Sotsiologiya strukturasining tarixiy rivojlanishiga nazar tashlasak, avvalboshdan makro va mikrosotsiologiya o‘rtasida aniq chegara bo‘lmagan.
R.Merton mikrosotsiologik muammolar sifatida “kichik guruhlarni o‘rganish davomida ochib beriladigan muammolar”ni
makrosotsiologik muammolar deyilganida esa “sotsial mobillik, formal tashkilotlarning qiyosiy tadqiq etish va sotsial institularning o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi muammolari”ni ko‘rstagan
O.Kont tomonidan sotsiologiyaga asos solingan davrdan boshlab XX asrning 20 yillariga qadar sotsiologiyada makrosotsiologik tadqiqotlar ustuvor bo‘lgan. Bu davrda yaratilgan barcha sotsiologik bilim umumnazariy bilimlardan iborat bo‘lgan.
Mikrosotsiologik yo‘nalishning shakllanishi tahminan XX asrning 30yillaridan boshlangan. Bu shartli ravishda mazkur asrning 20-30 yillarida AQShda boshlangan ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq edi.
Iqtisodiy inqiroz, buyuk depressiya, yirik shaharlarda gettoning paydo bo‘lishi, ko‘p sonli sotsial anomaliyalarning paydo bo‘lishi (alkogolizm, tilamchilik, jinoyatchilik) kabilar mikrosotsiologik tadqiqotlar, ya'ni empirik tadqiqotlarning rivojiga sabab bo‘ldi
Mikrosotsiologik yo‘nalishning shakllanishi
R.Merton Yevropa nazariy sotsiologiyasining AQShda tarqalishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Uning fikricha, Yevropaning nazariy sotsiologiyasi va AQShning amaliy tadqiqotlari birlashishi sotsiologiyaning mukammallashuviga olib keladi.
U nazariya va amaliyotning integratsiyasi tarafdori bo‘lgan. Shu maqsadda Merton “o‘rta daraja nazariyasi”ni yaratgan. Olimning “o‘rta daraja nazariyasi” kundalik hayotdagi sotsial muammolarni tadqiq etish davomida yuzaga keluvchi kichik ishchi gipotezalar bilan umumsotsiologik nazariyalar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inni tashkil etishi kerak bo‘lgan.
Shunday qilib, Merton “o‘rta darajadagi sotsiologiya”ni yaratdi hamda makro va mikrosotsiologiyani o‘zaro uzviy bog‘ladi.
XX asr 70 yillari oxiri – 80 yillar boshlaridan boshlab butun dunyo olimlari orasida sotsiologiyaning uch darajali strukturasi konsepsiyasi (makro, mikro va o‘rta darajadagi sotsiologiya) keng tarqaldi.
2-Reja:Fundamental sotsiologiya. Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi.