Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Mulkiy yo‘sindagi harakatlar qilish yoki mulkiy manfaatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Mulkiy yo‘sindagi harakatlar qilish yoki mulkiy manfaatlar 
berishni talab qilish 
deganda, aybdor foydasiga yoki u ko‘rstgan shaxs 
foydasiga mulkiy yo‘sindagi moddiy manfaatlar berish yoki aniq moddiy 
xizmatlar qilish «taklifi» nazarda tutiladi. 
Barcha holatlarda talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor tomonidan amalga 
oshirilishi bilan birga, vositachi orqali, shuningdek, og‘zaki, telefon, faks, 
xat orqali va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. 
Tovlamachi tomonidan qo‘yiladigan talablar ruhiy zo‘rlik — 
qo‘rqitish 
bilan doimo bog‘liq bo‘lishi kerak. Ko‘rqitish bilan amalga oshirilmagan 
talab tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil etmaydi. 
Tovlamachilikdagi qo‘rqitishga quyidagi belgilar xos: 
1)
o‘z mazmuniga ko‘ra unda jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga 
zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud 
ular sir saqlashi lozim deb topgan ma’lumotlarni oshkor qilish niyati 
43 


bildirilgan bo‘lishi, ya’ni jabrlanuvchini 
qo‘rqitish
, irodasini so‘ndirish 
vositasi 
bo‘lishi kerak; 
2)
qo‘rqitish 
real
, ya’ni agar jabrlanuvchi tovlamachining talablarini 
bajarmasa, tahdid amalga oshirilishi mumkinligidan xavotir bo‘lishi lozim. 
Qo‘rqitishning xususiyati, usuli, joyi va vaqti, tovlamachining shaxsi, 
uning oldingi xulq-atvori qo‘rqitishning realligidan dalolat beradi. Jinoyat 
tarkibining mavjudligini aniqlash uchun qo‘rqitishni kim amalga 
oshirganligi: bevosita tovlamachining o‘zimi yoki uning ishtirokchilarimi, 
bu ahamiyat kasb etmaydi; 
3)
qo‘rqitish 
kelajakda 
(darhol yoki talabni bajarishdan bosh tortganlik 
uchun) 
amalga oshirilishga qaratilgan 
bo‘ladi. Shuning uchun ham 
ushbu jinoyatning tarkibi uchun aybdorning haqiqatdan ham o‘z niyatini 
amalga oshirmoqchi bo‘lgan bo‘lmaganligi ahamiyat kasb etmaydi. 
Tovlamachilikni kvalifikatsiya qilishda tahdidning bevosita mol-mulk 
egasiga yo‘naltirilganligi yoki uning yaqin qarindoshlariga 
qaratilganligining ahamiyati yo‘q. 
Jabrlanuvchi tomonidan qo‘rqitishning xususiyati va jadalligi, qanday 
qabul qilinganligi jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatmasligi 
lozim. 
Jadalligi bir xil bo‘lgan tahdid, jabrlanuvchilarning ruhiy holati, 
tarbiyasi, fe’l-atvori, jismoniy xususiyatlaridagi farqlar tufayli, ular 
tomonidan turlicha qabul qilinadi. Jabrlanuvchi qanday qabul qilganligidan 
qat’i nazar, tahdidning kuchi oshmaydi va kamaymaydi, uning o‘zi qanday 
bo‘lsa, shundayligicha qolaveradi. Agar aybdorning aytganlari obyektiv 
tomondan tahdidni o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, qilmish tovlamachilik deb 
baholanishi mumkin emas. 
Sud-tergov amaliyotida tovlamachilikni bosqinchilik (JK 164-moddasi) 
va talonchilikdan (JK 166-moddasi) farqlashda ko‘p muammolar mavjud. 
Shuni nazarda tutish kerakki, bosqinchilik va talonchilikda zo‘rlik 
ishlatish bilan qo‘rqitish mulkni egallab olish yoki talon-toroj qilinganidan 
so‘ng uni ushlab qolish vositasi bo‘lib xizmat qilsa, tovlamachilikda ushbu 
qo‘rqitish jabrlanuvchining irodasini so‘ndirish va uni tovlamachining 
talablarini bajarishga majbur etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
44 


Shuni ham nazarda tutish kerakki, bosqinchilik va talonchilikda 
o‘zganing mulkini egallab olish qo‘rqitish bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi, 
tovlamachilikda esa, aybdor jabrlanuvchining mulkini kelajakda qo‘lga 
kiritadi. 
Agar tovlamachilikni sodir etishda qo‘rqitish jabrlanuvchiga hech 
qanday ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lib, tovlamachi o‘sha vaqtdayoq o‘zganing 
mulkini talon-toroj qilgan bo‘lsa, uning harakatlari o‘zganing mulkini 
tovlamachilik 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish