Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


 Buxgalteriya hisobining usuli elementlari



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

2.2. Buxgalteriya hisobining usuli elementlari 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni 
amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida 
operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy 
tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi. 
Lekin xo‘jalik jarayonida bo‘lib o‘tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish yordamida 
qayd qilib bo‘lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo‘qolish, mablag‘larni qabul qilish va topshirish paytidagi 
noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o‘g‘irliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini 
dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og‘ishishiga olib keladi. 
Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo‘layottanda emas, balki ma’lum bo‘lgandagina 
mumkin bo‘ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, 
hujjatlashtirishga zaruriy qo‘shimchalar, ya’ni qayta ro‘yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning 
ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida hisobga olinmay qolgan 
hisob ko‘rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. 
SHunday qilib, hujjatlashtirish va (ro‘yxatga olish) inventarizatsiya buxgalteriya hisobining 
obektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning 
but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro‘yxatga olishning 
ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning xatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning 
qonuniyligi, mablag‘larning to‘g‘ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va shu 
kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi. 


23 
YUqorida ta’kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar turli-tumandir. Lekin 
buxgalteriya hisobi ular haqida yig‘ma ko‘rsatkichlarni berishi kerak. Bu yig‘iladigan ma’lumotlar pul 
o‘lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli qo‘llaniladi. Baholash 
yordamida natura va mehnat ko‘rsatkichlari pul ko‘rsatkichlariga aylantiriladi. 
Xo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan mehnatni 
hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq bo‘lgan, ularning 
obektiga tegishli bo‘lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning 
tannarxini aniqlab topish lozim bo‘ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori 
ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan kalkulatsiya yordamida hisoblab topiladi. U obektlarning 
haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
SHunday qilib, kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obektlarini qiymatli o‘lchash uchun xizmat 
qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari 
o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx 
kalkulatsiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi. 
Xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi obektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda 
schyotlardan foydalaniladi. 
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob obektlariga faqat tarqoq bo‘lgan tavsifni 
beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan holda guruhlash 
va summalashtirish lozim bo‘ladi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida schyotlar bajaradi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv vositasida 
amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo‘jalik operatsiyasi natijasida yuzaga 
keladigan ikki hodisani o‘zaro bog‘langan holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid 
qilish operatsiyasini qayd eta turib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol etkazib beruvchilarga 
to‘langan pul mablag‘larining sarflanishi ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘lanadi yoki mahsulot tayyorlashga 
meteriallar sarflashni aks ettira turib, o‘zaro bog‘liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va 
korxona omboridagi materiallarning kamayishi ko‘rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish 
ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga yordam 
beradi. 
SHunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obektlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi, aniq obektlarning keng bo‘lgan tarkibi korxona xo‘jalik mablag‘larini 
doimiy ko‘zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo‘jalik mablag‘larini ikki, ya’ni 
ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga 
qarab, ko‘rsatadigan buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Xo‘jalik mablag‘larini aks ettirishning bunday 
tartibi ularning barcha yig‘indisini o‘zaro bog‘langan holda ko‘rish imkonini beradi va korxonaning 
ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni engillashtiradi. 
Xo‘jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirish buxgalteriya hisobida ularni 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ustidan kuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko‘rsatkichlar 
xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo‘yicha belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish 
xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma’lumotlari asosida 
byudjet bajarlishining yig‘ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisob-kitoblarning 
ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini 
va ularning o‘tgan davrdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy 
ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish 
mumkinligini ta’minlaydi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish