Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Nomoddiy aktivlarning bu[galteriya hisobi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

15.3. Nomoddiy aktivlarning bu[galteriya hisobi 
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati 7-sonli 
BHMS ko‘rsatilganlardan tashqari hollarda o‘zgartirilishi mumkin emas.
20
Nomoddiy aktiv dastlab etirof etilgandan keyin moliya hisobotida to‘plangan amortizatsiya 
(qoldiq qiymat) chiqarib tashlangandan keyingi boshlang‘ich qiymati bo‘yicha yoxud qayta 
baholangan qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivni moliya hisobotida ifoda etishda qo‘llanilgan uslub dastlabki etirofdan keyin 
korxonaning hisob-kitob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi kerak. 
Nomoddiy aktivlar tashkil etilishi yoki korxonaga kelib tushishi va rejalashtirilgan maqsadlarda 
foydalanishga yaroqli holatga keltirish ishlari tugatilishiga qarab qabul qilish dalolotnomasiga asosan 
nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritilishi kerak. 
Nomoddiy aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun zarur 
bo‘lgan boshlang‘ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan shakli yo‘qligi sababli amaliyotda ko‘pincha 
nomoddiy aktivlarning kelib tushishi va chiqib ketishi noto‘g‘ri rasmiylashtiriladi. SHuning uchun 
qonunning 9-moddasi va boshqa meyoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda nomoddiy aktivlar 
bo‘yicha dastlabki hujjatlar shaklini mustaqil ishlab chiqish zarurati tug‘iladi.
21
Yirik korxonalarda nomoddiy aktivlarni kirim daftariga qayd etish bilan bog‘liq barcha 
operatsiyalar, odatda, birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha majburiyat yuklangan doimiy 
harakatdagi komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishning boshqa 
varianti muayyan nomoddiy aktivni qabul qilib olish bo‘yicha alohida buyruq chiqarish bilan bog‘liq. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan mos keltirish 
maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam aniqlashtirib borishdan iborat. 
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni aniq belgilash 
mumkin bo‘lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin. 
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq qilmasligi uchun 
qayta baholash etarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak. 
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor bo‘lgan hollardan tashqari 
holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha 
guruhi ham qayta baholanishi kerak. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo‘yicha buxgalteriya hisob va 
moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
20
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1485-son bilan ro‘yxatga olingan 7-sonli "Nomoddiy aktivlar" 
BHMS. 2005 yil 27 iyun 
21
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonunning 9-moddasi. 1996 y (2016yil yangi tahrirda) 


122 
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi bo‘yicha faol bozor narxi 
asosida aniqlash mo‘mkin. Agar qayta baholanayotgan nomoddiy aktivlar guruhidan bo‘lgan 
nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga faol bozor bo‘lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, 
bunday aktiv to‘plangan amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga 
olinishi kerak. 
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol bozor 
ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati to‘plangan 
amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor ma’lumotlari asosida so‘nggi qayta baholash 
kunidagi tiklovchi qiymati bo‘lishi kerak. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida tasdiqlash uchun 
korxona ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin: 
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan yozma shaklda 
olingan o‘xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to‘g‘risidagi malumotlar; 
b) qayta baholash o‘tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi Markaziy Bank 
kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini qo‘llash bilan erkin muomaladagi 
valyutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati 
haqidagi ma’lumotlar; 
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va boshqalarda elon 
qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar; 
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi. 
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta baholash 
o‘tkazilgan kundagi to‘plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati indeksiga 
moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi qayta baholangan qiymatidan o‘tkaziladi. Qayta 
baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali 
aniqlanadi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasi "Mol-mulkni 
qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali tarkibiga kiritiladi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi oldingi hisobot 
davrida o‘tkazilgan mazkur obektning baholashdan avvalgi summasi doirasida "Mol-mulkni qayta 
baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obektni 
qo‘shimcha baholash summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig‘i boshqa operaiion 
xarajatlarga kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash o‘tkazilgan 
joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo‘lgan uning balans qiymatining qayta 
baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko‘payishi: Dt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti, Kt 
8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti. 
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans qiymatini 
kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy 
aktivlar» schyoti. 
Mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha avvalgi qayta baholashdagi ko‘payishdan ortadigan 
arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" schyotida aks 
ettiriladi. 
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining ko‘payishi: Dt 8510 
- «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti. 
g) nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 0500 «Nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar" schyoti. 
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan Gudvill summasiga ega 
bo‘lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash natijalari bo‘yicha bu summani kamaytirishi va 


123 
buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash 
bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish