ruhiy kasallar, bolalar psixonevrologiyasi, aqli zaiflik klinikasi, genetika,
maxsus psixologiya m a’lumotlariga asoslanishi kerak. Bu m a’lumotlar aqli
zaif bolalar ta ’lim-tarbiyasida, ularni hayotga tayyorlashda birm uncha
samarali usul va vositalami qidirib topishga yordam beradi.
1-chizma
P e d a g o g ik a ta rix i
X a lq p e d a g o g ik a s i
Nuqsonli shaxsning rivojida tabiiy va ijtimoiy om illarning o ‘zaro
m unosabati, y ordam chi m aktab o 'q u v c h ila ri
bilish faoliyatlaridagi
umumiylik va xususiylik, ichki va tashqi omillar, ta’lim-tarbiya va rivojlanish,
korreksiyalash, ta ’lim -tarbiyada umumpedagogik va maxsus usullar va
boshqalar oligofrenopedagogika fanining umumiy masalalarini tashkil etadi.
Oligofrenopedagogikaning mavzu bahsi — nuqsonli bolalar ta ’lim-
tarbiyasi va rivojlanishidir. Bu esa har doim g‘oyaviy kurashlar uchun manba
bo‘lib kelgan.
11
Aqli zaif bolalarning rivojlanish im koniyatlari va ularning ijtim oiy ’
m eh natga m oslashish m asalalari ham o ‘tk ir m u no zaralarga sabab
b o ‘lgan.
Chet el «defektologlarining» ta ’kidlashicha, aqli zaif bolalar ongi tashqi
olamni aks ettirish sifatida emas, balki ularning ichki nuqsonli holatining
aks etishidir. Shu asosda ular aqli zaif bolalarga «axloqiy nuqsonlilik»,
«axloqsizlik» xosdir, deb tushuntirishga urinadilar. G o ‘yoki aqli zaif bolalar
tugkma yolg‘onchilik, egoizm, qaysarlik kabi xislatlar bilan dunyoga kelar
ekanlar. Ularning ta ’kidlashicha, aqli zaif bolalar rivojlanishga, tuzatilishga
imkoniyatlari bolm agan nuqsonlilardir.
Bunga o ‘xshash
qaram a-qarsh ilik lar, ayniqsa, sobiq tu zu m n in g
bolalarning aqliy qobiliyatlarini aniqlash vaqtlarida testlardan noto kg‘ri
foydalanish natijasida normal boigan bolalarning kokpchiligi asossiz ravishda
yordamchi maktablarga yuborildi. Bu narsa haqiqiy aqli zaif bolalarning
ta ’lim-tarbiya usullarini, tamoyillarini ishlab chiqishga juda katta salbiy ta ’sir
etdi.
Oligofrenopedagogika nuqsonli shaxs rivojida irsiy omillarga alohida
e ’tibor beradi. Am m o irsiy, nasliy belgilar shaxsning ijtimoiy m ohiyatini
belgilam aydi. B ilim lar, axloqiy m oyillik, k o ‘nikm a
va m alak alar
xrom osom lar orqali nasliy yokl bilan avloddan avlodga berilmaydi. Balki
bular hayot jarayonida orttirilib boriladi. Inson tugkma tabiiy belgilar
bilan unga ta ’sir etuvchi holatlarning o'zaro mahsulidir.
Inson jam iyatda moddiy va m a’naviy hayot jarayonida shakllanib
boradi.
Rivojlanishida nuqsoni b o ig a n shaxsning rivojlanishi norm al shaxs
rivojlanishi singari irsiy va ijtimoiy dastur asosida yuz beradi. Am m o bu
yerda aqli zaif bolaning ijtimoiy rivojlanishi nuqson asosida rivojlanishini
unutm asligim iz kerak. Bu narsa aqli zaif bolaning bilish im koniyatlarini
toraytiradi. Bosh miya yarim sharlarida organik buzilishlar borligi oqibatida
aqli zaif bolalar atrof-m uhitni buzilgan holda qabul qiladilar.
Hozirgi zamon defektologiyasi bosh miyadagi organik buzilishlar m a’lum
nuqsonlarga
olib keladi, am m o bu nuqson o kzgarmas holat emas, deb
tushuntiradi. Bunday hollarda oiganizmning himoyaviy kuchlari o ‘z ta ’sirini
o ktkazib, organizmning keyingi sharoitlaiga moslashishiga yordam beradi.
Bunda organizmning rivojlanish imkoniyatlari ishga solinadi.Rivojlanishi
nuqson asosida davom etadi.
T a’lim -tarbiya ta ’siri ostida ayrim nuqsonlar to kgkrilansa (korreksiya
qilinsa), ayrimlari yum shatiladi, ayrimlari kom pensatsiya qilinadi. Shu
asosda barcha sohalarda oldinga qarab harakat qilinadi. Mana shu ishonchli
gkoya nuqsonli bolalar ta ’lim-tarbiyasining mohiyatini belgilovchi nazariy
ishlarning uslubiy asosini belgilab beradi.
12