117
Patent — u yuridik tomondan ro‘yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq. Patent huquqi egalik
qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga
hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi.
Sanoat dizaynini ro‘yxatta olish. Sanoat dizaynini ro‘yxatga olish patentning ishlab chiqarilgan
mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan qo‘llanilishiga o‘xshashdir. Patent faoliyatni
himoya qilsa, sanoat dizaynini ro‘yxatga olish mahsulotning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi.
Masalan, komputer terminalining yangi dizayni dizaynni ro‘yxatga olish tomonidan himoya qilinadi,
yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy san’at kabi ijodiy
ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik huquqi egalariga ma’lum ekskluziv
huquq, shu jumladan o‘z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko‘paytirish, o‘z asarlarini sotish
va nusxalarini tarqatish, ijro etish va yozish huquqi beriladi.
Savdo markalari va savdo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle", "Adidas") va (yoki)
savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga berilgan nomlar,
belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatdan
o‘tkazilishi mumkin. Bunday holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi
identifikatsiyalar yuridik tomondan himoyalangan bo‘ladi.
Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko‘rinishdan juda yaxshi
foydalanishga bo‘lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan foydalanish yoki kommunal
xizmatlar ko‘rsatish huquqini olish uchun hukumat organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq
xizmatlardan foydalanish huquqini olish uchun xo‘jalik subektlari tomonidan beriladi. Franchayz
haqidagi har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz (foydalanish
huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni oluvchi subektlar)ning
huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Tashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar. Tashkiliy faoliyat,
masalan, yuridik va ro‘yxatga olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mansub bo‘ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar
sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Tashkiliy xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar
kelgusida foyda keltiradigan dalillar asos bo‘lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy
xarajatlarning barcha yig‘indisi faoliyatning foyda bilan xarajatga nomutanosiblikka olib keladigan
moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo‘ladi: ular uzoq muddatli bo‘nak
to‘lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin bo‘lgan egalik qiluvchining hech qanday
huquqlari bilan taqsimlanmaydi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:
egalik qilish tavsifi bo‘yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar, patentlar, dasturiy
ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan, tashkiliy xarajatlar va gudvill.
Identifikatsiyalash bo‘yicha:
a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi nomoddiy aktivlar firmaning aktivlaridan alohida
tenglashtirilishi mumkin, masalan, litsenziyalar, savdo markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va
boshqalar;
b)
alohila
identifikatsiyalanmaydiganlar.
Boshqa
nomoddiy
aktivlar
alohida
identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning qiymati firmaning boshqa aktivlari bilan o‘zaro
aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning ishonchiga yoki xodimlar malakasining darajasiga
asoslanadigan gudvil.
Do'stlaringiz bilan baham: