qonun va tartiblarga hokimiyatning jamiiki bug’inlari tomonidan
og’ishmay amal qiladigan qatiy va majburiy muhitni vujudga keltirishimiz
shart, kichik va o’rta korxonalarning turli shakllari tez va keng rivojlanishi
uchun yo’l ochishimiz lozim―
1
. Ushbu vazifalar bugungi kunda tadbirkorlik
1
Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш давр талаби. 5-ж.Тошкент,
Ўзбекистон, 1997. 367-б.
32
faoliyatini yanada mustahkamlab va rivojlantirib borishga dasturilamal bo’lib
qolmoqda.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan har bir shaxsda huquqiy,
iqtisodiy, shaxsiy va aqliy qobiliyatlar bo’lishi kerak. Fuqarolik huquq va
muomala layoqatiga ega bo’lish, aqli raso, o’z mulkiga, majburiyatlar yuzasidan
butun mol-mulki bilan javob bera olishligi. Shu bilan birga unda ishbilarmonlik,
boshqaruvchilik, qatiy fikrlilik, bozor qoidalarini tushunadigan, o’z faoliyati
asosida davomli foyda oladigan, ish muomalasi odobi talablariga amal qiladigan
shaxsni tadbirkor deyish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatining ilmiy-nazariy tushunchasi, uning vujudga
kelishi va rivojlanishi haqida B.A.Erkayev va G.I.Karimovalar – tadbirkorlik
so’zining lug’aviy ma’nosini tahlil qilib predprinimatelstvo - enterprise - foyda
olish maqsadida fuqarolar va korxonalarning o’z tashabbusi asosida mustaqil
faoliyat yuritishini tushuntiradi
1
. B.Ibratov tadbirkorlik – biznesmenlik faoliyati
asosan XVIII asrda paydo bo’lganligini hamda uni ko’pincha ,,mulkdor― degan
ma’noga ega ekanligini tushuntirib u o’z navbatida faylasuf olim A.Smitning
ham fikrlariga qo’shilib, biznesmenni foyda olish uchun biron-bir tijorat
g’oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko’ruvchi
mulkdor, degan ta’rifni bildiradi
2
.
O.Oqyulovning fikricha, tadbirkorlik faoliyati bu har qanday mulkdorning
tashabbusi asosida faoliyatni olib boruvchi bo’lib, unda shaxs o’z harakatini o’z
xohish - istagini mustaqil holda amalga oshirishligini izohlaydi. Bundan
tashqari, u tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi subyektlarning o’z xohish istagini
va harakatini mustaqil belgilagan tartibda harakat qiluvchi shaxs ekanligini ham
1
Эркаев Б.А., Каримова Г.И. Бозор иқтисодиѐти-изохли луғат. – Тошкент: Шарқ.
1997.
2
Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001. 6-б.
33
tushuntiradi
1
. S.Boboqulov bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlar va
tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy kuch deb ta’kidlaydi
2
.
Yuqoridagi fikrlarda tadbirkorlik faoliyatining mazmuni uning mustaqil
faoliyat ekanligi, uning maqsadi foyda olishga qaratilganligi, ushbu faoliyat
tavakkalchilik va tashabbuskorlikka asoslanganligi va u o’z erkini o’zi
belgilaydigan hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda uning alohida o’ringa egaligi
bildirilgan.
Jismoniy va yuridik shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishining ikki muhim jihati mavjud. Birinchisi iqtisodiy ya’ni muayan
mulkka ega bo’lishi bilan tadbirkorlik asosida daromad olishga qaratilsa,
ikkinchisi esa uning ijtimoiy ahamiyati ham muhim bo’lib u qo’shimcha ish
o’rinlarini tashkil etadi.
Fikrimizning dalili sifatida shuni ham ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik
keng ma’noda shaxsiy va ijtimoiy manfaatni qondirishga asoslangan aqliy
faoliyat hamdir
3
.
Ayrim olimlar tadbirkorlik faoliyatini huquqiy va tashkiliy jihatdan
o’rganishida – ular ushbu faoliyatni qonun hujjatlar doirasida korxona, firma
tashkil qilish, foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish bilan
shug’ullanuvchi faoliyat ekanligini ta’kidlaydi
4
, U.Tadjixanov tadbirkorlik
faoliyatini - puxta o’ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan amaliy choralar asosida ish
tutadigan faoliyatdir deb ta’riflaydi, K.Sindorov tadbirkorlik shaxsiy manfaatni
qondirishga asoslangan, o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga
qaratilgan hamda tavakkalchilik va tashabbuskorlik faoliyatini amalga
oshiradigan, boshqa ijtimoiy subyektlar topshirig’i bilan amalga oshiri-ladigan
1
Оқюлов О. Понятие и основные признаки предпринимательской деятельности.
//Хозяство и право, №5. –Тошкент: 2004. – С 74-75.
2
Бобоқулов С. Иқтисодий ислоҳотлар жараѐнида ижара муносабатларини
ривожлантириш ва такомиллаштиришнинг фуқаролик-ҳуқуқий муаммолари:
юрид. фан. докт. дис. … ТДЮИ. -17 б.
3
Қаранг. Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. – Тошкент: 1998.- 204 б.
4
Мирсаидов М.С. Тадбиркорлик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. - 185 б.
34
faoliyatdan farqli o’laroq, yangilikka intiladigan shaxslarning tashabbuskor
faoliyatidir
1
, degan fikrlarni bildiradi.
Yuqoridagi fikrlarda mualliflar tadbirkorlikning mazmun va maqsadini
ifoda ettirishga harakat qilgan. Fikrimizcha, tadbirkorga bildirilgan ikkinchi
fikrga qo’shimcha qilib uni tadbirkorlik nafaqat shaxsiy ehtiyojni qondirishga
balki, ushbu faoliyat jamiyatning ijtimoiy ehtiyojini ham qondirishga qaratilgan
faoliyatdir, desak to’g’ri bo’lar edi.
Bugungi kunda tadbirkorlik huquqining asosiy vazifasini uning
predmeti belgilaydi va bu haqda prof.I.B.Zokirovning quyidagi ta’rifini
keltirish mumkin. Unga ko’ra, tadbirkorlik faoliyati yuridik shaxslar,
fuqarolar yoki fuqaro tomonidan o’z tavakkalchiliklari va mulkiy
javobgarliklari asosida shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida qonunlar
doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyati degan
mazmunni bildirishini ta’kidlaydi
2
. Ushbu ilmiy fikrlar va tushunchalar ham
ilmiy asoslantirilgan. Lekin, ularning ishlarida ushbu faoliyatning sof
fuqarolik-huquqiy mazmuniga, uning o’ziga xos belgilariga va xususiyatlariga
alohida e’tibor qaratatilmagan.
Huquqshunos olimlar I.V.Yershova va T.M.Ivanovalar tadbirkorlik
faoliyatida quyidagi belgilar bo’lishini ta’kidlaydilar
3
. Jumladan, mulkiy va
tashkiliy mustaqillik, tavakkalchilik, davomli daromad (foyda) olish,
daromadlarni mulkdan foydalanish orqali mahsulot yoki tovar sifatida sotishdan,
ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishdan hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat
ro’yxatidan o’tkazish orqali harakat qilishini tushuntiradi. Bundan tashqari
ayrim olimlarning ta’kidlashicha tadbirkorlik mustaqil faoliyat bulib, ushbu
faoliyatdan ko’zlangan maqsad xo’jalik tavakkalchiligi asosida muayyan
1
Қаранг. Юридик энциклопедия. – Тошкент: 2001. 418-419-б; К.О.Синдоров,
И.Жуманазаров. Тадбиркорлик субъектларини текширишнинг ҳуқуқий асослари.
(қонунчилик ва суд амалиѐти) –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 11-12-б.
2
Зокиров И.Б. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. –
Тошкент: 2007. 149-б.
3
Ершова И.В., Иванова Т.М. Предпринимательское право. Учебное пособие. –
М.:Юриспруденция, 1999. 4
35
faoliyatni davlat ro’yxatidan o’tkazish va undan doimiy hamda davomli ravishda
daromad (foyda) olishga qaratilganlik faktlari ham mavjud bo’lishini bildiradi
1
.
V.A.Oygenzixt tavakkalchilik asosida ish tutishni fuqarolik- huquqiy nuqtai
nazardan o’rganib, uni insonning o’z harakatini o’zi tanlash asosida belgilashini,
uning ushbu harakatni bila turib biror bir maqsadga erishish yo’lida harakat
qilishni, o’z oldida duch keladigan to’siqlar sari qadam qo’yib borishni hamda
shaxsning o’z harakatini fahmlab ilgari boruvchi faoliyat deb tushuntiradi
2
.
Lekin ushbu fikrlarga teskari bo’lgan ayrim qarashlar va fikrlar ham mavjud
bo’lib, ularga jumladan, V.Serebrovskiy tavakkalchilikning iqtisodiy ma’nosiga
nazar tashlab, uni biror bir xo’jalik faoliyatida noxushlikka olib keluvchi harakat
degan tushunchani bildiradi
3
. M.M.Agarkov tavakkalchilik harakati barcha
fuqarolik huquqi bilan bog’liq munosabatlarda sezilarli darajada uchramaslik
holatlarini ta’kidlaydi
4
.
Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik bilan ish ko’rish qadimgi Rimda
ham huquqiy xarakterga ega bo’lgan va unda ushbu belgi huquqiy hujjatlarni
nomlashda qo’llanilganligi haqida huquqshunos olim Yu.Baron o’zining fikrini
bildiradi. Masalan, ular ,,tavakkalchilik krediti― ,,saqlash shartnomasida― va
boshqa shartnomalar mazmunida uchrab turishini ta’kidlaydi
5
. Tavakkalchilik
belgisi o’zining mazmuniga ko’ra quyidagi turlarda namoyon bo’lishi mumkin.
Jumladan, ularning tabiiy, delikt, ma’muriy hamda shartnomaviy ko’rinishlarini
qayd qilish lozim. Tadbirkor o’zining tavakkalchiligi bilan mulkiy zarar
ko’rishning oldini olish kerakligini ham hisobga olishi kerak ya’ni ularning
faoliyatida tavakkalchilikdan ham foydalana bilishlik talab qilinadi.
Tavakkalchilik ham o’z mazmuniga ko’ra o’ziga xos huquqiy yoki texnik
1
Предпринимательское право. Учебное пособие для вузов. – М.: 2000.
Коллектив авторов. Изд. ―Приор‖.
2
Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть обшая) , Изд-во
―ИРФОН‖ – Душанбе, 1972.
3
Серебровский В. Страховой риск. Сборник статей кафедры ‖Проблема
современного права‖, правового факультета Харковского института народного
хозяства, посвяшенный памяти акад. М.Гордона.1927. -189 с.
4
Агарков М.М. Очерки кредитного права, 1926, -С.52.
5
Барон Ю. Система Римского гражданского права. Кн. 4, СПб. 1910, -С.132.
36
ko’rinishda bo’lishi mumkin. Texnik tavakkalchilikda uning mazmunida yuridik
xarakterga xos asos bo’lmaydi. Masalan, mulkdorning o’z mulkini iqtisodning
turli sohalariga qo’shishini olish mumkin. Tavakkalchilikning huquqiy
asoslariga esa mulkni sug’urta qilish va majburiyatlarni bajarish usullari ya’ni
neustoyka, zalog, kafillik, kafolat va zakolatni kiritish mumkin.
Shuningdek, V.A.Oygenzixt o’zining asarlarida tavakkalchilik belgisi
haqidagi fikrlarini davom ettirib, u tavakkalchilikni – muvaffaqqiyatga olib
borishdir, deb qisqacha ma’noda tushuntirib o’tadi. Lekin shu o’rinda ushbu
fikrga
qarama-qarshi
fikrlar
ham
mavjudligini
huquqshunos
olim
Ya.M.Magazinerning ishlarida ko’rish mumkin, u tavakkalchilikni istiqlolga
xavf, unga har qanday tahdidlarni soluvchi holat sifatida ko’rinishga ega bo’ladi
deb biladi
1
. Tavakkalchilik faoliyatining fanda ikki xil turi mavjudligini
huquqshunos olim V.Rassudovskiy asoslaydi. Birinchisi, shartnomadagi
tavakkalchilik bo’lsa ikkinchisi, texnik tavakkalchilik bo’lib, uni biror bir qaror
qabul qilishda uchratishni ta’kidlaydi va buni ongli ravishda to’g’ri qaror
qilingan harakat deb tushuntiradi
2
.
Fikrimizcha, tavakkalchilik faoliyatiga berilgan tushunchalar ichida
huquqshunos olim V.A.Oygenzixtning hamda Yu.Baronning fikrlari asosli deb
hisoblaymiz. Chunki, ularda tadbirkorlik faoliyatiga xos belgilarga alohida
to’xtalib, ularga to’g’ri ta’rif berilganligini hamda bu fikrlar fuqarolik-huquqiy
munosabatlarga bog’lab tushuntirilganligini, hamda uni tadbirkorlik faoliyatida
muhim ahamiyat kasb etishligi ilmiy va amaliy tartibda asoslantirilgan.
Yuqorida o’rganilgan barcha belgilar tadbirkorlik faoliyatiga xos bo’lib,
bunda mulkdor o’z ishonchi va erkiga asoslanib mustaqil faoliyatini amalga
oshiradi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, tavakkalchilik termini rivojlangan
mamlakatlarda, jumladan, AQSh da ijobiy xarakterga ega bo’lib, ularda
tijoratchilikda ko’proq qo’llanib, birja o’yinlarini o’tkazishda omad yoki yutuq
olishni bildiradi. Shuningdek, AQSh da bu borada maxsus ,,Tadbirkorlikda
1
Магазинер Я.М. Советское хозяственное право. – М. 1928. – С.36
2
Рассудовский В. Вопрос об имушественном риске в гражданском праве.
―Советская юстиция‖. № 18. 1963. –С.11
37
tavakkalchilik― deb nomlangan maxsus jurnalning ham mavjudligini bunga asos
sifatida keltirish mumkin
1
.
Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik asosida ish yuritishda eng avvalo,
har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini hisobga olib,
bozor konyunkturasini puxta o’rganish talab qilinadi aks holda tadbirkorlikdan
ko’zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan noxush vaziyatlarni ham keltirib
chiqarishi mumkin.
Fikrimizcha, tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik belgisi har qanday
shaklda tashkil topgan tadbirkorning o’z ishonchi va qobiliyatiga qarab, o’z
mulkini va faoliyatini tavakkal qilib, undan cheklanmagan miqdorda foyda
(daromad) olishga qaratadi. Tadbirkorning tavakkalchilik asosida ish tutishi
raqobatga bardosh bera olishni hamda kutilmagan harakatlarda o’z mulki va
muassislari bilan birgalikda to’liq javobgar bo’lish majburiyatini yuklaydi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining muhim belgilari ichida tadbirkorlikda
tashabusskorlik, mulkiy va tashkiliy mustaqillik belgilari ham muhim huquqiy
va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Bizning nazarimizda, tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi har qanday
shaxsda tashbbuskorlik, tavakkalchilik, mulkiy mustaqillik, muomala layoqatiga
ega bo’lishlik, doimiy uzluksiz xarakterga oid daromad (foyda) olish,
tadbirkorlikning davlat ro’yxatidan o’tganlik fakti bilan bir qatorda unda
novatorlik (innovasiya) belgisi ham bo’lishi lozim.
Novatorlik belgisi ham tadbirkorlik faoliyatining muhim belgilaridan biri
hisoblanadi. ,,innovasiya’’ so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, uning ma’nosi
yangilik, yangilik yaratish degan tushunchalarni anglatadi. Ushbu termin iqtisod
va huquq fanlari sohasining rivojlanishi tufayli 1980 yillarda fanga kirib kelgan.
Mazkur termin O’zRsi FKning 1031-moddasida mustahkamlangan. Innovasiya
faoliyatining tadbirkorlik faoliyatiga xos jihatlarini uning belgilaridan bilish
mumkin.
1
Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть общая) , Изд-во
―ИРФОН‖ – Душанбе,1972. – С.39.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |