Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

asosiy bevosita obyekti 
fuqarolarning o‘z huquqlarini 
qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlaydigan ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi. 
Qo‘shimcha bevosita obyekt 
sifatida boshqa 
fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari yoki qonuniy manfaatlarini, 
shuningdek, ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini 
ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 
Jinoyat 
obyektiv tomondan 
fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga 
ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘luvchi 
haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni 
o‘zboshimchalik 
bilan amalga 
oshirishda ifodalanadi. 
O‘zboshimchalik faqat 
faol harakatlar 
bilan sodir etiladi, harakatsizlik 
bilan o‘zboshimchalikni sodir etib bo‘lmaydi. 
O‘zboshimchalik asosida aybdor belgilangan tartibga zid ravishda 
harakat qilib, o‘zining haqiqiy yoki faraz qilingan huquqi (masalan, 
kvartiraga ko‘chirib kiritish yoxud undan ko‘chirib chiqarish, 
jabrlanuvchini olgan qarzni qaytarishga majbur qilish maqsadida 
o‘zboshimchalik bilan o‘zganing mulkini olib qo‘yish va h.k.lar)ni amalga 
oshiradi. 
O‘zboshimchalikni sodir etish vaqtida aybdor o‘zicha, ya’ni qonun 
tomonidan berilgan biron-bir vakolatsiz harakat qiladi. 
O‘zboshimchalik
deganda, biror-bir harakatni sodir etish (yo‘lda 
to‘siqlar qurish, hisob raqamidan pul olish va hokazo) yoki aybdor 
huquqiy hujjat yoki shartnomaga binoan harakat qilishi shart bo‘lganda, 
qonuniy hujjat bilan o‘rnatilgan biror huquqqa ega bo‘lish yoki uni amalga 
oshirish tartibini buzgan hollardagi xavfsizligi (pul o‘tkazishdan, boshqa 
bir buyumni keltirib berishdan, qaytarishdan qochish, bo‘yin tovlash va 
hokazolar) tushuniladi. 
Bunday tartib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari 
hamda umumiy amal qiladigan boshqa huquqiy hujjatlar (O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumati 
qarorlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari qarorlari va hokazolar) 
449 


orqali o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 
Aytish joizki, ayrim hollarda huquqqa ega bo‘lish yoki undan 
foydalanishning o‘rnatilgan tartibini buzish boshqa bir mustaqil jinoyatlar 
tarkibini yuzaga keltirishi mumkin: fuqarolarning turar joyi daxlsizligini 
buzish (JK 142-moddasi), fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzish (JK 144-moddasi), mualliflik yoki ixtirochilik 
huquqlarini buzish (JK 149-moddasi) va hokazolar. Bu holda aybdor 
shaxslarning harakatlarini Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilish zarur. 
O‘zboshimchalik obyektiv tomonning muhim belgisi bo‘lib, shaxs 
tomonidan ayni o‘zining haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarini amalga 
oshirishga qaratilgan harakatlarni bajarish tushuniladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish