Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Fuqarolik huquqi»



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana17.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#68824
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari. (1)

shijoat sohibi bo’lgan azmi qatiy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab 

tadbirsiz  loqayd  kishilardan  afzaldir”

1

.  Shuningdek,  tadbirkor-biznesmenlik 



faoliyati asosan XVII asrda paydo bo’lib, ko’pincha ,,mulkdor― degan tushuncha 

                                                 

1

 

Темур тузуклари. Тошкент, Нашриѐт-матбаа бирлашмаси.– 1991. -57 б. 




 

28 


bilan tenglashtirilgan. Xususan, A.Smit biznesmenni foyda olish uchun biror bir 

tijorat  g’oyasini  amalga  oshirish  maqsadida  tavakkalchilik  bilan  ish  ko’ruvchi 

mulkdor,  deb  ta’riflaydi

1

.  Tadbirkorlik  faoliyati  vujudga  kelishining  tarixiy 



asoslarini prof.S.E.Jilinskiy uch tarixiy bosqichga ajratadi. 

Birinchi  bosqich,  tadbirkorlik  haqida  dastlabki  tushunchalar  XVIII 

asrning  oxirlarida  vujudga  kelganligini,  XIX  asrning  boshlarida  –tadbirkorlik 

mustaqil  bir  tizim  sifatida  namoyon  bo’lganligini  ta’kidlab,  va  shu  bilan  birga 

tadbirkorlik  haqida  qator  faylasuf  olimlarning  jumladan,  A.Smit,  D.Rikardo  va 

K.Markslarning  ilmiy  asarlarida  ham  tadbirkorni  ishlab  chiqarishda  muhim 

funksiyalarni bajaruvchi kapitalist degan fikrlar yuritilganligini bildiradi . 

Ikkinchi  bosqich,  XX  asr  boshlari  va  o’rtalariga  to’g’ri  kelishini,  bu 

davrda  tadbirkorlikning  bir  butun  konsepsiyasi  mavjudligini  ta’kidlab,  faylasuf 

olim  Y.Shumpeyterning  izlanishlarida  ham  tadbirkorlik  novatorlik  faoliyatini 

olib boruvchi shaxs degan to’xtamga kelganligini bildiradi. 

Uchinchi  bosqich  esa  XX  asrning  60  -  yillarida  boshlanganligini  va  uni 

hozirga  qadar  rivojlanib  kelishini  ilmiy  asoslaydi

2

.  Shuningdek,  ayrim 



adabiyotlarda  tadbirkorlik  faoliyati  qadimgi  rus  davlatlarida  ham  davlatning 

kuch  -  qudratini  mustahkamlashda  muhim  soha  sifatida  xizmat  qilganligi  va 

ushbu faoliyat bilan shug’ullanish natijasida daromad, foyda olishga intilishgan 

degan fikrlar bildirilgan. 

Yuqoridagilarga  ko’ra,  tadbirkorlik  faoliyatining  vujudga  kelish 

bosqichlari  XIV  asrlardan  boshlab    XVII  asrning  oxirlari  va  XIX  asrning 

boshlariga to’g’ri kelganligini, ikkinchi bosqich, XX  asr  boshlari va o’rtalarida 

va  uning  bu  davrda  butun  bir  konsepsiyasi  mavjud  bo’lganligini,  uchinchi 

bosqich esa XX asrning 60 - yillaridan boshlab 1990 yillarni o’z ichiga olishini 

va  to’rtinchi  bosqich  1991  yillarning  boshlariga  to’g’ri  kelib,    davlatimizning 

mustaqilligi bilan bugungi kungacha rivojlanib kelayotganini asoslash mumkin.  

                                                 

1

 Жилинский С.Э. Предпринимательское право. – М.: Норма, 2002. – С. 67- 68. 



2

 Юқоридаги манбада. 




 

29 


Mustaqil davlatimizda tadbirkorlik faoliyatining vujudga kelishi va uning 

rivojlanishi  1991  yil  15  fevralda  qabul  qilingan  ,,Tadbirkorlik  to’g’risida―gi, 

1999  yil  14  aprelda  ,,Tadbirkorlik  va  tadbirkorlar  faoliyatining  kafolatlari 

to’g’risida―gi  hamda  hozirgi  kunda  amalda  bo’lgan  2000  yil  25  mayidagi 

,,Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida  ―gi  qonunlari  va 

boshqa qator qonun osti aktlari tashkil qiladi.  

Tadbirkorlik  faoliyatiga  oid  tushunchalar  va  g’oyalar  haqida  xorijiy 

iqtisodchi  olimlar  tomonidan  ham  tadqiq  etilgan.  Jumladan,  Angliyalik 

iqtisodchi  olim  F.Xayk  tadbirkorlik  asosida  biror  bir  iqtisodiy  imkoniyat 

natijasida o’z maqsadiga erishib, ma’lum bir daromad foyda olish tushuntiradi

1



Hindiston davlatining hozirgi kunda og’ir va yengil sanoatida yirik tadbirkorlik 



faoliyatining eng faol ishtirokchisi bo’lib kelayotgan korxonalardan Tata, Birla, 

Modi,  Dalmia  va  boshqalarni  keltirib  o’tib,  ushbu  subyektlar  dastlabki 

faoliyatini  eng  kichik  biznesdan  boshlab  yirik  tadbirkorlarga  aylanganligini 

ta’kidlaydi

2

.  


Ayrim yuridik lug’atlarda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tushunchalari 

keltirilgan.  Unda  tadbirkorlik  faoliyati  tushunchasi  mustaqil  o’z  mulki  asosida 

tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat bo’lib, o’z mulkidan mahsulot 

sotishdan,  ish  bajarish  yoki  xizmat  ko’rsatishdan,  uzluksiz  doimiy  ravishda 

daromad oluvchi hamda davlat ro’yxatidan qonuniy tartibda o’tgan faoliyat tan 

olinishi  belgilangan

3

.  Tadbirkorlik  faoliyatining  qonuniy  tushunchasi  Rossiya 



Federasiyasi Fuqarolik kodeksining 23-moddasi 1-qismida qayd qilinishicha, har 

qanday  fuqaro  qonun  hujjatlarga  asosan  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanish 

huquqiga  ega  bo’lishligi  va  bunda  ular  tadbirkorlik  faoliyatini  yuridik  shaxs 

tashkil  etmasdan  (yakka  tadbirkor)  sifatida  va  ushbu  faoliyatni  davlat 

                                                 

1

 Предпринимательство в АПК (Агропромышленных комплексах). С.И.Грядов. – 



М.: Колос. 1997. – С.5 

2

 Khanka S.S. Entrepreneurial development. New Delhi –2005.



-

15 р 


3

  Большой  юридический  словар.  3-ое  изд.  Под  ред.  Проф.А.Я.Сухарева  –  М. 

Инфра, 2006 – С.579-580. 



 

30 


ro’yxatidan  o’tkazganidan  so’nggina  shug’ullanishga  haqli  ekanligini 

belgilaydi

1

.  


Bizning 

jamiyatda 

tadbirkorlik 

faoliyatining 

huquqiy 

asoslari 

Konstitusiyamizning  36,  53,  54  va  55-moddalarida  belgilab  qo’yildi. 

Tadbirkorlik  faoliyatiga  dastlabki  legal  tushuncha,  O’zRning  ―Tadbirkorlik 

faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida―gi  qonunning  3-moddasida, 

tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladigan,  tavakkal  qilib  va  o’z  mulkiy 

javobgarligi  ostida  daromad  (foyda)  olishga  qaratilgan  tashabbuskor  faoliyat

2



deb belgilandi. 



Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanish  huquqi  O’zRsi  FKning  24-

moddasida  –  fuqaro  yakka  tadbirkor  sifatida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilgan 

paytdan  boshlab  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanishga  haqli  ekanligi 

belgilandi.  

Tadbirkorlik  faoliyatini  huquqiy  tartibga  solish  sohasiga  oid  dastlabki 

ilmiy tadqiqotlar ishlar huquqshunos olim  B.Ibratov tomonidan olib borildi. U 

tadbirkorning  barcha  harakatlari  asosan  bozor  imkoniyatlarini  tahlil  qilish, 

undan  foydalanish,  novatorlik  g’oyalarini  amalga  oshirishdan  iborat  ekanligini 

asoslab,  tadbirkorning  kapitalistik  ekspluatatorlik  mohiyatiga  olib  keluvchi 

an’anaviy  sinfiy  ta’rifi  emas,  balki,  uni  inson  faoliyatining  shu  sohadagi 

funksiyasi  bo’lib,  uning  jamiyatdagi  tutgan  o’rni  va  ijtimoiy  ahamiyatiga 

e’tiborni  qaratish  lozimligini  tushuntiradi.  Shuningdek,  tadbirkor  bozor 

iqtisodiyotining  alohida  bo’g’inlarida  takror  ishlab  chiqarish  borasida  xizmat 

ko’rsatuvchi  tashkiliy,  iqtisodiy,  moliyaviy,  huquqiy  va  boshqa  xo’jalik 

munosabatlarining majmuidir

3

, deb ta’riflaydi. 



                                                 

1

 Қаранг: Гражданский кодекс Российской  Федерации.  Части первая и вторая. – 



М.: Изд-во ―Новая Волна‖, 1996. – 512 с. 

2

  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  Ахборотномаси,  2000,  5-6  сон. 



140-модда. 

3

.Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент, Молия, 2001. - 26 б. 




 

31 


Fikrimizcha, tadbirkorlik  faoliyati har qanday  mulkdor tomonidan  o’ziga 

tegishli  bo’lgan  mol-mulki  asosida  yoki  o’zga  shaxsning  mulkini  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibda,  tavakkalchilik  asosida  tadbirkorlikni  amalga 

oshirib  undan  cheklanmagan  miqdorda  daromad  (foyda)  oladigan,  yangilik 

yaratuvchi,  o’z  mulkiy  javobgarligi  hamda  mustaqil  ish  yurita  oladigan 

tashabbuskor shaxsni tadbirkor deb ta’riflash mumkin. 

Tadbirkorlik  faoliyati  bevosita  xususiy  mulk  asosida  hamda  taraflarning 

huquqiy  jihatdan  tengligiga  asoslanadigan  faoliyat  hisoblanadi.  Xususiy  mulk 

fuqarolik  huquqining  asosiy  obyektlaridan  biri  bo’lib,  ushbu  mulk  fuqarolik 

oborotida  erkin  muomalada  bo’ladi.  Tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi 

subyektlar  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarda  mustaqil  huquq  subyekti  sifatida 

ishtirok  etadi.  Shuningdek,  ular  o’z  mulkidan  qonunda  belgilangan  tartibda 

tadbirkorlik asosida foyda yoki daromad olishlari mumkin. Xususiy mulk egalari 

barcha  iqtisodiy  munosabatlarga  kirishishda,  eng  avvalo,  har  bir  shaxsning 

fuqarolik huquqini erkin va mustaqil tartibda amalga oshirilishiga asoslanadi.  

Bizning  nazarimizda,  tadbirkorlik  –  mustaqil  iqtisodiy  faoliyat  bo’lib, 

mulkiy  munosabatlarda  taraflarning  ixtiyoriga  ko’ra  o’z  mulkiga  asoslanib 

o’zining  mulkiy  imkoniyati  darajasiga  qarab  ishtirok  etishi  tushuniladi.  Bozor 

munosabatlari  sharoitida  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  har  qanday 

shaxs  raqobatga  bardosh  bera  oladigan,  mulkiy  va  huquqiy  kafolatlangan 

bo’lishi kerak.  

Iqtisodiyotda  tadbirkorlik  faoliyatini  yanada  mustahkamlash  va  uni 

rivojlantirishning  ustuvor  vazifalari  haqida  Prezidentimiz  I.A.Karimov  shuni 

ta’kidlaydiki:  “Biz  xususiy  tadbirkorlikning  manfaatlarini  himoya  qiluvchi 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish