SELECT book.title, author.name FROM author LEFT JOIN book ON book.author = author.id E’tibor bering tashqi jamlanmada WHERE o‘rniga ON kalit so‘zi ishlatiladi.
MySQL tabiiy tashqi jamlashdan (natural outer join) foydalanishga imkon beradi. Tabiiy tashqi jamlash ikki jadval ikki ustuni bir xil nom va bir xil tipga ega bo‘lgan hamda shu ustundagi qiymatlar teng bo‘lgan satrlarni birlashtirishga imkon beradi:
SELECT my_prod.name FROM my_prod NATURAL LEFT JOIN their_prod Jadvallarni o‘zi bilan jamlash. Jadvallarni o‘zi bilan jamlash uchun har bir satrning o‘zi yoki boshqa satrlar bilan kombinatsiyasini xosil qilishingiz mumkin. So‘ngra har bir satr predikat yordamida baxolanadi. Bu turdagi jamlash boshqa turdagi jamlashdan farq qilmaydi, farqi ikki jadval bir xildir. Jadvallarni jamlashda qaytariluvchi ustun nomlari oldiga jadval nomi qo‘yiladi. Bu usutunlarga so‘rovlarda murojaat qilish uchun har xil nomlarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun vaqtinchalik nomlar Ya’ni psevdonimlar qo‘llanadi. Ular so‘rov FROM jumlasida jadval nomidan so‘ng bo‘shlik qo‘yib yoziladi.
Misol: bir xil reytingga ega hamma buyurtmachilar juftlarini topish.
SELECT a.CName, b.CName, a.Rating FROM Customers a, Customers b WHERE a.Rating = b.Rating; Bu xolda SQL a va b jadvallarni jamlagandek ish tutadi. YUqorida keltirilgan misolda ortiqcha satrlar mavjud, har bir kombinatsiya uchun ikkita qiymat. Birinchi psevdonimdagi A qiymat ikkinchi psevdonimdagi B qiymat bilan kombinatsiyasi olinadi, so‘ngra ikkinchi psevdonimdagi A qiymat birinchi psevdonimdagi B qiymat bilan kombinatsiyasi olinadi.
Har gal satr o‘zi bilan solishtiriladi. Buni oldini olish soda usuli ikki qiymatga cheklanish kiritish, toki birinchi qiymat ikkinchisidan kichik bo‘lsin yoki alfavit bo‘yicha oldin kelsin. Bu predikatni aasimmetrik qiladi, natijada xudi shu qiymatlar teskari tartibda olinmaydi.
Misol:
SELECT a.CName, b.CName, a.Rating FROM Customers a, Customers b WHERE a.Rating = b.Rating AND a.CName < b.CName; Bu misolda agar birinchi kombinatsiya ikkinchi shartni qanoatlantirsa u chiqariladi, lekin teskari kombinatsiya bu shartni qanoatlantirmaydi va aksincha. Siz SELECT ifodasida yoki so‘rovning FROM jumlasida keltirilgan har bir psevdonim yoki jadvalni ishlatishingiz shart emas. Siz har xil jadvallar, hamda bitta jadval har psevdonimlaridan iborat jamlanma yaratishingiz mumkin.