Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy manfaatdor etish



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy manfaatdor etish 
– bu 
xizmatchiga uning xizmat vakolatlari doirasiga kiradigan muayyan 
harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini 
ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi uchun mulkiy tusga ega qimmatliklarni 
berish yoki huquq doirasida mulkiy baholanish imkoniyati mavjud bo‘lgan 
manfaatni taqdim etishdir.
Harakatlar pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini 
ko‘zlab bajariladi, basharti ular:
pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs yoki u ko‘rsatgan boshqa 
shaxslarning ehtiyojlarini qondiradi, ularga foyda yoki imtiyozlar keltiradi; 
pora evaziga og‘dirilayotgan shaxs faoliyat yuritayotgan shaxs xizmat 
manfaatlariga zid hisoblanadi. 
Mazkur qilmishning jinoiy jazoga sazovorligining zaruriy sharti moddiy 
qimmatliklar yoki mulkiy manfaat berishda ifodalanadi.
Qonunga xilof ekanligini bila turib berish
deganda shunday holatlar 
tushuniladiki, bunda ushbu harakat (harakatsizlik) amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarda yoki ta’sis hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangan 
yoki qonunga asosan xizmatchi faoliyatidan kelib chiqmaydi.
O‘z xizmat vakolatlaridan foydalangan holda harakatni bajarish yoki 
bajarmaslik mavjud huquqiy va amaliy imkoniyatlardan foydalanishni 
ko‘zda tutadi, ya’ni ushbu xizmatchining vakolatlari doirasiga kiradigan 
harakat (harakatsizlik)ni hamda bu doiradan chiqadigan, biroq uning 
xizmat nufuzi, obro‘si, xabardorligi, ma’lumotni olish imkoniga egaligi va 
hokazoda asoslangan harakat (harakatsizlik)ni qamrab oladi. 
Harakatni bajarish yoki bajarmaslik o‘z tusiga ko‘ra avvaldan qonunga 
xilof bo‘lishi yoxud xizmatchi ishlaydigan nodavlat tijorat tashkiloti yoki 
275 


boshqa nodavlat organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qonuniy 
manfaatlariga qarshi bo‘lishi lozim. 
Pora evaziga og‘dirish usuli va shakli ahamiyat kasb etmaydi. Qonunga 
xilof moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaat xizmatchi 
tomonidan shaxsan yoki vositachi orqali olinishi mumkin. 
Pora evaziga og‘dirish oshkora yoki yashirin tarzda, sovg‘a ko‘rinishida, 
moddiy qimmatlikni ochiqdan-ochiq arzonlashtirilgan narxda sotishda, 
soxta mehnat shartnomasini tuzish va boshqa shaklda bo‘lishi mumkin. 
Qonun pora evaziga og‘dirish muayyan harakatni bajarishdan oldin yoki 
tegishli harakat bajarilganidan keyin bo‘lishi o‘rtasidagi farqni 
belgilamaydi, ular bir xilda jinoiy jazoga loyiq qilmishni tashkil etadi. 
Basharti, xizmatchi pora evaziga og‘dirayotgan shaxs manfaatida biror-
bir jinoiy harakatlar sodir etsa, uning harakatlarini jinoyatlar jami bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilish zarur (masalan, xizmatchi mukofot evaziga hujjatni 
qalbakilashtirsa, uning harakatlari jinoyatlar jami bo‘yicha JKning
192
10
-moddasi 1-qismi va JKning 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, 
muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan 
foydalanish) bilan kvalifikatsiya qilinadi). 
Xizmatchini pora evaziga og‘dirish jinoyati u tomondan o‘z 
vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan 
muayyan harakatni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs 
manfaatlarini ko‘zlab bajargani evaziga moddiy qimmatliklar yoki moddiy 
manfaatning bir qismi bo‘lsa ham olinganidan so‘ng 
tamomlangan
hisoblanadi, basharti, bu harakat unga nisbatan bir yil ichida xuddi 
shunday harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksining 611-moddasi bilan ma’muriy jazo 
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa.
JKning 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish