13
va U
0
bilan belgilanadi. Kanalning uzunligi
L
istok va stok qatlamlari orasidagi
masofaga teng bo‘lsa, kenligi
Z
– mazkur qatlamlarning kengligiga tengdir
Agarda n-turdagi taglik tanlansa, istok va stok qatlamlarini p
+
-turda qilinsa,
p-kanalli hosil bo‘linadigan MDYa-tranzistor hosil bo‘ladi. Unga teskari qutubdagi
ostonaviy va ishchi kuchlanish xarakterlidir:
0
0
U
,
0
ZI
U
,
0
SI
U
.
MDYa-tranzistor tagliklarini, kanalni hosil bo‘lishini osonlashtirish va istok
hamda stok o‘tishlarning teshilish kuchlanishini
oshirish maqsadida yuqori
solishtirma qarshilikka ega bo‘lgan materialdan tayyorlashadi.
MDYa-tranzistorlarning ishlash mexanizmi va xossalari bir hildir. Biroq
ayrim farq mavjuddir. Birinchidan, n-kanalli tranzistorlarning ishchi tashuvchilari
– elektronlarning harakatchanligi kovaklarnikiga qaraganda uch marta katta
bo‘lganligi uchun ular tezkor bo‘ladi.
Ikkinchidan, n- va p- kanalli
tranzistorlarning sirtoldi qatlamlarining strukturasi muvozanat holatda farq qiladi.
Bu esa ostonaviy kuchlanish kattaligiga ta’sir qiladi.
Sirtoldi qatlam strukturasidagi farq, oksid mavjud bo‘ladigan musbat
zaryadning turlicha ta’siri bilan tushuntiriladi. N-turdagi taglikda maskur zaryad p-
kanalni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi boyitilgan qatlamni hosil qiladi. Bunga
mos ravishda p-kanalli tranzistorda ostonaviy kuchlanish katta bo‘ladi.
P-turdagi
taglikda maskur zaryad kambag‘allashgan qatlamni hosil qiladi, ya’ni n-kanal hosil
bo‘lishini yengillashtiradi; shu sababli n-kanalli tranzistorlarda ostonaviy
kuchlanish kamayadi.
Ba’zida oksiddagi musbat zaryad nafaqat kambag‘allashgan, balki invers
qatlamni
hosil qilishi mumkin, ya’ni n-kanalni. Bunday kanal nol kuchlanishda
mavjud bo‘lganligi uchun uni induksiyalangan deb bo‘lmaydi. Demak, ostonaviy
kuchlanish kattaligi o‘zining oddiy ma’nosini yo‘qotadi. Mazkur turdagi
tranzistorlarda kanalni mavjud bo‘lgan
deb atashsa, ostonaviy kuchlanish o‘rniga
uzish kuchlanishi degan parametr kiritiladi. Bu kuchlanishda muvozanatdagi
inversion qatlamdagi elektronlar sirtdan ittariladi va mavjud bo‘lgan kanal yo‘q
bo‘ladi. Umuman olganda ichki kanalning mavjud bo‘lishi MDYa-
14
tranzistorlarning ishlatilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday tranzistorlar zatvordagi
kuchlanishning ikkala qutubida ishlaydi: manfiy qutubda kanal tashuvchilar bilan
kambag‘allashgan va stok toki kamayadi, musbat qutubda kanal boyitiladi va tok
oshadi. Zatvordagi kuchlanishning bitta qutubida ishlasa ham kanali hosil
qilinadigan tranzistorlar keng tarqalgandir. Ichki kanal
talab qilingan hollarda
kanal, ionli legirlash usuli yordamida yupqa sirt oldi qatlami ko‘rinishida
tayyorlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: