Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


-§. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

 
1-§. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish
(JK 270-moddasi) 
Jinoyatning 
bevosita obyekti
muomalada bo‘lishi O‘zbekiston 
Respublikasida taqiqlangan, giyohvandlik vositalari ro‘yxati (I ro‘yxat)ga
1
kiritilgan, tarkibida 
giyohvandlik moddasi bo‘lgan 
o‘simliklarni 
yetishtirishga bo‘lgan davlat monopoliyasini ta’minlovchi ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi. Jinoyatning 
qo‘shimcha obyekti – 
aholining 
salomatligi xavfsizligidir. 
Ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida 
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo‘lgan boshqa ekinlar JK 
270-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning 
predmeti 
hisoblanadi. 
Ko‘knorning ikki shakli: urug’larida oson quriydigan moy mavjud-
ligi uchun yetishtiriladigan 
moylik ko‘knor
va giyohvandlik vositalari 
bozoriga mahsulot beradigan 
ko‘knor 
farqlanadi.
Kannabis
– nashaning alohida gashish olinadigan navi (nashaning 
Hindiston, Janubiy Chuy, Krasnodar va boshqa turlari) mavjud. Botanika 
sohasidagi mutaxassislar ko‘knor o‘simliklari oilasida ko‘knorning uch 
turi: oddiy yoki ekma ko‘knor, hind ko‘knori yoki nasha va yovvoyi 
ko‘knor mavjud deb hisoblaydilar. Bunda ko‘knorning so‘nggi ikki turi 
giyohvandlik vositasi xossalariga ega (ular tarkibida ko‘p miqdorda 
tetragidrokannabinol (TGK) bor)
2

Tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar 
bo‘lgan boshqa ekinlar
qatoriga koka butasi; koka barglari; kaktus 
oilasiga mansub bo‘lgan, meskalin qabilidagi izoxinolin alkaloidlardan 
iborat o‘simliklar; ergolin guruhiga kiruvchi alkaloidlardan iborat vyunk 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1999 йил 19 августдаги 813–I-сонли «Гиёҳвандлик 
воситалари ва психотроп моддалар тўғрисида»ги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий 
Мажлисининг Ахборотномаси, 1999 йил, 9-сон, 210-модда.
2
Қаранг: Головкин Б.Н. Наркотикосодержащие растения: распространение, действие, социальная 
опасность. – М.: 2000. – 22-б. 
165 


oilasiga mansub o‘simliklar; xomashyosi efedrin olish uchun ishlatiladigan 
efedr oilasiga mansub o‘simliklar, shuningdek, tarkibida psilotsibin va 
(yoki) psilotsin mavjud bo‘lgan har qanday turdagi zamburug’lar kiradi. 
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, narkogen faollik bilan 
tavsiflanuvchi o‘simliklarning jami ikki yuzdan ortiq turi bor
1

Har bir konkret holatda sudlar tarkibida giyohvandlik vositalari yoki 
psixotrop moddalar mavjud o‘simliklar ro‘yxatiga kirishini aniqlash uchun 
narkotiklar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 
tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ro‘yxati va 
ekspertiza xulosalariga tayanishi kerak. 
«...giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga 
xilof ravishda muomala qilishni nazarda tutgan jinoyatlar to‘g’risidagi 
ishlar bo‘yicha sud-kimyoviy ekspertizalarni o‘tkazish aybdorlikni 
isbotlovchi muhim mezonlardan biri hisoblanadi. 
Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasiga muvofiq bunday 
vosita yoki moddani narkotik yoxud psixotrop deb e’tirof etish uchun 
bunday ekspertizalar qayd etilgan turkumdagi barcha ishlar bo‘yicha 
o‘tkazilishi zarur. 
Bu turdagi ekspertizalarni hal etish uchun quyidagi savollar 
qo‘yilishi mumkin: 
olingan modda narkotik hisoblanadimi va qaysi turga kiradi, zarur 
hollarda esa uning ushbu moddadagi tarkibi necha foizni tashkil qiladi va 
vazni qancha; 
narsada (qanday narsa ekanligi ko‘rsatiladi) giyohvandlik vosita-
larining izlari (mikroskop orqali ko‘rinadigan nishonalari) bormi; 
yer maydonida (olingan joy ko‘rsatiladi) o‘sayotgan o‘simliklar qaysi 
turga mansub va u tarkibida narkotik bo‘lgan o‘simlik hisoblanadimi; 
olingan moddalar bir butunni (bir massani) tashkil etganmi; 
olingan moddalar tayyorlash usuli (texnologiyasi), saqlash sharoiti, 
foydalanilgan boshlang’ich xomashyosi, o‘simlik xomashyosining 
ko‘karib turgan joyi bo‘yicha kelib chiqishi jihatidan umumiy manbaga 
egami». 
1
Ўша манба. – 20-24-б. 
166 


Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari bilan muomala 
qilishning maxsus huquqiy rejimi belgilangan. Bunday rejim uch mezon: 
tibbiy, ijtimoiy va normativ mezonlar yig’indisi bilan tavsiflanuvchi 
vositalar va moddalarga nisbatan amal qilishi lozim.
Tibbiy mezon nuqtai nazaridan giyohvandlik vositalari qatoriga kelib 
chiqishi sintetik yoki tabiiy bo‘lgan, markaziy nerv sistemasi (MNS)ga 
ta’sirlantiruvchi yoki gallyutsinogen ta’sir ko‘rsatuvchi, shu tufayli 
notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinuvchi va ruhiy va (yoki) jismoniy 
qaramlik vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi vositalar kiritiladi.
Muayyan vositani giyohvandlik vositalari qatoriga kiritishda ijtimoiy 
mezonni ham hisobga olish lozim. Bu mazkur vositalar qatoriga notibbiy 
maqsadda iste’mol qilish hajmlari ko‘payib va yanada keng tus olib 
borayotgan va uning sog’liq uchun xavfliligi tufayli u bilan muomala 
qilishning alohida huquqiy rejimini belgilashni taqozo etadigan vosita 
kiritilishi lozimligini anglatadi. Tibbiy va ijtimoiy mezonlar birgalikda 
muayyan moddani giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar 
qatoriga kiritish va buni maxsus normativ hujjatda mustahkamlash uchun 
asos bo‘lishi normativ mezonni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Giyohvandlik vositalari va psixotrop 
moddalar to‘g’risida»gi Qonuni ana shunday hujjat hisoblanadi. Ushbu 
Qonunning 3-moddasida «giyohvandlik (narkotik) vositalari», «psixotrop 
moddalar», shuningdek, «prekursorlar», «giyohvandlik vositalari va 
psixotrop moddalarning analoglari», «preparat» kabi tushunchalarga ta’rif 
berilgan.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish