikkinchi o‗rinlarni, uran va mis zaxiralari bo‗yicha mos ravishda
yettinchi va o‗ninchi o‗rinlarni egallaydi. O‗zbekiston rangli va nodir yer metallari,
neft, gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvars va boshqa foydali
qazilmalarning katta zaxiralariga ega bo‗lsada, ularni ratsional va kompleks holda
ishlatishga intiladi. Xuddi shu bois xorij kapitalini ishlatib foydali qazilmalarni
qazib olishni tashkil qilish va ularni kompleks qayta ishlash – mamlakatimiz
rivojining eng zaruriy, birinchi darajali mezonlaridandir.
O‗zbekistonning zamonaviy neft-gaz sanoati – iqtisodiyotning eng yirik
sohalaridan biri bo‗lib, mamlakatning eng zarur energetik bazasidir. Sohada
talaygina ilmiy-texnik potensial vujudga keltirilgan, uning rivojlanishida ma‘lum
yutuqlarga erishilgan.
Yoqilg‗i-energetik kompleksni tezkor rivojlantirish – davlatimiz siyosatidagi
urg‗u berilgan yo‗nalishdir.
Ayniqsa, xalq xo‗jaligining barcha sohalari uchun termik va mexanik
xossalari sifatli tovarlar ishlab chiqarishga yaroqli xossali turli polimerlarni
ishlab chiqarish davr talabiga aylangan. Fan va texnikaning rivojlangan hozirgi
5
davrida yuqori molekular birikmalar – tabiiy, sun‘iy va sintetik polimerlarning
mexanik
xossalari,
jumladan,
mustahkamligi,
elastikligi,
oquvchanligi,
qovushqoqligi, yuqori bosim va haroratlarga bar- doshliligi, destruksiyalanishi kabi
qator fizik-kimyoviy va mexanik xossalari o‗rganilgan. Yuqori molekular
birikmalar keng tarqalgan bo‗lib, murakkab makromolekulalardan tashkil
topganligi va shu sababli turli xossalarga boy bo‗lib, inson hayoti faoliyatida
ishlatiladigan ko‗plab materiallar polimer- lardan yasalgandir. Sanoatda, qishloq
xo‗jaligida va turmushda ishlatiladigan hamda qurilish materiallari sifatida
ishlatiladigan materiallarning katta qismini polimerlar tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda turli usullarda olinadigan polimerlardan konstruksion
materiallar, kimyoviy tolalar, turli nozik ranglardagi pardalar, lok-bo‗yoqlar,
izolatsiya materiallari, ion almashtiruvchi sorbentlar, yengil, chiroyli va
mustahkam quri- lish asboblari, kimyoviy apparaturalar, quvurlar, santexnika
tovarlari, turli qoplamalar va boshqa materiallar tayyorlanmoqda. Xalq iste‘moli
uchun ommabop rezina-texnika buyumlari ko‗pchiligining konstruksiyasi
murakkabligidan qat‘i nazar, yagona texnologiya, rezina aralashmalar tayyorlash,
ularni qayta ishlash va vulkanlash jarayonlari bilan amalga oshiriladi.
Yagona texnologiyaning dastlabki bosqichi rezina aralashmalar tayyorlash va
ishlab chiqarishning eng muhim jarayonini o‗z ichiga oladi.
Bu jarayon texnologik parametrlarini jadallashtirish va bir-biriga bog‗liq qator
tadbirlar kompleksidan iborat. Bu tadbirlar, asosan, ishlab chiqarishga yangi
modernizatsiyalangan dastgohlar, zamonaviy boshqarish vositalari va jarayonning
avtomatik nazoratini tatbiq etishdan iborat.
Zamonaviy texnologiyaning rivojlanishi materiallarni texnikada ishlatish,
undan samarali foydalanish va ularning xossalariga bo‗lgan talablarni kuchaytirdi.
Zamonaviy texnolo- giyalar qatorida turgan kosmonavtika, yadro texnologiyasi va
aviatsiya sohasidagi muammolar va ularning yechimlari konstruksiyaga
qo‗llanilgan material ishonchliligiga bog‗liq bo‗lib qolayotganligi hech kimga sir
emas. Shuni hisobga olgan holda zamonaviy kompozitsion materiallar yaratish
usullari kom- ponentlarning xossalaridan kelib chiqib mustahkam, chidamli
6
kompozitsion materiallar ishlab chiqarish bugungi kundagi ishlab chiqaruvchilar
va injenerlar oldiga qo‗yilayotgan asosiy vazifalardandir. Muammoning yechimi
esa uzoq muddat o‗zining ishchi holatini saqlab tura oladigan, tashqi deformatsiya,
ichki energiya yig‗ilishlariga bardosh bera oladigan kompozitsion materiallar
tayorlashdan iborat. Metall va uning qotishmalarining maxsus xossalarini bera
oladigan metalmas kukun va kalta tolali materiallardan tashkil topgan
kompozitsion materiallar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxining
kamayishi va mustahkamligini sezilarli ravishda oshganligi sohani to‗laqonli
o‗rganishga va tadqiqotlar olib borilishiga sabab bo‗lmoqda.
Ushbu o‗quv qo‗llanma orqali talablarga polimerlar, polimer kompozitsiyalar,
rezina, lok-bo‗yoq qorishmalarida ishlatiluvchi ingrediyentlar, ularning olinishi,
xossalari, ishlatilishi va texnika mahsulotlari xossalariga ta‘siri; ularni tayyorlash
va modifikat-siya qilish; ular qorishmasini tayyorlash uchun tarkib tuzish;
qorishma tayyorlash mashinalari va texnologiyalari; rezina, polimerlar
qorishmalari, lok-bo‗yoq materiallarining xillari, ularni olish nazariyasi va ishlab
chiqarish texnologiyasi hamda ularning xossalarini o‗rganish va nazorat qilish
usullarini o‗rgatish, talabalarda malaka hamda ko‗nikmalar hosil qilish maqsad
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |