Ilmiy ishning metodologik asosi sifatida L.S.Barkhudarov, N.A.Kobrina,
Korneyeva, M.I.Cheremisina, U.K.Yusupov, G.M.Xoshimov, Ya.G.Berenbaum
kabi mashxur olimlarning modallik nazariyasi sohasida qilgan ilmiy ishlariga,
G.A.Abdurahmonov, M.A.Asqarova, N.M.Mahmudov, Kaushanskaya, Kachalova
va boshqa ko’plab olimlarning turli tillardagi modallik sohasidagi ilmiy ishlariga
e’tibor qaratildi.
BMIning ilmiy yangiligi: bitiruv malakaviy ishimizda biz zamonaviy ingliz
va o’zbek tillarida modallikni ifodalovchi vositalarning qiyosiy tipologiyasini va
ularni o’qitishdagi o’xshash va noo’xshash tomonlarini ochishga hamda uni
o’qitish va tarjima qilish jarayonlari uchun metodik tavsiyalar berishga harakat
qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |