gnozik sozlash mexanizmi uchun reduktor
h yarim shaffof ekran
ur bo‘lgichni yustrovka qilish:
Qaytgan va o‘tgan nurlar bir xil intensivlikka ega bo‘lishi kerak. O‘zgaradigan nur bo‘lgichdan foydalanilganda, lazer nuri nur bo‘lgichning markaziga u yoki bu darajada tushayotganiga ishonch hosil qiling.
Oldin nur bo'lgich (b) lazer nurini gorizontal bo'yicha qaytarayotganiga amin bo'ling. Buning uchun optik bazali nur bo'lgichni lazer optik tayanch plitaning qarama-qarshi tomoniga joylashtiring va lazer nuri lazer nurlanishining tuynugi yonidagi nuqtaga qaytsin.
Zarur bo'lsa, sterjendagi ikkita regulirovka vintlari yordamida nur bo'lgich qiyaligini va shu bilan nur yo‘lini to‘g‘irlang.
2.2-rasmda keltirilganidek, nur bo'lgichni nur yo'liga 45° burchak ostida qo‘ying va nur bo'lgich qisman shaffof qatlami lazer tarafda bo‘lishi kerak.
Yassi ko‘zgular va nozik sozlash mexanizmi: Qurilmani bir oz qorong‘ulashtirilgan xonada sozlash oson. Asosiy nurlardan tashqari, ko‘p marotaba qaytishlar ham past intensivlikli parazit parsial dastalar deb atluvchi nurlarni keltirib chiqaradi. Ular linza tutgichiga tushib, keyingi korrektirovkani bekor qilinishiga olib kelishi mumkin
Yassi ko‘zguni (c) nozik sozlash mexanizmining (f) yon tomoniga qotiring, shundan so‘ng nozik sozlash mexanizmini optik asosga o‘rnating.
2.2-rasmda keltirilganidek optik asosni nozik sozlash mexanizmi bilan shunday moslashtiringki, komponent turg‘un tursun.
Yassi ko‘zgu (c) va nozik sozlash mexanizmini (f) lazer optik asos plita (a) bilgan holda lazer yassi ko'zguning markaziga tushadigan qilib joylashtiring. Ko'zguning tekisligi siljitish yo'nalishi bo'yicha tik ekanligiga, ko'zgu siljitilganda lazer nuri bir nuqtada qolishiga amin bo‘ling.
Yassi ko'zguni shunday moslangki, nur bo'lgichdan o'tgan nur amalda o'ziga qaytsin va lazer nurlanishining aperturasidan bir oz yuqori nuqtaga tushsin.
Optik bazali reduktor uchun taglikni bevosita nozik sozlash mexanizmining orqasiga joylashtiring.
Nozik sozlash mexanizmining reduktorini (g) reduktor uchun taglikka magnit polosadan foydalanib mahkamlang. Qo'sh kardan muftani ehtiyotkorlik bilan nozik sozlashmexanizmi (f) mikrometrining birgalikdagi vinti kallagiga qising.
Reduktor optik asosni siljiting (g) va reduktor uchun taglikning balandligini biriktiruvchi sterjen chiqib ketmaydigan qilib sozlang, aks holda o‘lchashlar keyinchalik nozik sozlash mexanizmi siljishi bilan soxtalashishi mumkin.
Kardan muftaning alohida segmentlari burchagini iloji boricha kichik qilib saqlang.
Yassi ko‘zguning (c) to‘g‘riligini tekshiring va zarur bo‘lsa qayta sozlang.
Asosga yarim shaffof ekran (h) mag‘kamlang va uni lazer optik tayanch plitaning orqasiga lazer nuri markaziga tushadigan qilibjoylashtiring.
Nur bo‘lgichdan (b) qaytgan nur qismi uchun yassi ko‘zguning (d) o‘rni va yassi ko‘zgudan (c)nur bo‘lgich (b) qancha masofa ekanligini biling.
Yassi ko‘zguni shunday moslangki, nurning bu qismi amalda o‘ziga qaytsin va nur bo‘lgichdan o‘tgandan so‘ng birinchi nur qismi bilan qo‘shilsin.
Lazer optikasining tayanch plitasida optika bazasini burib va vintlarni sozlab, yassi ko‘zguni shunday moslangki, nurning bu qismi amalda o‘ziga qaytsin va nur bo‘lgichdan o‘tgandan so‘ng birinchi nur qismi bilan qo‘shilsin.
Sferik linzanisozlash:
Sferik linzani (е) lazer optik tayanch plitada nur bo‘lgich bilan yarim shaffof ekran orasiga nurni kengaytirish uchun o‘rnating (linzani tutib turgichdagi uncha katta bo‘lmagan teshik nur bo‘lgich tarafga qaragan bo‘lishi kerak)
Agar siz yarim shaffof ekranda chiziqlar tasvirini hali ham ko‘rmasangiz: Nur bo‘lgichni yoki yassi lizani sal o‘zgartirib to‘g‘irlang; zarur bo‘lsa sferik linzani qayta sozlang.Nur qismlari nur bo‘lgich bilan ekran orasida qanchalik ko‘proq parallel harakatlansa, interferension chiziqlar shunchalik keng va bir-biridan yiroq bo‘ladi.Nur bo‘lgich yoki yassi ko‘zgularni sal o‘zgartirib to‘g‘irlash orqali interferension tasvirni osongini sezish mumkin bo‘lgincha sozlang.Agar siz nozik sozlash orqali qoniqarli tasvirga erisha olmasangiz, interferometrni sozlash tartibini boshidan takrorlang. Tajriba davomidalazer optikasi tayanch plitasiga mexanik zarbalardan ehtiyot bo'ling (masalan stolni siljitmang va urmang). Qurilmada havo oqimlariga yo'l qo'ymang, masalan nafas olish yoki yelvizaklar. Yarim shaffof ekranda (h) interferension chiziqlarni sanash mumkin bo'lgan, intensivliklar maksimumlarining o'rnini belgilang.Reduktor dastasiga yengilgina qo'lingizni qo'yib, reduktorni to chiziqlar harakatlanishni boshlamaguncha, sekin va bir tekis aylantiring(sizga bir necha aylantirish talab qilinishi mumkin. Shundan so'ng, reduktorni kamida yana bir marta to'liq aylantiring.Reduktorni aylantirishni davom eting va shu bilan birgalikda interferension chiziqlarning belgidan o'tishini va reduktor aylanishlar sonini qayd qiling.
Agar yassi ko‘zguning harakati, shu jumladan interferension tasvirning harakati “sapchish” bilan amalga oshsa, nozik sozlash mexanizmining sirpanish vtulkasini moylang.