MAXSUS SIRTQI TALABALARI UCHUN DINSHUNOSLIK MODULIDAN ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARI
1 – VARIANT
1 – topshiriq. Quyidagi mavzular yuzasidan SAVOLLARGA JAVOB YOZING.
Buddizmdagi oqimlar
Buddaviylik ta’limoti uch qism ya’ni, axloq , mediatsiya va donolik qismlaridan iboratdir. Endi buddaviylik ta’limotining mazkur uch qismi to’g’risida ozgincha ma’lumot berib o’tsak:
1)Axloq normalari – “Pancha shila ” (Buddaninf 5 nasihati). Bu norma o’znomi bilan ham etib turbdiki , bu dinga e’tiqod qiluvchilar o’zlarini qotillikdan, o’g’rilikdan, mastlikdan, yolg’ondan va gumrohlikdan saqlashlari kerak.
2)Meditatsiya — bu normada e’tiqodchilar Buddaviylikni to’g’ri tushunishi, unga ishonishi, to’g’ri niyat qilishi, o’zini to’g’ri tutushi, o’ziniki bo’lmagan narsalarga ko’z olaytirmaslik, o’z tanasi va ruhini nazorat qilishi, o’zidagi yomon tuyg’ularni jilovlashi, yaxwilikni rivojlantirishi, to’g’ri hayot kechirishi va to’g’ri gapirishi lozimdir.
3) Donishmandlik – bu Buddaviylikning asosiy maqsadidir. Insonlar narsalar tabiatini to’g’ri tushunishi bilan bog’liqdir.
Buddaviylik mil. Avv. 273-232 yillarda hukmdor Ashoka davrida juda keng yoyilgan. U buddaviylikka, monarxlaiga, ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlariga qilgan safarlarida homiylik qilgan. Ular mahalliy aholi tomonidan o’zlariga nisbatan rozilik alomatlarini sezsalar o’sha yerdagi odamlarga ko’proq ahamiyat bergan. Buddaviylikning Mahayana yo’nalishi Xitoyga milodiy I asrda kirib kelib, III-VI asrlarda Xitoyda keng tarqaldi.Mahayananing rivojlanishida Kushon davlatining roli katta. Kanishkaning humronlik davridan keyin, Mahayana yo’nalishi Sharqda, Markaziy Osiyoda kenda tarqala boshladi. Buddaviyllikning Xitoyda tarqalishi to’g’risida hech qanday aniq ma’lumot yo’q.Tarixiy ma’lumotlar ichida eng mashhuri imperator Min-Dining tushi haqidagi habar hisoblanadi. U tushida oltindan yasalgan but ko’radi, uning Budda ekanligini maslahatchisi Fuidan so’rab biladi. U milodning 60 – yillarida Budda haqida ma’lumotlar keltirish uchun Jindistonga elchilar yuboradi. Keyin Hindistondan Xitoyga buddaviylik targ’ibotchilari keladi bva ular uchun maxsus “Baymasi” (Oq ot ibodatxonasi) quruladi. Buddaviylikning xitoylashuvi va kng tarqalishi juda uzoq va murakkab jarayondir. Buddaviylikning ilk g’oyalari va targ’ibotlari Xitoyda paydo bo’lganidan boshlab bir necha asrgacha tarqalgan. Buddaviylik mil.avv. 1 ming yillik oxirida Shri-Lanka, Markaziy Osiyo va Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon dalatiga ham yetibkeldi va bu yerda buddaviylikka judda katta e’tibor berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |