Mazkur darslik qishloq xo'jalik universiteti va institutlarida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun tavsiya etilgan



Download 20,33 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi20,33 Kb.
#467262
Bog'liq
1. Kirish. Fizik-kolloid kimyo fanining rivojlanish tarixi. Fanning asosiy


Kirish. Fizik-kolloid kimyo fanining rivojlanish tarixi. Fanning asosiy


bo‘limlari va kimyoviy jarayonlarni o‘rganish usullari.


Kirish
Qishloq xo'jalik mutaxassislari qishloq xo'jaligining unumdorligini oshirish uchun ishlab chiqarishning agrosanoat integratsiyasini, dehqonchilik va chorvachilikning intensiv texnologiyasini yaxshi o'zlashtirishlari, gen injeneriya, bioorganik kimyo, biotexnologiya kabi yangi sohalardan xabardor bo'lish bilan birga bu fanlarning asosi hisoblangan fizik va kolloid kimyoni chuqur bilishlari kerak. Bu fanni bilish o'simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo'lib turadigan turli jarayonlarni to'g'ri tushunishga yordam beradi.
Keyingi yillarda yangi zamonaviy fizik asbob-uskunalarning yaratilishi hamda ulardan qishloq xo'jalik mahsulotlarini analiz qilishda foydalanilishi, o'simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, sintetik tola, plastmassa va boshqalarning ko'plab ishlab chiqarilishi ham bo'lajak qishloq xo'jaligi mutaxassislarining fizik kimyo bilan kolloid kimyoni yaxshi o'rganishlarini taqoza etadi.
Mazkur darslik qishloq xo'jalik universiteti va institutlarida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun tavsiya etilgan.





Fizik kimyo fani — atom, molekula, moddalardagi kimyoviy xodisalar, kimyoviy o'zgarishlar va tuzilishlarni fizika usullarida o'rganib, fizika qonun- qoidalari asosida yechib beradigan fan sifatida 1750 yilda vujudga kelgan.
Rus olimi M. V. Lomonosov fizik kimyo fanining asoschisi hisoblanadi, u fizik kimyo terminini birinchi bo'lib ishlatgan. 1751 yil Peterburgda Fanlar akademiyasining talabalariga fizik kimyodan ma'ruza o'qiydi. Shu ma'ruzalar asosida 1754 yili M. V. Lomonosov birinchi marta «Haqiqiy fizik kimyoga kirish» o'quv qo'llanmasini va «Fizik kimyodan tajribalar» nomli eksperiment ishlar uchun programma yozadi. M. V. Lomonosov ta'rifi bo'yicha, «Fizik kimyo - kimyoviy operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni fizika qonun-qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fan”dir.
M. V. Lomonosov kimyoda fizik tekshirish metodlarini qo'llab, o'zining fanda eng katta ahamiyatga ega bo'lgan «modda massasi va energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. Bu qonuniyat bilan borliq materiyadan tashkil topganligi, materiya doimo harakatda, o'zgarishda ekanligi va bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turishi tushuntirildi.
U, eritma-erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda molekulalarining o'zaro ta'siri mahsulotidir, deydi. Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyaga bog'liqligini ko'rsatadi M. V. Lomonosov birinchi bo'lib molekula to'g'risida tushuncha yaratib, molekula bilan atom o'rtadagi tafovutlarni aniqlab berdi.
U yuqorida qayd etilgan kashfiyotlari bilan dunyoda birinchi fizik-kimyogar bo'lib tanildi.
1836 yili rus olimi G. I. Gess kimyoviy reaksiyalar vaqtida umumiy issiqlik effekti doimiy qiymatga ega bo'lib, u oraliq reaksiyalar issiqlik effektlariniig yig'indisiga teng bo'lishi qonunini kashf etadi. Bu qonun fizik kimyoda termokimyoning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi.
Rus olimlaridan N. N. Beketovning 1865 yildan boshlab fizik kimyo kursidan ma'ruza o'qishi, N. N. Lyubavinning shu fandan birinchi darslik yozishi, A. M. Butlerovning moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratishi, 1869 yili D. I. Mendeleyev tomonidan kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf etilishi fizik kimyoning taraqqiyotiga keng yo'l ochib berdi.
D. I. Mendeleyev birinchi bo'lib qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun kimyodan keng foydalanish kerakligini vazifa qilib qo'ydi va shu bilan agrokimyo faniga asos soldi.
Atoqli rus olimi K. A. Timiryazev va uning shogirdi D. N. Pryanishnikov agrokimyo fanini rivojlantirib, qishloq xo'jaligida hosildorlikni oshirishda kimyo asosiy omillardan biri ekanligini isbotladilar.
Fizik kimyoni rivojlantirishda I.A. Kablukovning ishlari ham ahamiyatlidir. U Mendeleyevning eritmalar gidrat nazariyasidan foydalanib, elektrolitlarning suvdagi eritmalarida ionlarning gidratlanish hodisasi va elektrolitik dissotsilanish jarayonlarida kimyoviy o'zaro ta'sir ko'rsatish hodisalarini ochib berdi. U birinchi bo'lib, Moskva qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtida fizik kimyo kafedrasini tashkil qiladi va bo'lajak agronom mutaxassislarga fizik kimyodan ma'ruzalar o'qidi.
N.S. Kurnakov fizik-kimyoviy analiz metodlarini kiritishi bilan, N.A. Shilov murakkab kimyoviy reaksiyalarning kinetikasini yaratishi bilan, N.N. Semyonov zanjirsimon reaksiyalar nazariyasini kashf qilishi bilan, P. A. Rebinder sirt taranglikni aniqlashning yangi metodini yaratishi bilan, N.D. Zelinskiy, M.M. Dubinin, A.L. Frumkin, A.V. Kiselevlar gazlarning adsorbtsiya nazariyalarini yaratishi bilan, V.A. Kargin polimer moddalar fizik kimyosini yaratishi bilan shu fanning rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.
K.K. Gedroyts tuproqning xususiyatlarnni o'rganib, uning hosildorligini oshirish ustida ko'p ishlar qildi.
Fizik kimyoning rivojlanishida chet ellik olimlarning ham hissalari katta. Masalan, Ya. Vant-Goff, V. Ostvald eritmalarga oid bir qancha qonunlar kashf etdilar, S. Arrenius elektrolitik dissotsilanish nazariyasini yaratdi. P. Kyuri, M.Skladovskaya Kyuri radioaktivlik hodisalarini kashf qildilar, V. Nernst tefmodinamikaning uchinchi qonunini yaratishga muvaffaq bo'ldi va hokazo.
O'zbekistbnda fizik kimyoni rivojlantirishda N.A. Kolosovskiy, M.N. Usanovich, X.R. Rustamov, A.M. Murtazayev va B.G. Zaprometovlar o'z ishlari bilan katta hissa qo'shdilar. Akademik X.U. Usmonov va uning shogirdlari yuqori molekulyar moddalarining fizik kimyosini o'rganishda hamda yangiliklar yaratishda katta ishlar qildilar.
O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi M.N. Nabiyev va uning shogirdlari mineral o'g'itlarning fizik kimyosini o'rganishda hamda ularni qishloq xo'jaligida ishlatib, yuqori hosil olishda katta ishlar qilmoqdalar.
Hozirgi vaqtda fizik kimyo fanining rivojlanishiga yuzlab rus olimlari o'z hissalarini qo'shmoqdalar va fanda erishilgan yutuqlarni xalq xo'jaligining barcha tarmoqlariga tatbiq etmoqdalar.
Qishloq xo'jaligining ko'p sohalarida, chunonchi agronomiyada, agrokimyoda, tuproqshunoslikda, zooinjeneriyada fizik-kimyoning zamonaviy analiz metodlaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Masalan, xromatografiya, radioxromatografiya, rentgenografiya, elektron mikroskopiya, infraqizil spektroskopiya, potentsiometriya, krioskopiya, fotometriya va boshqa usullar keng qo'llanilmoqda.
Fizik kimyo moddani tekshirishning fizika ishlab chiqqan nazariy va eksperimental metodlaridan keng foydalanadi. Bular orasida gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi, kvantlar mexanikasi, kimyoviy termodinamika, nishonlangan atomlar-metodlari ayniqsa ahamiyatlidir. Fizik kimyoning amaliy ahamiyati ham katta. Masalan, qishloq xo'jaligida samarali yangi o'g'itlar chiqarish, o'simliklarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashning kimyoviy usullarini takomillashtirish, tuproqning agronomik xususiyatlarini yaxshilash va boshqalarda fizik-kimyoning muhim roli bor. Tekshirishning eng yangi fizik-kimyoviy metodlari - rentgenografiya elektronmikroskopiya, infraqizil spektroskopiya, termik analiz va boshqalar yordamida tuproqdagi turli xil minerallarning strukturasi o'rganilgan. Kolorimetriya elektro yurituvchi kuchlar metodi (pH metriya); xromatografiya, nishonlangan atomlar metodi, alanga fotometriyasi, refraktometriya kabi fizik-kimyoviy analiz metodlaridan o'simliklarni, tuproqni, o'g'itlarni, zaharli kimyoviy moddalar va boshqalarni analiz qilishda foydalaniladi.

Xuloas
Bu darslik asosan ikki qismdan iborat bo'lib, I-IX boblarida fizik kimyoga va X­XIV boblarida kolloid kimyoga tegishli materiallar to'liq yoritilgan.
Darslikning har bir bobi tayanch iboralar, kashfiyotlar yilnomasi, namunaviy masalalar yechimi bilan to'ldirilgan. Hamda har bir bobning oxirida reyting nazorat savollari va masalalari berilgan. Bu esa talabalarning fizik va kolloid kimyoning puxta o'zlashtirishga imkon beradi.
Mazqur darslikni tayyorlashda A. A. Rahimov va S. K. Musayevlarning shu sohaga oid manbalaridan keng foydalandik.
Mualliflar ushbu darslikni ko'rib chiqib, o'zlarining qimmatli fikr va mulohazalarini bildirgan kimyo fanlari doktorlari, professorlar X. Akbarov va K. X. Roziqovlarga o'z minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Download 20,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish