Maxsus pedagogika


Yordamchi  maktab  o ‘quvchilari  shaxsini  shakllantirishda  tarbiya va



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Yordamchi  maktab  o ‘quvchilari  shaxsini  shakllantirishda  tarbiya va 
korreksion rivojiantirishning  birligi  va  o‘zaro  aloqasi
Yordamchi maktab o‘quvchilari shaxsining shakllanish jarayoni taibiya va 
ta’lim sharoitida ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish oiqali amalga oshiriladi. 
Bu esa xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Natijada aqli zaifbola asta-sekin

o‘zi  yashayotgan jamiyat  ijtimoiy munosabatlari  tizimiga kirib boradi.
Aqli  zaif o‘quvchilaming  ijtimoiy  tajribani  o‘zlashtirish  tajribasi  uzoq 
davom  etadigan  murakkab  jarayondir.  Aqli  zaif  o ‘quvchilar  shaxsini 
shakllantirib  borishdagi  qiyinchilik  shundan  iboratki,  bola,  bir tomondan, 
mazmun,  hajm  va  umuminsoniy  tajribalami  o ‘zlashtirishi  kerak,  ikkinchi 
tomondan,  u  mazkur  tajribani  o ‘zlashtirish  usullarini  hali  ular  yetarlicha 
egallamagan bo‘ladilar. Yordamchi maktablarda tarbiya va ta’lim jarayonida 
o'qituvchi,  tarbiyachilar  aqli  zaif bolaga  tushunarli  bo‘lgan  mazmunni 
tanlaydi,  uning  o‘zlashtirishiga  rahbarlik  qiladi.
Yordamchi  maktab  o ‘quvchilari  shaxsini  rivojlantirishda  tarbiyaning 
yetakchilik  roli  shu  bilan  belgilanadi.  Bunda  bolaning  ruhiy-fiziologik 
imkoniyatlari,  ulaming jo ‘shqinligi  hisobga  olinadi.  Shu  munosabat  bilan 
tarbiya jarayonining o ‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi.  U o ‘zgarib boradi,  uning 
mazmuni boyiydi va murakkablasha boradi, shakllari o'zgaradi, o ‘sayotgan 
odam  shaxsiga  ta’sir  ko'rsatish  usullari  tobora  xilma-xil  bo‘lib  boradi.
198


Tarbiyaning  o ‘zgarishi  bolaning  eng  yaqin  rivojlanish  zonalari 
(L.S.Vigotskiy)  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ular  ancha  murakkab  mazmundagi 
bilimlar,  ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o ‘zlashtirishda ruhiy- 
fiziologik  im koniyatlar  paydo  b o iish i  bilan  ajralib  turadi  (masalan, 
o ‘qishni  o ‘rganish,  nutq  madaniyatining  rivojlanishi,  nutq  ravonligi, 
bir  qancha  miqdordagi  tasavvurlarga  ega  bo‘lgandan  keyin  tushunchalar 
darajasidagi  bilimlami  o ‘zlashtirish;  o ‘yin,o‘quv,  mehnat  faoliyatining 
vujudga  kelishi  va  hokazo).  Aqli  zaif  o‘quvchilar  korreksion  ta’limi  va 
tarbiyasi  «eng  yaqin  zonasiga»  asoslanib  bugungi  rivojlanish  darajasidan 
ildamlab boradi va bolaning  rivojlanishini  olg‘a  harakatlantiradi.
Yordamchi  maktab  o ‘quvchilari  shaxsining  rivojlanishi  bir  qancha 
bosqichdan o ‘tadi.  H ar bir navbatdagi bosqich  avvalgisi bilan  mustahkam 
bog‘liq  bo‘ladi,  aw al  erishilgan  bosqich  yanada  yuqoriroq  bosqichning 
tuzilishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Yordamchi  maktabda aqli zaif o ‘quvchilar 
shakllanadigan korreksion rivojlanish  ular uchun  vaqtincha emas,  doimiy 
ahamiyatga egabo‘ladi. Mazmun,  usullar, tashkil etish shakllari aloqadorligi 
birinchi  bosqichdan  oxirigacha  maxsus  tarbiyaning  o ‘ziga  xos  xususiyati 
hisoblanadi.
Aqli  zaif  bola  shaxsini  rivojlantirishda  tarbiyaning  hal  qiluvchi  roli 
yordamchi  maktabda,  ayniqsa,  namoyon  boiadi.  Aqli zaif bolalar uchun 
ishlab chiqilgan maxsus tarbiya ti/.imi ulami ijtimoiy turmushga va mehnat 
faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.
Bola  shaxsini  rivojlantirishda  tarbiyaning  yetakchilik  roli  oligof- 
renopedagogikaning ham yetakchilik rolini, uning alohida yordamga muhtoj 
bola  shaxsini  shakllantirish  uchun  mas’uliyatini  qaror  toptiradi.  Alloma 
Abu  Ali  ibn  Sinoning  ta’limoti  bo'yicha,  jumladan,  «Tadbiri  manzil» 
risolasida  inson  tabiati  azaldan  axloqli  yoki  axloqsiz  bo‘lmaydi,  degan 
tarbiyaviy g‘oya muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar aslida tayyor shaxsiy 
sifat,  odat  va  ko‘nikmalar  bilan  tug‘ilmaydilar.  Bunday  xususiyatlar 
ularning ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o ‘zgalar tajribasi, ajdodlar 
an’analari,  ta ’lim-tarbiya ta’sirida shakllana boradi.  Inson ta ’lim-tarbiya, 
o ‘zgalar  ta’siri  ostida  o ‘zida  ijobiy,  axloqiy  fazilatlarini  kamol  toptiradi 
yoki  «yomon  do'stlar»  yo'ldoshiga,  ya’ni  salbiy  odatlar,  mijoz  va 
kayfiyatlar sohibiga aylana  boradi.  Shakllangan  odat beqiyos ta’sirga ega. 
Shaxs  kamolotida  ijobiy  fazilatlar  va  odatlami  qaror  toptirish  qanchalik 
mushkul  bo‘lsa,  m a’naviy  qiyofaga  ega  b o ‘lish,  olgan  salbiy  jihat  va 
o d atlard an   xalos  b o ‘lishi  b u n d an   ham   m urakkabroqdir.  D em ak, 
yuqoridagilardan xulosa qilsa bo‘ladigan bolalarning barchasi begunoh va 
beozor  bo‘lib  tug‘iladi,  bola  yomon  tarbiyalangan  bo‘lsa  bunga  albatta 
o ‘qituvchi,  tarbiyachilar,  ota-ona  aybdor,  bola  yaxshi  b o ‘lsa,  demak, 
o ‘qituvchi,  tarbiyachilari  oldida,  ota-onalari  oldida  umrbod  qarzdordir 
degan allomaning fikrlariga qo‘shilamiz.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish