Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning
xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o„quv qo„llanmalar bo„yicha fan boblari va mavzularini o„rganish;
- tarqatma materiallar bo„yicha ma‟ruzalar qismini o„zlashtirish;
- avtomatlashtirilgan o„rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo„yicha fanlar bo„limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- talabaning o„quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan boqliq bo„lgan fanlar
bo„limlari va mavzularni chuqur o„rganish.
Maxsus kurs (Informatika) fani bo„yicha talabaning mustaqil ta‟limi shu
fanni o„rganish jarayonining tarkibiy qismi bo„lib, uslubiy va axborot resurslari
bilan to„la ta‟minlangan.
Talabalar
auditoriya
mashg„ulotlarida
professor-o„qituvchilarning
ma‟ruzasini
tinglaydilar, kompyuterda amaliy ishlaydilar. Auditoriyadan
tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa
sifatida berilgan topshiriqlarni kompyuterda va dasturlash tilida bajaradi.
Bundan
tashqari ayrim mavzularni kengroq o„rganish maqsadida qo„shimcha adabiyotlarni
o„qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo„yicha testlar yechadi. Mustaqil ta‟lim
natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo„shimcha darslik va adabiyotlardan yangi
bilimlarni mustaqil o„rganish, kerakli ma‟lumotlarni izlash va ularni topish
yo„llarini
aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma‟lumotlar to„plash va
ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to„garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy
manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‟ruzalar tayyorlash kabilar
talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi,
ularning mustaqil fikrlash
va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta‟limsiz o„quv
faoliyati samarali bo„lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish, kompyuterni texnik va dasturiy muhitida
ishlashini baholash amaliy mashg„ulot olib boruvchi o„qituvchi tomonidan,
konspektlarni va mavzuni o„zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa
ma‟ruza darslarini olib boruvchi o„qituvchi
tomonidan har darsda amalga
oshiriladi.
Maxsus kurs (Informatika) fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha
mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko„rinishida shakllantirilgan.
1.
Informatikaning vujudga kelishi, informatika atamasi;
2.
Kompyuterlarning dasturiy ta‟minoti;
3.
Interfeys;
4.
Tizimli dasturiy ta‟minot;
5.
Amaliy dasturiy ta‟minot;
6.
Operatsion tizimlar;
7.
Operatsion tizimlarning turlari va farqlari;
8.
Operatsion tizimlarning
imkoniyatlari;
9.
Zamonaviy operatsion tizimlar;
10.
Axborot va axborot texnologiyalari, dasturiy ta‟minot, interfeys;
11.
Tizimli dasturiy ta‟minotning o„ziga xos jihatlari;
12.
Operatsion tizimlardagi o„ziga xos xususiyatlari;
13.
Operatsion tizimlarning turlari va afzalliklari;
14.
Ochiq kodli operatsion tizimlar;
15.
Windows operatsion tizimida ishlash;
16.
Windows operatsion tizimining qobiq dasturlari;
17.
Zamonaviy operatsion tizimlar, xizmatchi
dasturlar va utilitalar;
18.
Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OT imkoniyatlari.
19.
Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS imkoniyatlari.
20.
Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows operatsion tizimida
fayllar bilan ishlash.
21.
Operatsion tizimlar. Windows operatsion tizimi muxitida ishlash
22.
Windows operatsion tizim o„rnatish
23.
Windows - operatsion tizimidagi qisqa tugmalar(short cut).
24.
Operatsion tizimlar fani (amaliyot)
25.
Operatsion sistema va uning vazifalari Windows operatsion tizimi
haqida umumiy ma„lumotlar
26.
Windows operatsion tizimi uchun zarur bo„lgan resurslar
27.
Windows operatsion tizimining imkoniyatalari;
28.
Windows OT ob‟ektlari.
29.
Windows operasion tizimni komp‟yuterga o„rnatish (Instalizasiya
qilish);
30.
Operatsion sistemani tashkil etuvchi
dasturlar va qobiq-dasturlar;
31.
Fayllar va kataloglar;
32.
Windows operatsion sistemasida Microsoft office paketi;
33.
Windows operatsion sistemasi interfeysi;
34.
Bosh menyu (Pusk, Start);
35.
“Mening kompyuterim” sistema katalogi;
36.
Windows yo„lboshlovchisi;
37.
Android mobil operatsion tizimi.
38.
BlackBerry OS mobil operatsion tizimi.
39.
iOS mobil operatsion tizimi. Nokia Series 40 mobil operatsion tizimi.