Talabalar qo‘yidagi mavzular yuzasidan nazariy bilimlarga ega bo‘lishi lozim.
№
|
Mavzular
|
1
|
Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari.
|
2
|
Urug‘-qabila va milliy dinlar.
|
3
|
Buddizm.
|
4
|
Xristianlik.
|
5
|
Islom dini.
|
6
|
Islom ta’limoti.
|
7
|
Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o‘rni.
|
8
|
O‘zbekistonda vijdon erkinligi.
|
9
|
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi.
|
5-VARIANT
1-TOPSHIRIQ.
VENN DIAGRAMMASI YORDAMIDA SAVOLGA JAVOB BERING.
“Din” va “e’tiqod” tushunchalarining o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlarini yoritib bering?
So‘zlarga qisqacha izohlar bering!
ilova
Masalan:
Buddaviylik asoschisi –
Azob uqubat haqidagi ta’limot –
2-TOPSHIRIQ.
MUSTAQIL O‘RGANISH YUZASIDAN TEST SAVOLLARIGA JAVOBLARNI BELGILAB CHIQING.
1. Jahon dinlarining qaysi g‘oyasi ularning turli xalqlar o‘rtasida keng tarqalishiga olib keldi?
a) narigi dunyoda mukofotlash g‘oyasi;
b) hammaning Xudo oldida tengligi g‘oyasi;
v) oxirat to‘g‘risidagi g‘oya;
g) jannat va do‘zax to‘g‘risidagi g‘oya.
2. Vedaning tarkibiy qismlari qaysi qatorda keltirilgan?
a) Rigveda, Atxarvaveda, Samaveda, Yajurveda;
b) Rigveda, Atxarveda, Samaveda, Yaxtarveda;
v) Rigvaveda, Atxarveda, Samaveda, Yajurveda;
g) Rigveda, Atxarveda, Samaveda, Yajurveda.
3. Shariat nima?
a) diniy qonun-qoidalar to‘plami;
b) to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik, unda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonun tusi berilgan;
v) diniy axloqiy qarashlar majmui;
g) diniy mazhab.
4. Braxmanlikning vujudga kelishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
a) marosimlarining o‘ta murakkablashib ketishi va aholining ularni bajarishi qiyinlashganligi;
b) jamiyatdagi kastachilik;
v) Manu qonunlari;
g) insonparvarlik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaganligi.
5. “Hadis” so‘zining lug‘aviy ma’nosini toping?
a) “yangi”;
b) “so‘z, xabar, hikoya; yangi”;
v) “matn”;
g) “hikoya”.
6. Diniy bag‘rikenglik deganda nima tushuniladi?
a) barcha din va dindorlarning qonun oldida tengligi, dindorlar va g‘ayridinlar orasidagi erkin munosabat;
b) diniy amallarda berilgan imtiyoz;
v) e’tiqod va vijdon erkinligi;
g) diniy mutaassiblik.
7. Hadislar qanday turlarga ajratiladi?
a) sahih, hasan, zaif, saqim;
b) sahih, zaif, saqim;
v) ishonarli, yaxshi, ishonchsiz;
g) ma’ruf, matruh, mudraj, saqim.
8. Shayx Ahmad Yassaviy g‘oyalari qaysi manbada jamlangan?
a) “Favoilhul jamol”;
b) “Devoni hikmat”;
v) “Mirsod al-ibod”;
g) Bizgacha yetib kelmagan.
9. “Tripitaka” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) “uch savat”;
b) “to‘plam”;
v) “bilimlar jamlanmasi”;
g) “jamlangan”.
10. Buddaviylik dinining asoschisi kim?
a) Nanak;
b) Kun-Szi;
v) Lao Szi;
g) Siddxarta Gautama.
3-TOPSHIRIQ.
MUSTAQIL TA’LIM MAVZUSI YUZASIDAN REFERAT TAYYORLANG.
*Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanilganlik darajasi, ijodiy yondashilganligi, mustaqil fikrlar berilganligi inobatga olinadi.
MAVZU: “Qur’oni karim Islom dininig asosiy manbasi sifatida”.
4-TOPSHIRIQ.
SAVOLLARGA JAVOBNI TEGISHLI ILMIY ATAMALARNI QO‘LLAGAN HOLDA ASOSLASHGA HARAKAT QILING!
Toshkentdagi «Mushafi Usmoniy» tarixi haqida nimalarni bilasiz?
O‘zbekiston Respublikasida davlat va din munosabatlari qaysi tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi?
5-TOPSHIRIQ.
“Islomdagi oqimlar” konseptual jadvalini to‘ldiring.
Nomlanishi
|
Mohiyati,
tarkibi
|
Asoschisi
|
Shariat qonunlarini qo‘llashdagi xususiyati
|
Vujudga kelish sabablari
|
Tarqalgan hududlar
|
Xorijiylik oqimi
|
|
|
|
|
|
Shialik oqimi
|
|
|
|
|
|
Sunniylik oqimi
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |