199
Yordamchi maktab o‘quvchilari intizomsizligining oldini olish
M a’lumki, yordamchi maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi xulq-atvori
buzilgan o'quvchilardir. Yordamchi maktab o ‘quvchilarining sinfdagi
in tizo m in i m u stah k am lash n i n im ad an boshlash kerak? Avvalo,
intizomsizlikning kelib chiqish sabablarini topish lozim. Xastalikni
muvaffaqiyatli davolash uchun kelib chiqish sababini bilish kerak. Albatta,
sinfda intizomning tubanligiga bir qancha sabablar bo‘lishi mumkin.
Ko'pincha o'quvchilar o ‘rtasida hamjihatlik bo‘lmagan sinflarda intizom
past bo‘ladi. Bunday sinflarda intizomni buzuvchi o ‘quvchilar o ‘zlarini
erkin sezadilar. Ulaming xatti-harakatlari o ‘quvchilar jamoasi tomonidan
qoralanmaydi, qarshilikka uchramaydi. 0 ‘quvchilarga bo'lgan yagona
talabning yo‘qligi ham sinfda intizomning tushib ketishiga sabab boiadi.
Bir o'qituvchi bolalarga talabchanlik bilan yondashsa, ikkinchisi ularning
intizomiga loqaydlik bilan qaraydi. Uchinchisi esa ayrim o ‘quvchilarga
talabchanlik bilan yondashib, qolganlarini esa diqqatdan chetda qoldiradi.
Ayrim sinflarda intizomning yomon bo'lishiga o‘qituvchi va sinf
rahbarlarining tez-tez almashinib turishi, sinfda yoshi katta bo‘lgan
o'quvchilaming mavjudligi, ko‘chaning ta’siri va boshqa shu kabilar ham
sabab bo‘ladi. Agar sinf rahbari sinfda intizomsizlikning sabablarini aniqlay
olsa, uni bartaraf etishning samarali yo‘llarini topa oladi.
Yordamchi maktabda intizomsizlikning oldini olishning hamma uchun
umumiy bo‘lgan universal usullarini tavsiya etish qiyin. H ar sinfda turli
usullardan foydalanish, shart-sharoitlardan kelib chiqish, har xil shakl va
usullaming qo‘llanishi zarur.
Intizomsiz sinflarda ishlash vaqtlarida asosiy diqqatni huquq qoidalarining
eng muhim talablariga qaratish kerak. Bunda sharqona, milliy odob-axloq
borasidagi pand-nasihatlar, hadislardan misollar, ertaklar, o ‘zbek xalq
maqollaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqat o‘qituvchi
bulardan qaysi biri qaysi o‘quvchiga katta ta’sir etish kuchini aniqlab olishi
kerak. Bulami yordamchi maktab o'quvchilariga tushuntirish bilan cheklanib
qolmasdan, o‘quvchilardan uni so‘zsiz bajarishni, unga rioya qilishni talab
etish zarur. Bu borada Prezidentimizning «Ish boshi — intizom, so‘z boshi —
salom», degan iboralarini shior qilib olish zarur degan fikrdamiz. 0 ‘quvchilar
bilan aloqani mustahkamlash maqsadida sinf rahbari o‘qishning birinchi kunidan
boshlaboq ko‘proq sayillaiga olib chiqishi, sinfdagi barcha o‘quvchilar bilan
birga sinfni jihozlash, ommaviy o‘yinlar tashkil etish, bayramlaiga tayyorgarlik
ko‘rish, qiziqarli tadbirlar o‘tkazish, «jonli burchak»da o‘quvchilar bilan birga
bo ‘lish va boshqa tadbirlarni amalga oshirib borish ham intizom ni
mustahkamlaydi. 0 ‘qituvchiga nisbatan o'quvchilaming mehri, hurmati ortib
borishi o‘quvchilaiga ijobiy ta’sir etadi.
200
Intizom ni buzishning eng ko‘p tarqalgan turi — darslarga kechikib
kelishdir. 0 ‘quv va m ehnat mashg'ulotlariga loqaydlik bilan qarash,
darsda gaplashib o ‘tirish, tanaffus vaqtlarida tartib buzish, maktab
mulkini buzish va hokazo. Ayrim o ‘quvchilaming intizomsiz bo‘lishining
sababi esa ularning qilmishlari o ‘qituvchi tom onidan e’tiborsiz qolishida,
ularga nisbatan o ‘z vaqtida jazo berilmasligidadir.
Y ordam chi m aktabda o ‘qituvchilarning asosiy vazifasi shunday
o'quvchilarga nisbatan sinfjam oasi fikrini uyg‘otishdan iborat. Qayerda
intizom buzuvchilarga nisbatan ko‘pchilik e ’tibor berib, o ‘z vaqtida
tartibga chaqirilsa, o ‘sha yerda bundaylar umumiy talablarga bo‘ysunadi
va o ‘zlarini yaxshi tutib yurishga, tartib buzmaslikka harakat qiladilar.
Ba’zan maxsus maktabda sinf rahbari oligofrenopedagog mutaxassis
bo ‘lmasa ham shunday hoi ro‘y berishi mumkin. Chunki yordamchi
m aktab o ‘quvchilarining psixologik h o latlarin i yaxshi bilm aslik,
o ‘quvchining qanday tashxis bilan kelganini tushunmaslik va o'quvchiga
qanday individual va differensial yondashishni bilmasligi oqibatida jami
kutilmagan ko‘ngilsizliklar ham kelib chiqishi mumkin. Shu boisdan
ham yordamchi maktabda oligofrenopedagog mutaxassis bo‘lishi hozirgi
kun talabidir. Shuning uchun ham oligofrenopedagog mutaxassislari
umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, umumiy psixologiya, maxsus
psixologiya, patologiya, anatom iya, oligofreniya klinikasi va boshqa
shunga o ‘xshash fanlardan m a’lum ot oladilar.
Yordamchi maktab o ‘quvchisining bosh miyasida bilish faoliyatining
qay darajada jarohatlanganligi va o ‘quvchining emotsional iroda-sferasi
holatiga qarab individual yondashilgan holdagina yordamchi maktabda
ta ’lim-tarbiya ijobiy natijalar beradi. Yordamchi maktabning korreksion
rivojlantirish maqsadlari ham shu bilan belgilanadi.
Ko‘pincha qo‘zg‘alishi kuchli bo'lgan bolalar sinfda intizomga rioya
qilmagan o ‘quvchilar bo‘ladilar. Bunday o ‘quvchilarni o ‘qituvchilar
jam oa ishlariga - «jonli burchak»da jonivorlarga, baliqchalaiga qarashga,
parvarish qilishga o ‘rgata boradilar. Yoki qiziqarli topshiriqlar berish
bilan ularni jalb qilish mumkin. Bunday o ‘quvchilami sistemali tarzda
ishlashga, uyda ham vaqtini to ‘g‘ri taqsimlashga o ‘rgatish zarur. Bo‘sh
qolgan bola g‘ayratini sig'dirolmay, o'zini o ‘rinsiz ishlarga urishi mumkin.
B a’zi hollarda m aktab qoidasini bilm aslik, intizom talablarini
tushunmaslik, maktabda, ko‘chada va jamoat joylarida o'zini tuta bilmaslik
natijasida ham intizomning buzilish hollari sodir bo‘lishi mumkin.
Yordamchi maktabda faqat yomon xulqli bolalar bo'ladi, degan fikr
noto‘g‘ri, albatta. Yordamchi maktabda tartib va intizomni buzish hollarini
oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning ahamiyati ham g‘oyat
katta. Yordamchi maktabda shunday o ‘quvchilar borki, agar ularda
m aktabda, turm ushda tartib saqlash ko'nikm asi shakllanm asa, u
201
to ‘satdan maktabda va maktabdan tashqari joylarda intizomni buzib
qo‘yishi mumkin.
Shu bois y o rd am ch i m ak tab o ‘q u v ch ilard a ongli in tizo m n i
tarbiyalash madaniy xulq ko‘nikmalarini sharqona milliy tarbiya asosida
shakllantirish bilan bog‘liqdir. Intizomli o ‘quvchi o‘rtoqlari va kattalarga
nisbatan hurm at-ehtirom ko‘rsatadi, g‘am xo‘r b o ‘ladi. Jamiyatimizda
qabul qilingan axloqiy mezonlarga rioya qiladi. Bunday o ‘quvchilarni
yuksak madaniy xulqqa o ‘rgatish oson. Tantiq, o ‘zin i-o ‘zi idora eta
olmaydigan o ‘quvchilarni axloq-odobga o ‘rgatishda qiyinchilikka duch
kelinadi.
B u nday o ‘q u v c h ilar x u lq id a q o ‘p o llik , k a tta la rg a n isb a ta n
hu rm atsizlik sezilib tu rad i. B unday o ‘qu vch ilarn i o ‘q itu v ch ilar
muntazam holda hamisha jamiyatimizda qabul qilingan madaniy xulq
qoidalariga rioya qilishga o'rgatib borishi lozim.
Buning uchun yordamchi maktab o ‘quvchilarini odobga, hurmatga,
m ehnat madaniyatiga o ‘rgatish, ularning nutq-m uom ala madaniyatini
va didini o ‘stirish, jamiyatda o ‘zini yaxshi tuta bilishga o ‘rgatish lozim.
0 ‘quvchilarni baham jihatlikda m ehnat qilish, bir-birlari bilan inoq
bo'lishga, g‘amxo‘r, lekin o ‘ziga va boshqa o ‘rtoqlariga nisbatan talabchan
b o ‘lishga o £rgatish zarur.
Bu borada Abu Ali ibn Sino o ‘zining ilm va axloqqa doir «Tadbiri
manzil» risolasida e ’tiborga molik fikrlar bildirgan. Ibn Sinoning ta ’lim
berishicha, ilm va axloqiy fazilatlar o ‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Yo‘qdan
bor bo‘lmaydi. Imkoniyatsizlik tasodifan imkoniyatga aylanmaydi. Olloh
inson vujudini, uning ichki olamini zaruriy bir tarzda o ‘z nuri Ha
munavvar qiladi.
Natijada ilm va axloqiy fazilatlar muayyan qadriyatlarga aylanib,
yaratuvchining karami sifatida uning qudrati va mehribonligidan kishilarga
saboq beradi, chunki barcha mavjud narsalar, m o‘jizaviy hodisalar
behudaga yaratilmagan.
Tangri tom on id an ojiz bir m avjudot sifatida yaratilgan inson
ko‘pchilik hayvonlar bilan raqobatga kirisha olmaydi.
Lekin shunga qaram asdan u jonzotlar orasida markaziy o £rinni
egallaydi. Olamni obod qilish va ilohiy karamdan bahram and bo‘lishga
vakil qilingan. U o ‘zining tashqi tuzilishi, jussasi b ilan boshqa
jonzotlardan (hayvonlardan) ajralib turadi. K o‘p hollarda insonni
jism onan kuchli va baquw at bo'lgan hayvonlardan ustunligining boisi
nim ada degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Ibn Sinoning flkricha, tangri
insonga shunday kuchni in ’om etdiki, u orqali ezgulik («xayr»)ni
yomonlik («sharr»)dan, aqliy kamolot — yetuklik («rashod»)ni yolg‘on-
yashiq, adashuvdan («gumrohiy») farq eta olish imkoniyatini paydo
qildi.
202
Aql tufayligina inson hayoti — kishilaming turmush tarzi hayvonlaming
yashash tarzidan tubdan farq qiladi va tarbiya asosida tobora mazmunli,
jozibali, nurafshon b o 'la boradi. Ilm cheksiz rag‘bat, sabr-qanoat,
qiyinchiliklarga sabr-chidam, maqsad sari doimiy intilish, aql — donolik
bilan ham kor va hamnafasdir. Inson g ‘aroyib chehra, tashqi qiyofa
sohibigina b o ‘lib qolmasdan, shu bilan bir qatorda, yuksak axloqiy
qadriyatlarning ijodkori sanaladi. Demak, bu borada shoir ta’biri bilan
aytganda, «Odam bo'lib keldik, odam bo‘laylik, elu yurt dardiga malham
bo‘laylik».
Inson qadrini oshiradigan, jamiyatda hurmatga sazovor qiladigan
u n in g ichki m a d an iy atid ir. S h un in g u ch u n y o rd am ch i m aktab
o'quvchilarining xulq madaniyatini tarbiyalash, ularning sharqona axloqiy
qiyofasini shakllantirishim iz d o ‘stlik, birodarlik, m ehnatsevarlik,
hayolilik, insonparvarlik, m ehr-m uruvvatlilik, vijdoniylik, im on-
e’tiqodlilik, vatanparvarlik va boshqa sharqona davr talabi ruhida tarbiyalash
bilan xush xulqli bo‘lishga o ‘rgatish bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |