Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,6 Mb.
bet30/133
Sana06.02.2023
Hajmi5,6 Mb.
#908561
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133
Bog'liq
a5af101fc2229b08cff467493676bc88 JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

Buyuk Britaniya

Portugaliya

Vino (1 I)

4 soat

3 soat

Mato (1 m2)

2 soat

3 soat

Jadvalma'lumotlaridanBuyukBritaniyaningmatoishlabchiqarishdamutlaqafzallikkaegaekanligiko'rinibturibdi. Chunki Buyuk Britaniyada 1 m2 mato ish­lab chiqarish uchun 2 soat sarflansa, Portugaliyada 3 soat saflash kerak. Demak, bu mahsulotning Buyuk Britaniyadagi tannarxi Portugaliyadagiga nisbatan arzon-roq bo'ladi. O'z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Chunki bu mamlakatda 1 1. vino ishlab chiqarish uchun Buyuk Britaniyaga nis­batan 1 soat kamroq vaqt sarflanadi. Demak, A. Smitning «mutlaq afzallik» naza-riyasiga binoan Buyuk Britaniya mato ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eks­port qilishi kerak. O'z navbatida, Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va Buyuk Britaniya bu mahsulotni Portugaliyadan import qiladi.A. Smitning «mutlaq afzallik» nazariyasi uzoq yillar davomida ko'plab mam­lakatlarning tashqi savdo siyosati strategiyasining asosini tashkil qildi va bu mam­lakatlar erkin savdo siyosatini yuritishdi.
Nisbiy afzallik — agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa,
o'zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo'ladi. Bunda ishlab chiqarish bo'yicha mutlaq afzallik bo'lishi shart emas.
2.Xeksher-Olin nazariyasi. V. Leontyev paradoksi

Shved iqtisodchilari E. Xeksher va B. Olin o'z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko'rib chiqdilar. Ularning ta'kidlashi-cha, ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlanganlik darajasiga ko'ra mamlakatlarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:



  1. Mehnat omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko'p va arzon bo'ladi. Ularga misol qilib Xitoy va O'zbekiston kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.

2. Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlar-da jamlangan bo'ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik darajasi pastroq bo'ladi.
Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo'lish mumkin:

  1. Mehnat sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chi­qarishda kapitaldan ko'ra mehnat resurslari ko'proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo'jalik mahsulotlarini keltirish mumkin.

  2. Kapital sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko'ra kapital ko'proq talab qilinadi. Bu tur­dagi tovarlarga misol sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin.

Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi — mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta'minlangan bo'lsa, shu omilni nis¬batan ko'proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.
Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga binoan AQSh bilan Xitoy o'zaro savdo aloqalariga kirishsa, AQSh kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini eksport qiladi va Xitoydan mehnat sig'imkorligi yuqori bo'lgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini import qiladi.
Ushbu nazariya XX asrda ko'plab mamlakatlarning tashqi savdo siyosatining asosini tashkil qilishiga qaramasdan unda ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Xususan, Xeksher-Olin nazariyasida mamlakatlarning vaqt o'tishi bilan ishlab chiqarish resurslari bilan ta'minlanganligi ham o'zgarishi inobatga olinmagan.
V. Leontyev bir qancha empirik sinovlar o'tkazish yo'li bilan Xeksher-Olin tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaning shartlari amaliyotda qo'llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng AQSh ni boshqa mamlakatlar bilan qiyo-siy taqqoslanganda, o'rtacha ish haqi darajasi eng yuqori mamlakat va kapitalga boy davlatlardan sanalardi. Shu sababli mamlakat Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, kapital sig'imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qilishi lozim edi. V. Leontyev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 mln. dollarlik eksport va shuncha miqdor-dagi import mahsulotlariga raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun qan­cha kapital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. U har bir ishlab chiqa­rish sohasi bo'yicha tovar birligi uchun sarf etiladigan kapital va mehnatni hisobla-di. Bunda u faqatgina avtomashina kabi tayyor mahsulotlar bilan chegaralanib qol-may, balki yarimtayyor mahsulotlar (rezina, po'lat, oyna kabilar) uchun ketadigan kapital va ishchi kuchini ham hisoblab chiqdi.
Leontyev statistik ma'lumotlarga Ikkinchi jahon urushi o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lishi mumkin deb hisoblab, 1951-yilda ushbu hisob-kitobni yana takrorladi. Amerika importi bu safar ham eksportga qaraganda kapital sig'imkorligi yuqori ekanligini ko'rsatdi.
Leontyev paradoksi — Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nis­bati nazariyasi amaliyotda o'z tasdig'ini topmagan: mehnat resursiga boy mamlakatlar kapital sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovarlarni eksport qila­di, kapitalga boy mamlakatlar esa mehnat sig'imkorligi yuqori bo'lgan tovar­larni eksport qiladi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish