Jinoyatning
predmetini
giyohvandlik vositalari
yoki psixotrop
moddalar tashkil etadi.
(Mazkur tushunchalar mazmuni JK 270-moddasi tahlilida batafsil
berilgan.)
JK 275-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatning
obyektiv tomoni
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish,
saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning
belgilangan
qoidalarini buzish bilan tavsiflanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan norma blanket dispozitsiyali bo‘lib, javobgarlik
normativ hujjatlarda ifodalangan, ko‘rsatilgan vositalar yoki moddalarni
ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishga
taalluqli bo‘lgan qaysi maxsus qoidalar aybdor tomonidan buzilganini va
uning qaysi konkret qilmishida bu qoidabuzarlik namoyon bo‘lganini
aniqlash zaruriyatini belgilaydi. Ko‘rsatilgan qoidalarni
tartibga soluvchi
normativ hujjatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ning «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning
muomalada bo‘lishi bilan bog’liq faoliyatni litsenziyalash to‘g’risida»
2003 yil 16 iyundagi 315-son qarori; Giyohvandlik vositalari, psixotrop
moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi
to‘g’risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 26 iyundagi 288-son qaroriga ilova); O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik
vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lish
tartibini belgilab beruvchi nizomlarni tasdiqlash to‘g’risida» 2003 yil 29
oktyabrdagi 472-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirligi va Ichki ishlar vazirligining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop
moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g’risida
Nizomni tasdiqlash haqida» 2001 yil 17 iyundagi 2/2-son qarori (Adliya
vazirligi tomonidan 2001 yil 11 iyulda 1048-son bilan davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan);
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va
prekursorlardan tibbiy maqsadlarda foydalanish tartibi (O‘zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2001 yil 19 yanvardagi 29-son
buyrug’iga 1-ilova);
Giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va prekur-
197
sorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari
to‘g’risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash
vazirining 2001 yil 28 noyabrdagi 527-son buyrug’i
bilan tasdiqlangan,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 29 dekabrda
1090-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) va boshqa hujjatlar kiradi.
«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g’risida»gi
Qonunning 18-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarini ishlab chiqish faqat davlat ehtiyojlari uchun buyurtmaga
muvofiq mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan davlat ilmiy-
tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy maqsadlarda
foydalaniladigan yangi giyohvandlik vositalari
va psixotrop moddalarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shu Qonunning 19-moddasiga muvofiq II ro‘yxatga kiritilgan
giyohvandlik vositalarini Qonunda belgilangan maqsadlarda
Do'stlaringiz bilan baham: