Urug’li mevali daraxt ko’chatlarini yetishtirish, hosil olish
Donakli mevali daraxt ko’chatlarini yetishtirish, hosil olish
Ko’chatlar va ularni ekish
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMA
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
M.U.NIZOMOVA, M.D.DUSTIYOROV
DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIGI VA KO’CHATCHILIGI
USLUBIY KO’RSATMA
Toshkent 2019
Toshkent davlar agrar universiteti O’quv-uslubiy kengashining 2019 yil ___- dekabrdagi yig’ilishida tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan
(___-sonli majlis bayoni).
Tuzuvchi:
M.U.Nizomova
M.D.Dustiyorov
|
-ToshDAU ning Dorivor o’simliklar kafedrasi katta o’qituvchi, q/x.f.f.d
-ToshDAU ning Dorivor o’simliklar kafedrasi assistenti
|
Taqrizchilar:
|
N.K. Raximova
|
-O’zFA, Toshkent botanika bog’i O’simliklr morfologiyasi va anatomiyasi laboratoriyasi mudiri, b.f.n, katta ilmiy xodim
|
X. Axmedov
|
-ToshDAU Qishloq xo’jaligida ekologik xafsizlik va botanika” kafedrasi dotsenti, b.f.n.
|
|
Uslubiy ko’rsatma ToshDAU Dorivor o’simliklar kafedrasining 2019 yil ________yig’ilishi (___-sonli majlis bayoni) xamda O’rmon xo’jaligi va manzarali bog’dorchilik fakulteti o’kuv-uslubiy komissiyasining 2019 yil ____________yig’ilishida (_____ -sonli majlis bayoni) muhokama kilingan va o’quv jarayonida qo’llash uchun tasdiklashga tavsiya etilgan.
© Toshkent davlat agrar universiteti, 2019.
ToshDAU taxririyat-nashriyot bo’limi
KIRISh
Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va sifatini oshirish borasidagi ishlar orasida urug’chilik muhim o’rni bor.
Urug’chilik sohasida bajarilayotgan ishlarni jahon andozalari darajasida o’tkazish lozim, buning uchun O’zbekistonda urug’chilik muammolar o’rganilib chiqilmoqda va u izchil xayotga tatbiq etilmoqda.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko’ra “Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi” ta’lim sohasida o’qitiladigan «Dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi” fani dasturi mazmuniga ko’ra, ushbu fanni o’qitish orqali talabalarga urug’chilik tarixi, bir, ikki, ko’p yillik, daraxt va butalar urug’ hosildorligini hisobga olish, urug’chilik bazasini tashkil etish, urug’larni sifati va saqlash usullari, urug’larni ekishga tayyorlash, ularni ekish muddatlarini aniqlash, dorivor o’simliklarni generativ va vegetativ ko’paytirish usullari, ko’chatlarni ochiq va yopiq yerlarda yetishtirish texnologiyasi to’g’risida bilim berishdir.
Mazkur uslubiy ko’rsatmalar 5411100–Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi, fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish, bajarish, uni nazorat qilish va baxolash jarayonida keng foydalanish uchun tavsiya etiladi.
1. TALABALAR MUSTAQIL IShLARINING MAZMUNI VA ShAKLLARI
Talabalar mustaqil ishi (TMI) fandan o’kuv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir kismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi konsultatsiya va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad kafedra professor-o’kituv-chilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida o’kuv semestri davomida talabalarni «Dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi» fanini uzluksiz o’rganishini tashkil etish, auditoriya mashg’ulotlarida olingan bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlash, navbatdagi darslarga mustaqil tayyorgarlik ko’rish, ularning aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda axtarib topish va o’zlashtirishni shakllantirish negizida hozirgi kun talablariga har tomonlama javob bera oladigan raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriklarning shakli va hajmi, ularning murakkablik darajasi o’kuv rejasida ko’zda tutilgan mavzularni o’zlashtirib borish davomida talabalarda fan bo’yicha yetarlicha ko’nikmalar mujassamlanganligiga muvofiq o’zgarib boradi. Bunda talabalarni topshi-riqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga yo’naltirgan holda mustaqil ishlash qobiliyati darajasini asta-sekin shakllantirib borish talab etiladi.
«Dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi» fani bo’yicha mustaqil ishni tashkil etishda talabalarning akademik o’zlashtirish darajalari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanladi: 1) fanning ayrim mavzularini tavsiya etilgan o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlardan foydalangan holda mustaqil o’zlashtirish; 2) amaliy mashg’ulotlarga mustaqil tayyorgarlik ko’rib borish; 3) mustaqil o’rganiladigan mavzular bo’yicha referat tayyorlash; 4) munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish; 5) talabalarning ilmiy jamiyatlari va to’garaklarida ishtirok etish; 6) ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarni tayyorlash; 6) axborot-resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig’ish, ularni qayta ishlash va muayyan tizimga solish; 7) belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida takdimot materiallari tayyorlash; 8) talabalar turar joyida, ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o’qish jarayonlarida ishtirok etish; 9) kafedraning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida faol ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga qaratilganki, bunda butun o’quv jarayoni talabalar tomonidan fan asoslarini to’laligicha faol, ongli, puxta va tizimli ravishda o’zlashtirish va ularda Dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi fanining umumiy masalalari, ilmiy asoslari, urug’chilik tarixi, Bir, ikki, ko’p yillik, daraxt va butalar urug’ hosildorligini hisobga olish, Urug’chilik bazasini tashkil etish, Urug’larni sifati va saqlash usullari, Urug’larni ekishga tayyorlash, ularni ekish muddatlarini aniqlash, Dorivor o’simliklarni generativ va vegetativ ko’paytirish usullari, Ko’chatlarni ochiq va yopiq yerlarda yetishtirish texnologiyasi to’g’risidagi qonunlar xaqida muayyan imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |