12.2. Iqtisodiy integratsiya shakilanishi shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari Tarixan integratsion jarayonlar o‘z rivojlanish tarixiga ega. Ularning har biri integratsiya rivojlanishining ma’lum darajaga yetganligini ifoda etadi. Integratsion guruhlar tipologiyasining asoslari ishtirokchi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaro yaqinlashishi hamda bir-biriga iqtisodiy jihatdan qanchalik chuqur kirib borishini baholashda namoyon bo‘ladi (13.1-rasm).
12.1-rasm. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va bosqichlari Ushbu omillarning barchasi o‘zaro bir-biriga bo‘g‘liq bo‘lib, integratsiya mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishning milliy xo‘jalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya nazariyasida amerikalik iqtisodchi B.Balassa iqtisodiy integratsiyaning quyidagi beshta shaklini ajtatadi (13.1-jadval).
12.1-jadval lntegratsiya jarayonlarining shakllari va bosqichlari
Integratsiya
bosqichlari
Tavsifi
Savdoda cheklov-larni bekor qilish
Umumiy tashqi savdo cheklov-lari
Ishlab chiqarish omillari-ning erkin harakati
Muvofiq-lashtirilgan fiskal siyosat
Yagona makrosiyosat va uni amalga oshirishning umumiy tashkllotlari
Erkin savdo zonasi
X
Bojxona ittifoqi
X
X
Umumiy bozor
X
X
X
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
X
X
X
X
To‘liq integratsiya
X
X
X
X
X
Erkin savdo zonasi – mamlakatlarning o‘zaro savdoda bojxona bojlari va miqdoriy cheklovlarni bekor qilish maqsadidagi birlashuvi. Ishtirokchi mamlakatlar bu bosqichda o‘zaro savdo to‘siqlarini bekor qiladi, lekin uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarda to‘la erkinlikni saqlab qoladilar (masalan, bojxona bojlarini yoxud boshqa cheklashlarni bekor qilish yoki yangiliklarni kiritish va savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar tuzish huquqlari). Buning oqibatida mamlakatlar o‘rtasida chegaralarni kesib o‘tayotgan tovarlarning kelib chiqishini nazorat qiladigan va tegishlicha uchinchi mamlakatlardan imtiyozli ravishda tovarlarni olib kirishga to‘sqinlik qiladigan bojxona chegaralari hamda postlari saqlanib qoladi. Erkin savdo hududlari a’zo mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb etilish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Erkin savdo hududlarining salbiy tomonlariga keladigan bo‘lsak, ular ichki bozor raqobatining kuchayishi bilan belgilanadi, chunki bu milliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir etishi va bankrotlik xavfini kuchaytirishi mumkin.