bilish faolligi va mustaqilligi birm uncha past boladi. Bu kamchilik ularning
bevosita hayot qiyinchiliklariga duch kelganlarida namoyon b o lad i.
M e’yordagi ommaviy maktab o ‘quvchilari m a’lum voqealarga e ’tibor
berib, ular haqida bilim egallasalar, aqli zaif o ‘quVchilar bu voqealarni
sezmasliklari mumkin. Bu holat yordamchi maktablardagi ta ’lim-tarbiya'ni
qiyinlashtiradi. Shunga qaram asd an yordam chi m aktab t a ’limi bu
o ‘quvchilarda faollik, mustaqillikni rivojlantirishga xizm at qilishi kerak.
Shuni t a ’kidlash o ‘rinliki, aqli zaif o ‘quvchilardagi buzilgan ruhiy
jarayonlar maxsus pedagogik ta ’sirga yaxshi beriladi.
Shu sababli yordamchi
maktab ta ’limida «yaqin orada rivojlanishi mumkin boigan zona»ga alohida
e ’tibor beriladi.
Yordamchi maktab ta ’limining uchinchi, o ‘ziga xos xususiyati
ta ’lim
nazariyasi
va
amaliyotining bog'liqligidir.
Yordamchi maktab ta ’limi amaliy
yo‘nalishga ega. A m aliyot aqli zaif bo lalarning nazariy bilim larni
egallashlariga yordam beradi ham da ular amaliyotda qatnashib, nazariy
bilimlarini oshirib boradilar.
Yordamchi maktab ta ’limining ko‘rgazmaliligi ham uning o ‘ziga xos
tomonlaridan biridir. A. N. Graborovning ta’kidlashicha, ko‘rgazmalilik idrok,
tasavvurlarni tuzatishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli yordamchi maktablarda
ko‘igazmalilik ommaviy maktablardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Aqli
zaif bolalar ko‘rgazmalilik orqali narsa, voqealarning
ichki mohiyatini
tushunib boradilar. Shu orqali ularning fikrlash faoliyatlari to‘gkri!anib boradi.
Har qanday ko^rgazmalilik bilan maqsadga erishish mumkin emas. Balki
ko‘rgazmalilik og‘zaki tushuntirishlar bilan birga namoyish etilsagina kutilgan
maqsadga erishish mumkin. Shundagina aqli zaif bolalarning nutqi, tafakkuri
birga rivojlanib boradi, yordamchi maktab ta ’limi jarayonida aqli zaif
bolalarning faol emasligini, mustaqil ishlashlarining chegaralanganligini
e’tiborda tutish kerak. Aqli zaif bolalardagi bu xususiyatlar yordamchi maktab
ta’limining oxirida ham normal tengdoshlariga yeta olmaydi.
Shu sababli
yordamchi maktabning barcha sinflarida o ‘qituvchilar bu kamchiliklarni
bartaraf etib borishlari kerak.
Shuni ta ’kidlash joizki, yordam chi maktab ta ’limi sodda, o ‘quvchilar
nuqsoniga m oslab, m exanik tarzd a berilishi tufayli har doim ham
kutilganday natija bermaydi. Shu sababli o kquv materiallari qancha sodda
b o lm asin, albatta ongli, tushunarli tarzda berilishi kerak. Shundagina bu
ta’lim o ‘quvchilar nuqsonlarini tuzatishga yordam beradi. Yordamchi
maktabdagi ta ’lim o ‘qituvchi va o ‘quvchilarning
birgalikdagi faoliyati
b o lib, o ‘quvchilam ing bilim olishiga, zarur ko‘nikma va malakalar hosil
qilishlariga xizmat ko‘rsatadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: