199
K-t 5110 -"Hisob-kitob schyoti".
b) mol-mulk va resurs soliqlar hisobi
YUridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq hisobi.
YUridik shaxslar mol-mulkiga soliq
solishning maqsadi keraksiz va ortiqcha uskunalar hamda boshqa mulklarning korxonalarda me’yordan
ortiqcha saqlanishini bartaraf etishdan, korxonalarda tovar oboroti jarayonini jadallashtirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega bo‘lgan, mulkchilikning turli
shakllariga asoslangan barcha yuridik shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
SHuningdek korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega
bo‘lgan filial, vakolatxona yoki boshqa shakldagi tarkibiy qismlari ham mol-mulk uchun soliq
to‘lovchilar sanaladi. Soliq solish stavkalari va soliq solish ob’ektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Ushbu soliq korxonaning mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan olinadi. YUridik
shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi quyidagicha:
Yil davomida mol-mulkning hisobot davridagi (yil choragi, yarim yillik, 9 oylik) qoldiq qiymati
mol-mulkning birinchi oyining 1 kunidagi qoldiq qiymatining yarmini hisobot davrida keyingi oyning 1
kunidagi qoldiq qiymatining yarmiga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan summani, shuningdek mol-mulk qoldiq
qiymatining hisobot davridagi qolgan barcha oylarning 1 kunidagi summasini hisobot davridagi oylar
soniga bo‘lishdan hosil bo‘lgan xususiy hosila sifatida belgilanadi. Soliq solinadigan bazani belgilash
uchun buxgalteriya hisobining balans aktivida aks ettiriladigan quyidagi schyotlar bo‘yicha summalar qabul
qilinadi:
Soliq solinadigan bazani aniqlash uchun eskirishni chegirib gashlagan holda quyidagi buxgalteriya xisobi
schyotlari bo‘yicha balansning aktivida joylashgan summalar qabul qilinadi:
0110-0199 - asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0310- «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»;
0710-0720 - o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (me’yordagi muddatlarda
o‘rnagilmaganlari bo‘yicha);
0810-«Tugallanmagan qurilish» (belgilangan muddatlarda tugallanmaganlari bo‘yicha).
Korxonaning mol-mulkiga 4,0%li stavka bo‘yicha soliq solinadi. Me’yordagi muddatlarda o‘rnatilmagan
va foydalanilmayottan mol-mulk uchun korxona va tashkilotlar mol-mulk solig‘ini ikki karrali stavka bo‘yicha
to‘laydilar.
Soliqning hisoblangan summasi davr xarajatlarida hisobga olinadi va quyidagicha o‘tkazma bilan aks
etti-riladi:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»;
- soliq byudjetga to‘langanda:
Debet 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» .
Do'stlaringiz bilan baham: