Qiymatlarni kiritish.
Hamma satrlar SQLda INSERT komandasi yordamida kiritiladi. INSERT quyidagi formatlar biriga ega bo‘lishi mumkin:
INSERT INTO [(column [,column] ...)]
VALUES ( [,] ... );
yoki
INSERT INTO [(column [,column] ...)]
Ostki so‘rov;
Masalan, sotuvchilar jadvaliga satr kiritish uchun quyidagi shartdan foydalanishingiz mumkin:
INSERT INTO Salepeople
VALUES (11, 'Peel', 'London', .12);
Siz nom kiritish uchun ustunlar ko‘rsatishingiz mumkin. Bu nomlarni ixtiyoriy tartibda kiritishga imkon beradi. Masalan:
INSERT INTO Salepeople (Sname, Comm, SNum)
VALUES ('Peel', .12, 11);
E’tibor bering City ustuni tashlab yuborilgan, chunki unga ko‘zda tutilgan qiymat kiritiladi.
Siz INSERT komandasidan bir jadvaldan qiymat tanlab, so‘rov bilan ishlatish uchun, ikkinchisiga joylashishda foydalanishingiz mumkin. Buning uchun siz VALUES ifordasini (oldingi misoldagi) mos so‘rovga almashtiringiz kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |