Mazkur dastur 5110900-Fizika ta’lim yo’nalishining 2017/2018 o’quv yilida


Elektr va magnetizm fani bo‘yicha mavzular



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana13.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#787263
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5А140201 - Fizika (yonalishlar boyicha) (1)

 
3.Elektr va magnetizm fani bo‘yicha mavzular 
«Elektr va magnetizm» fanining maqsadi va vazifasi. Talabalarni tabiatda va texnikada 
ro‘y beruvchi hamda qo‘llaniluvchi elektr va magnit hodisalari hamda jarayonlari, ularning 
qonun va qoidalari bilan tanishtirish. Fanning mutaxassis tayyorlashda tutgan o‘rni. Fanni 
o‘rganishda elektron mashg‘ulotlik va multimediyalardan foydalanish. Internet tarmog‘idan 
foydalanish. Nuqtaviy zaryad haqida tushuncha. Zaryadlarning xalqaro (SI) va SGS birliklar 
sistemasida o‘lchov birliklari. Elektrlanish zaryadlarning qayta taqsimlanishidir. Elektronlar. 
Kulon qonuni. 
Elektr maydon. Elektr maydon to‘g‘risida tushuncha. Elektr maydon kuchlanganligi. Elektr 
maydonlarni qo‘shish. Zaryadlarning chizig‘iy, sirtiy va hajmiy zichliklari. Zaryadlar 
sistemasining elektr maydoni.
Elektr maydon kuchlanganligini superpozitsiya printsipidan foydalanib hisoblash. Elektr 
maydonni grafik ravishda tasvirlash. Kuch chiziqlari. Elektrostatik maydon induktsiya vektori va 
uning oqimi. Elektr maydonini hisoblash. Ostragradskiy-Gauss teoremasi elektr dipoli. 
Elektrostatik maydondagi zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish. Potentsiallar farqi. Maydon 
kuchlanganligi bilan potentsial orasidagi bog‘lanish.
Potentsiallar gradienti. Elektrostatikaning umumiy masalasi. Nuqtaviy zaryadning, 
dipolning, ixtiyoriy taqsimlangan zaryadlar sistemasining maydonlari Puasson va Laplas 
tenglamalari. 
Elektr sig‘im. Sig‘im birliklari. Oddiy kondensatorlarning sig‘imi. Zaryadlangan 
kondensatorlar energiyasi. Kondensatorlarni ulash. Elektr maydonning energiyasi. va energiya 
zichligi.
Elektr maydonidagi o‘tkazgichlar. Elektr maydonidagi dielektriklar . Dielektriklarning 
qutblanishi. Qutblanish vektori. Muhitning dielektrik singdiruvchanligi va qabul qiluvchanligi.
Ikki dielektrik muhit chegarasida qutblanish va induktsiya vektorlari, hamda elektr maydon 
kuchlanganligi chiziqlarini sinishi. Dielektrik kristallarning elektr xususiyatlari. Elektr tokining 
xarakteristikalari. Tok kuchi va tok zichligi. Elektr tokining ta’sir turlari. O‘tkazuvchanlik elektr 
toki. 
Om qonuni. Elektr kuchlanish. Qarshiliklarni o‘lchash (ulash). O‘tkazgich qarshiligi. 
Qarshilikning temperaturaga bog‘liqligi.
Tok manbalari. O‘zgarmas tokning ishi va quvvati. Joul-Lents qonuni. 
Elektr yurituvchi kuch. Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgof qoidalari. Tarmoqlangan 
zanjirlarning hisoblashni xususiy hollari.
Tok manbaining foydali ish koeffitsienti.Om qonunining differentsial ko‘rinishi. Berk 
zanjir uchun Om qonuni. Elektr uzatish tizimining foydali ish koeffitsienti. Tarmoqlangan 
zanjirlar uchun qoidalar. 
Metallar o‘tkazuvchanligining elektron nazariyasi. Rike, Mandelshtam-Papaleksi va 
Styuart-Tolmen tajribalari. 
Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi bilan issiqlik o‘tkazuvchanligi orasidagi bog‘lanish 
Metallarda elektr o‘tkazuvchanlikning klassik elektron nazariyasi asosida Om, Joul-Lents va 
Videman-Frants qonunlarini tushuntirilishi. O‘ta o‘tkazuvchanlik. 
Metallardan elektronni chiqish ishi. Kontakt potentsiallar farqi. Termoelektrik hodisalar. 
Termoelektron emissiya.


Vakuumda elektr toki, elektron lampa va uning qo‘llanilishi. Volt-Amper xarakteristikasi. 
To‘yinish tokining temperaturaga bog‘liqligi. 
Gazlarda elektr toki. Plazma haqida tushuncha. Suyuqliklarda elektr toki. Faradey 
qonunlari. 
YArimo‘tkazgichlar.YArimo‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi. Sof va aralashmali 
elektr o‘tkazuvchanlik. 
Doimiy magnit. Magnit maydon. Magnit maydon induktsiya vektori. Tok elementi. 
Toklarning magnitli o‘zaro ta’sirlashuvi.
Magnit maydon kuchlanganligi. Bio-Savar-Laplas qonuni. Harakatlanayotgan zaryad va 
tokli o‘tkazgich atrofidagi magnit maydon. To‘g‘ri tok va aylanma toklarning magnit maydon 
kuchlaganligini hisoblash. Solenoidning o‘qi bo‘ylab magnit maydon kuchlanganligini 
taqsimlanishi. Parallel toklarning o‘zaro magnit ta’siri. Tok kuchining birligi-Amper. 
Solenoidning o‘qi bo‘ylab magnit maydon kuchlanganligini taqsimlanishi. Parallel 
toklarning o‘zaro magnit ta’siri. Tok kuchining birligi-Amper. 
Magnit oqimi. Magnit maydonda tokli kontur. Magnit maydon kuchlanganligining 
tsirkulyatsiyasi. Magnit maydonda tokli o‘tkazgich. Amper kuchi. Tokli o‘tkazgichning magnit 
maydonida ko‘chishida bajarilgan ish. 
Magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaga ta’sir etuvchi kuch. Lorents 
kuchi. Xoll hodisasi. Harakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaning magnit maydoni. 
Moddalarning magnit xususiyatlari. Molekulyar toklar. Magnitlanish vektori. Dia-para-
ferromagnetiklar. Para- va diamagnetizmni tushuntirilishi. Ferromagnetiklar. Ferromagnetiklarni 
magnitlanish jarayoni. Gisterezis sirtmog‘i. Qoldiq magnitlanish va koertsetiv kuch. 
Ferromagnetizmning tushuntirilishi. Domenlar nazariyasi haqida tushuncha. 
Elektromagnit induktsiya hodisasi. Faradey tajribalari. Induktsion tokning yuzaga kelishi. 
Induktsiya elektr yurituvchi kuch. Faradey qonuni. Induktsiya EYUK paydo bo‘lishining 
elektron nazariyasi. 
O‘zgaruvchan EYUK va o‘zguruvchan tok. O‘zinduktsiya va o‘zaro induktsiya. Uyurma 
toklar.
Magnit maydon energiyasi. O‘zinduktsiya hodisasi. Zanjirni ulash va uzishda 
o‘zinduktsiya. Transformatorlar. O‘zinduktsiya natijasida zanjirda tokning yo‘qolishi va 
tiklanishi. 
O‘zaroinduktsiya. Lents qonuni. Elektromagnit induktsiyaning asosiy qonuni. Induktivlik. 
Solenoidning induktivligi. Muhitning magnit doimiysi. 
Xususiy elektr tebranishlar. So‘nish bo‘lmagandagi elektr tebranishlar. Xususiy elektr 
tebranishlar tenglamasi. So‘nish bo‘lgandagi elektr tebranishlar. 
Majburiy elektr tebranishlar. O‘zgaruvchan elektr toki. O‘zgaruvchan tok generatori. 
O‘zgaruvchan elektr toki zanjirida aktiv qarshilik, sig‘im va induktivlik. Vektor diagrammalar 
usuli.
O‘zgaruvchan tokning quvvati, ishi. Tok va kuchlanishning effektiv qiymatlari. 
O‘zgaruvchan tok zanjirlarida tarmoqlanish.
Kuchlanish va toklar rezonansi. Elektr va magnit maydonlarni o‘zaro bog‘liqligi. 
Elektromagnit maydon. Maksvell postulatlari. Siljish toki. Elektromagnit to‘lqinlar. 
Elektromagnit to‘lqinlarning xususiyatlari, ularning ko‘ndalang to‘lqin ekanligi. To‘lqin 
energiyasi. Poynting vektori. Elektromagnit to‘lqinlarni hosil qilish. Gerts tajribalari. 
To‘lqin energiyasi. Poynting vektori. Elektromagnit to‘lqinlarni hosil qilish. Gerts 
tajribalari. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish