Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

bevosita obyekti 
– tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni 
tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar. Fakultativ obyekti soliq to‘lash, savdo 
qoidalariga rioya qilish tartibi va hokazolar bo‘lishi mumkin. 
Obyektiv tomondan 
jinoyat tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan 
o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan 
holda amalga oshirishda ifodalanadi. 
Qonunga ko‘ra, 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish
deganda, 
tadbirkorlik subyektlarining vakolatli davlat organlari (hokimlik va adliya 
idoralari)da davlat ro‘yxatiga olinishi tushuniladi. Davlat soliq 
inspektsiyalari tomonidan beriladigan «Qayd guvohnomasi» ularning ichki 
idoraviy hujjati bo‘lib, uning mavjud emasligi yoki muddati o‘tganligi 
faktining o‘zi tadbirkorlik subyektlarini JKning 188-moddasi bilan 
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Jinoyat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektning qonun 
talab qilgan ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga yo‘naltirilgan faol 
harakatlarida ifodalanadi.
Mazkur modda ma’nosida davlat ro‘yxatidan o‘tmaslik – bu amaldagi 
normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, vakolatli organga faoliyatini ro‘yxatdan 
o‘tkazish yoxud uni tiklash yoki o‘zgartirishni so‘rab murojaat etishga 
majbur bo‘lsa-da, lekin qasddan buni bajarmaslik yoinki bila turib o‘zining 
murojaatini ko‘rib chiqishni imkonsiz qilib qo‘yishda ifodalanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, 
tadbirkorlik doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat majburiy davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Qonun fuqarolik huquqiy xususiyatga ega 
bo‘lgan bir marotabali bitimlarni tuzish uchun tadbirkor sifatida davlat 
219 


ro‘yxatidan o‘tishni talab qilmaydi. Qonunchilik yoki huquqiy an’analarga 
muvofiq, kasbiy (xususiy) amaliyotning ba’zi bir turlari maxsus 
ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydigan deb tan olinadi. Masalan, xususiy 
amaliyotga ega advokat va hokazolardan qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish 
talab qilinmaydi. Shu bilan birga, ba’zi tovarlar, ishlar va xizmatlarga 
nisbatan (masalan, ta’lim bo‘yicha, tibbiyot bo‘yicha xizmatlar) amalga 
oshiriladigan savdo yoki vositachilik faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. 
O‘z mazmuni bo‘yicha g‘ayriqonuniy bo‘lgan faoliyat (fohishalik, 
narkotik moddalar savdosi va h.k) ro‘yxatga olinmaydi va savdo yoki 
vositachilik faoliyati hisoblanmaydi. Ularning amalga oshirilganligi uchun 
Jinoyat kodeksida boshqa moddalar bo‘yicha javobgarlik nazarda tutilgan. 
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarni qonunchilikka 
muvofiq ro‘yxatga olishga vakolatli organ hamda sud ro‘yxatga 
olinganlikni to‘xtatib qo‘yishi yoki umuman bekor qilishi mumkin. 
Bunday holatlarda tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish faoliyatni 
g‘ayriqonuniy amalga oshirish deb ko‘rilishi lozim. Ro‘yxatga olingan 
boshqa shaxs uchun yoxud boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun 
ro‘yxatdan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning 
harakatlarini JKning 188-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish lozim. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish