Maxsus ta’lim vazirligi Samarqand transport va muhandislik kommunikatsiyalari


Shoh va boshbekatlarni tasniflash



Download 0,7 Mb.
bet16/25
Sana16.03.2022
Hajmi0,7 Mb.
#493862
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
1 йуловчи ташиш

Shoh va boshbekatlarni tasniflash

Sinfi

Bir kunda jo‘natilgan avtobuslar soni

Zarur xonalar

1

300 dan ortiq

Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimiga va mehmonxonaga ega bo‘lgan to‘la inshootlar xonasi

2

151 dan 300 gacha

Io‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va avtobus harakatini boshqarish xonalar majmuasi. Tranzit yo‘lovchilarning uzoq muddatda dam olishi uchun xonalar

3

121 dan 150 gacha

Chipta sotish va kutish zali, bagaj va qo‘l buyumlarini saqlash xonasi va maxsus xonalar

4

71 dan 121 gacha

Chipta kassasi va yo‘lovchilar uchun xona

5

30 dan kichik

Chipta kassasi

Avtobus va taksilar harakatini nozimlik boshqaruvi
AVTOBUSLARDA TASHISHNING NOZIMLIK BOSHQARUVI


Avtobus ishini nozimlik boshqaruvi

Avtobus harakatini samarali boshqarishga yo‘nalishlarda nozimlik boshqaruvi talablariga rioya qilish orqali erishiladi.


Nozimlashtirish — bu avtobuslar harakatini bir markazdan boshqarish demakdir.
Nozimlik xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • avtobusning harakat yo‘nalish jadvalida belgilangan tartibga to‘g‘ri kelishini nazorat qilish;

  • avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat qilish sifati va holatini nazorat qilish;

  • avtobusning harakat yo‘nalishi jadvalida belgilangandan farq qilgan holatida harakat yo‘nalishini qayta tiklash;

  • yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va avtobuslardan foydalanish samaradorligani oshirish maqsadida avtobuslar harakatiga rahbarlik qilish.

Nozimlik xizmatining asosiy vazifalaridan biri shahar avtobus yo‘nalishlarida harakat doimiyligini ta’minlashdan iborat.
Tashish rejasining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun yo‘nalishda avtobuslar harakatini muntazam kuzatish va rahbarlik qilish kerak.
Avtobuslar harakatini kuzatish va nazorat qilish yo‘nalishlar bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Avtobuslar harakati markazdan boshqarilganda qabul qilingan qarorlar yo‘lovchilarga yaxshi xizmat ko‘rsatish umumiy vazifalaridan kelib chiqqan hodda samarali va texnik asoslangan bo‘ladi.
Nozimlik boshqaruvining muhim masalalaridan biri avtobuslar harakatini nazorat qilish va muntazamligini ta’minlash hisoblanadi.
Nozimlik xizmati mahalliy sharoitni, transport tarmog‘i va yo‘nalish tizimining rivojlanganligini xisobga olgan holda belgilanadi. Nozimlik xizmati tizimi transport turlari, bir kun safarga chiqadigan avtobuslar soni va transport turlari bo‘iicha tashish hajmini ham hisobga oladi.
Nozimlik xizmati tizimida ishlovchilar soni aloqa vositalarining rivojlanganligiga, qabul qilinadigan ma’lumotlar hajmiga va ularni qayta ishlash va taxlil qilish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Avtobus transportida nozimlik boshqaruvi tizimi avtobus saroyi tarkibiga, avtobus harakatining jadalligiga va yo‘lovchi tashish hajmiga bog‘liq bo‘lmasdan barcha shaharlar uchun yagonadir.
Avtobus saroyining quvvati va yo‘lovchi tashish hajmiga qarab nozimlik tizimining tashkiliy tarkibigina o‘zgaradi xalos.
Yo‘lovchi avtomobil transportida harakatni nozimlik boshqaruvi quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi:

  1. Nozimlashtirish markazlashgan boshqaruvni inkor qiladi. U faqat markazlashgan boshqaruv tizimidan iboratdir.

  2. Nozimlik tizimi oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan harakat rejasi asosida boshqariladi va u o‘z ichiga faqat harakatni nazorat qilishni, sozlashni va boshqarishni oladi.

  3. Nozimlik boshqaruvi yuqori transport tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Nozimlik xizmati transport boshqarmasi tarkibida tashkil qilinadi.

  1. Nozimlik boshqaruvi tashkil qilish zaruriyatiga asoslanadi va markaziy nozimlik bosh bekati tamoyili asosida tashkil qilinadi.

  2. Nozimlik boshqaruv apparati ma’lumotlarni oraliq bekatlardan qabul qiladi va avtobus harakatini boshqaradi.

Avtobuslar harakatiga nozimlik boshqaruvi tizimining muhim tashkiliy qismlari:

Nozimlik boshqaruvi


tizimi



Aloqa




Tarkibi



Texnologiyasi


Nozimlik xizmati tarkibi barcha bo‘g‘inlarda yagona rahbarlikni mustahkamlashi, ishdagi tezkorlikni, aniqlikni, tashabbuskorlikni, nozimlik apparati huquqlari va xizmat vazifalarining qattiq chegaralanishini ta’minlash kerak.


Nozimlik xizmati ijro va boshqaruv apparatlaridan tashkil topadi. Boshqaruv apparati markaziy nozimlik bosh bekati ishlovchilarini o‘z ichiga oladi va bosh katga navbatchi nozirlari, navbatchi yo‘nalish nozirlaridan tashkil topadi.
Ijro nozimlik apparati o‘z tarkibiga oxirgi (oraliq) bekatlaridagi va harakatdagi postlar yo‘nalishi nozimlarini oladi.
Nozimlik boshqaruv apparatiga navbatchi yo‘nalish nozimlik apparati va avtobus saroyi nozimlari bo‘ysunadi.
Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik nozimlik bo‘limi boshlig‘i (markaziy nozimlik boshbekati boshlig‘i) tomonidan amalga oshiriladi.
Bevosita rahbarlikni harakatga mas’ul bo‘lgan bosh yoki katta nozim bajaradi.
Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi shahardagi avtobus saroylari soniga, harakatlanayotgan avtobuslar soniga, yo‘lovchi tashish hajmiga, yo‘nalishlar soniga va avtobuslar harakati chastotasiga qarab 5 ta guruhga ajratiladi:

Guruh Shahar aholisi



  1. 50 ming kishigacha

  2. 50—100 ming kishigacha

  3. 100—250 ming kishigacha

  4. 250—500 ming kishigacha

  5. 500—1mln. kishigacha

Nozimlik xizmati viloyat va respublika markazida yo‘lovchi avtotransport korxonalari soniga bog‘liq bo‘lmasdan transport uyushmalari tarkibida tashkil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2001 yil 5 iyun 245-sonli hamda Toshkent shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan Toshkent shahridagi va viloyatlardagi transport aksionerlik jamiyatlari birlashmalari «Avtomobillarda yuk va yo‘lovchi tashish uyushmalari»ga aylantirildi. Ular bevosita Toshkent shahar va viloyat hokimligi qoshidagi qurilish transport bo‘limlari boshqaruviga o‘tkazildi.
Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi. U o‘z smenasidagi yo‘nalish nozimlari guruhi bilan birgalikda yo‘lovchi tashish holati va sifatiga, avtobuslar harakatining muntazamligiga hamda avtobuslarning yo‘nalishlarda samarali foydalanilishiga javobgardir.
Yo‘nalish nozimlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini va avtobuslar harakatining muntazamligani nazorat qiladi.
Avtobuslar harakati jadvaddagidan farq qilgan holatlarda yo‘nalish nozimlari harakatni sozlash choralarini ko‘radilar.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish