98
13-dars
Mavzu: Dorivor preparatlarga trivial nomlarni berish qoidalari.
IV
tipik
guruh.
Dorivor
moddalarning
xalqaro
patentlan
magan nomlari. Alkaloidlar va glikozidlar nomlanishi.
Vitaminlar va fermentlar nomlanishi
56-§. Dorivor preparatlarga trivial nomlarni berish qoidalari
Dorivor preparatlarning trivial nomlarini nomenklatura komissiyasi beradi.
Trivial
nomlar
qisqacha,
talaffuz osonligi, berilgan nomning boshqalardan
fonenetik - grafik
farqlanishi, tez - tez takrorlanadigan bo„laklar qo„llanishining
aniqligi kabi talablarga
mos kelishi kerak.
I.
Qisqalik
. Eng qulay va ko„p
uchraydiganlari uch, to„rt va besh bo„g„inli
nomlardir.
Masalan:
Corazolum, Piperazinum, Tanninum.
Ayrim hollarda ko„p sonli bo„g„inli nomlar ham uchraydi.
Masalan:
Sulfadimezinum, Novocainamidum, Phenoxymethylpenicil-
linum.
II.Talaffuz osonligi
. Talaffuz uchun eng qulay nomlarda undosh unli bilan yoki
oson talaffuz qilinadigan ikkita undosh almashinib keladi.
Masalan:
Aminazinum, Ditrazinum, Streptocidum, Corvalolum.
III. Berilgan nomning boshqa nomlardan fonetik - grafik farqlanishi
.
Yangi dorivor vositaga nom berishda nomenklatura
komissiyasi uning talaffuz
qilinishi va yozilishi bo„yicha boshqa nomlardan farqlanishni kuzatib boradi. Nomlarda
tez-tez takrorlanadigan bo„laklarni ishlatish fonetik - grafik farqlanishni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: