Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Qo‘shimcha bevosita obyekt
– odamlarning hayoti va salomatligi. 
Jinoyatning 
predmeti–
jangovar, maxsus va transport mashinalari. 
Bunday mashinalar deyilganda, har qanday avtonom dvigatelga ega 
bo‘lgan va odam boshqaradigan quruqlikda g’ildirakda yoki gusenitsada 
o‘zi harakatlanadigan harbiy-transport vositasi tushuniladi. 
Jangovar mashinalar
– bu mashinalar, jangovar vazifani bajarish 
uchun mo‘ljallangan va jonli kuchlarni, dushman harbiy texnikasini va 
boshqa obyektlarni (tanklar, bronetransportyorlar, o‘zi yurar artilleriya va 
raketa qurilmalari, artilleriya tizimlarini buksir qilishga mo‘ljallangan 
mashinalar va o‘tni boshqarish apparaturasi o‘rnatilgan tirkagich va 
boshqa shunday harbiy-texnik vositalar) nishonga olish uchun jihozlangan. 
Maxsus mashinalar
– bu jangovar mashinalar qatoriga kirmaydigan, 
harbiy qismlarni va bo‘linmalarni muhandislik-texnik ta’minlashda 
maxsus funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan mashinalar. Turli 
muhandislik mashinalari (transheya qazuvchilar, buldozerlar, kovlagichlar 
va h.k.), sanitar transporti, harakatlanuvchi ta’mirlash ustaxonalari, 
laboratoriyalar va h.k. maxsus hisoblanadi. 
Transport mashinalari
shaxsiy tarkibni, qurollarni, o‘q-dorilarni, 
harbiy texnik mulkni tashish uchun mo‘ljallangan hamda kundalik 
xo‘jalik, madaniy-maishiy, tibbiy va harbiy qismga boshqa xizmat 
ko‘rsatuvchi (yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, sanitar transporti va 
boshqalar) mashinalardir. Bunday mashinalarga O‘zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlarining relsli transporti – teplovoz, temir yo‘l drezinalari va 
boshqalar ham kiradi. 
Jinoyat 
obyektiv tomondan 
badanga o‘rtacha og’ir yoki og’ir 
shikast yetishiga olib kelgan jangovar, maxsus va transport mashinasini 
boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishda ifodalanadi. 
«Jangovar, maxsus yoki transport mashinalaridan belgilangan maq-
sadda foydalanish Ichki xizmat Nizomi, Yo‘l harakati qoidalari va boshqa 
huquqiy aktlarda belgilangan tartibga qat’iy rioya qilishni nazarda tutadi». 
Moddaning dispozitsiyasi blanketli. Shaxsni jinoiy javobgarlikka 
tortish uchun, mashinalarni boshqarish va ulardan foydalanish 
347 


qoidalarining qaysi punkti buzilganligini va bu buzilishlar va ular 
oqibatida kelib chiqqan badanga o‘rtacha og’ir yoki og’ir shikast 
yetkazilishi orasida sababiy bog’liqlik mavjudligini aniqlash lozim. 
Boshqarish
deganda, harakatlanuvchi mashinani bevosita boshqarish 
jarayoni tushuniladi. Boshqarishning boshlanish vaqti mashinaning yurish 
qismi (g’ildirak, gusenitsa) harakatlanayotgan vaqtdan boshlanadi, tugagan 
vaqti – harakatning to‘xtatilishdir. Harakatning boshidan to oxirigacha 
haydovchi o‘rnatilgan boshqaruv qoidalariga rioya etishi lozim. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish