18
5-rasm.
Debil darajasidagi aqli zaif qiz bola.
Aqli zaif bolalar bosh miyasi chuqur zararlanganligi sababli barcha oliy
asab faoliyatlari buzilgan boMadi. Patologik buzilishlar shartsiz reflekslarning
hosil bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning qo‘zg‘alish
va tormozlanish jarayonlarida ham o ‘z aksini topadi. Hatto ikki signal
sistemalarining o‘zaro aloqalarida buzilishlar ko‘zga tashlanadi. Rus defektolog
va psixologlaridan L.S.Vigotskiy, L.V.Zankov, G.Ye.Suxareva, Т А Vlasova,
G .M .D u ln e v , N .G .M o ro z o v a , S .Y a.R u bin sh teyn , M .S .P ev zn er,
G .I.R o sso lim o , V .G .P etro v a, J .I.N a m o z b o y e v a , sh u n in g d ek ,
G ‘.B.Shoumarov, K.Q.Mamedov, P .M .Po‘latova, V.S.Rahmonova va
boshqalaming tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, «aqli qoloq»likda ruhiy nuqson
murakkab tuzilishga ega ekan. Ulaming ko‘rsatishicha, bir tomondan, birlamchi
nuqson ta’sirida oddiy aqliy jarayonlar buzilsa, ikkilamchi nuqson sifatida
ruhiyatning oliy shakllari, xotira, xarakter belgilari buzilar ekan.
19
Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba
nuqsonning o ‘zi emas, balki u bilan bog‘langan buzilgan ruhiy holatlardir.
Shu bilan birga, biz aqli zaif deb bu holatning turg‘unligini ham tushunamiz.
Mana shu mezonning bor yoki yo‘qligiga qarab aqli qoloqlikni boshqa unga
o‘xshash turlardan farqlashimiz lozim. Aqli qoloqlikning asosiy belgilari:
a) bosh miyada organik buzilishning mavjudligi;
b) bilish faoliyatlarining umumiy, chuqur buzilganligi;
d) bilish faoliyatlari buzilganligining turg‘un xarakterdaligi.
Aqli zaif bolalar guruhiga quyidagi bolalar kirmaydi:
a) aqliy rivojlanmaganlik bosh miyaning organik buzilishlari bilan
bogiiq bo‘lmagan pedagogik qarovsizlar;
b) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar;
d)
aqliy jihatdan saqlangan bo‘lib, chuqur nutq kamchiliklari boigan
bolalar.
Amaliyotda ba’zan bosh miyasi zararlangan bolalarni aqli zaiflar qatoriga
qo‘sha olmaymiz. Bunday hollarda bosh miya zararlanishi bilish faoliyatining
buzilishiga olib kelmaydi.
Oligofrenopedagoglar biologik omillarga katta e’tibor beribgina qolmay,
balki ta’lim-tarbiya, atrof-muhitga ham alohida e’tibor beradilar. Yordamchi
maktablarning boshlang‘ich sinflaridagi (korreksiyalovchi) tuzatuvchi-
tarbiyalovchi ta’lim ta’sirida aqli zaif bolalar ruhiy jarayonlarida juda katta
siljishlar yuz beradi.
Hozirda yordamchi maktablarimizda asosan aqli zaiflikning yengil
darajasi — debil bolalar ta ’lim oladilar. Bular bir toifaga kirmaydigan
sohalardir. Bular orasida amalda kasalliklari davom etuvchi bolalar ham
uchraydi.
Amalda sog‘ bolalar toifasiga aqliy nuqsonlar ilk rivojlanish davrida
kasallikka chalinib, kasalliklarining rivojlanishi to ‘xtagan bolalar kiradi.
Bunday bolalarning keyingi aqliy rivojlanishi nuqsoni asosida davom
etadi. Ammo bular amaldagi SO G ‘ bolalardir. Oligofren bolalar bu
toifaning asosiy, tip ik vakillaridir. Bu bolalar yordam chi maktab
o ‘quvchilarining asosiy qism ini tashkil etadi. Y ordam chi m aktab
o‘quvchilarining ikkinchi toifasini aqliy nuqsonlilikni keltirib chiqargan
kasalliklari davom etadigan bolalar tashkil etadi. Bunday bolalar m a’lum
rivojlanish davrigacha m e’yorida rivojlanib, keyinchalik kasallikka
chalinganlardan iborat. So‘nggi yillarda tabiiy fanlaming rivojlanishi asosida
oligofreniyaning etiologiyasi va patogenezi haqidagi m a’lumotlar yanada
kengaydi.
G.Ye.Suxarevaning (1965,1972) tasnifnomasi birmuncha keng tarqalgan
bo‘lib, u tomonidan oligofreniyaning quyidagi shakllari ajratilgan:
I. Endogen xarakterdagi oligofreniya (daun, mikrosefaliya).
II. Embrio va fetopatiya (yuqumli kasalliklar, zaxm, garmonal buzilishlar).
20
III. Turli zararli ta’sirlar oqibatida kelib chiqadigan oligofreniya.
Qator oligofreniya tasnifnomalari klinik-patogenetik tamoyil asosida
tuzilgan. Bularga rus psixolog, defektologlardan M.S. Pevzner (1959,
1965, 1979), S. S. Mnuxin (1961), O. Ye. Freyerov (1964), D.Ye.Melexov
(1965), G.Ye.Suxareva (1965), D.N.Isayev (1970) fikrlarini ko‘rsatish
mumkin.
M .S.Pevzner tasnifnomasida asosiy nuqson tuzilishi bilan birga
neyrodinam ik, psixopatologik va boshqa buzilishlarni ajrata olish
imkoniyatlari berilgan. Oligofreniyani bunday tasniflash ular bilan olib
boriladigan psixologopedagogik tuzatish usullarini belgilashga yaxshi
yordam beradi. M.S.Pevzner oligofreniyaning quyidagi asosiy turlarini
ajratib ko‘rsatadi:
1. Oligofreniyaning murakkablashmagan tun.
2. Neyrodinamik jarayonlari buzilgan oligofreniya.
3. Xulqi psixopat xarakter kasb etuvchi oligofreniya.
4. Turli analizatorlari buzilgan oligofreniya.
5. Peshona qism yetishmovchiliklari yaqqol ko‘rinib turuvchi oligofreniya.
Oligofreniyaning murakkablashmagan turida qo‘pol ruhiy, jismoniy
buzilishlar deyarli uchramaydi. Bunday bolalar, odatda, mehnatsevar,
intizomli bo'ladilar, ularning asab sistemalari turg‘undir. Biror ish
bajarganda ular yetarli darajada diqqatlarini bir joyga yig‘a oladilar.
Hissiyotlari ham nisbatan saqlangan. M aktabda, oilada turli yumush-
larga yordam beradilar, yordam chi rnaktab dastur m ateriallarini
muvaffaqiyatli o ‘zlashtiradilar. M urakkablashm agan oligofreniyada
nevrologik buzilishlar, tana tuzilishidagi nomutanosibliklar juda kam
uchraydi.
N eyrodinam ik jarayonlari buzilgan oligofrenlarda aqliy nuqson
qo‘zg‘aluvchanlik yoki tormozlanuvchanlik bilan birga keladi. Aqliy faoliyat
diqqatning tarqoqligi, impulsivligi, harakat tizimlarining buzilganligi
natijasida yanada ko‘proq buziladi.
Tez-tez bo'lib turadigan bosh og‘rig‘i, vegetativ distoniya, nevroz
xarakterdagi buzilishlar aqliy faoliyat jarayonlariga o ‘zining salbiy
ta ’sirini o ‘tkazadi. Bu toifaga apatik-dinam ik buzilishlari bo'lgan
oligofrenlarni ham kiritish mumkin. Xulqi psixopat mazmun kasb etuvchi
oligofrenlarda jinsiy intilishlarning buzilishi, daydib yurishga moyillik,
o ‘g‘rilikka ruju qo‘yish holatlari ko‘rinib turadi. Bunday nuqsonlar asosan
meningoensefalit, meningit, bosh miyasi jarohat olgan oligofrenlarga
xosdir.
Bosh miya organik buzilishlari natijasida kelib chiquvchi aqliy nuqson
bilan birga m a’lum analizatorlarning jarohatlanishi ham yuz berishi
mumkin. Aqliy nuqson ko‘rish, eshitish, nutq va harakat tizimidagi
nuqsonlar bilan birga keladi. Ba’zi hollarda aqliy nuqson markaziy falajlar
21
bilan qo'shilib ham kelishi mumkin. Buning sabablari turli-tuman boiishi
mumkin. Organizmda modda almashinuvining buzilishi, rezus faktor,
genetik nuqsonlar ham bunday turdagi oligofreniyaning kelib chiqishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
Aqliy nuqson peshona qism kamchiliklari bilan birga kelganda bilish
faoliyatining maqsadga muvofiqligi qo'pol buzilgan bo‘ladi. Ayrimlarida
bo‘shanglik, so‘zsiz bo'ysunish ko‘zga tashlansa, boshqalarida uyatsizlik,
kayfiyatning sababsiz ustunligi, tez-tez diqqatning tarqalib turish hollari
uchrashi mumkin. Bunday bolalar nutqi tashqi tom ondan juda “boy,
serm azm un” b o ‘lib tuyulsa-da, aslida ularga o ‘zlarining gaplarini
tushunm aslik, birovlarning fikrlarini qaytarish, o'zlariga tanqidiy
qaramaslik xislatlari xosdir. Salbiy ta ’sirlarning bola organizmiga ikki
yoshidan keyingi ta ’siridan kelib chiqadigan oligofreniya demensiya deb
yuritiladi. Demensiyani keltirib chiqargan sabablar, uning kechish
xususiyatlari, asoratlariga qarab organik, epileptik va shizofrenik demensiya
kabi turlarga ajratiladi.
Barcha yordamchi maktab o ‘quvchilarini amaliy maqsadda ikki guruhga
bo'lish mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanish davrining m a’lum bosqichlarida bosh
miyasi zararlanib, nuqson asosida rivojlanayotgan amaldagi sog‘ bolalar
kirsa, ikkinchi guruhga maktab ta’limi davrida ham kasalliklari davom
etib boruvchi bolalar kiradi.
Birinchi guruhga kiruvchi bolalarni yana ikkita ti pik guruhlarga
bo‘lamiz. Birinchi kichik guruhni shartli ravishda A deb belgilasak, ikkinchi
kichik guruhni В deb belgilaymiz. A guruhga bosh miyasi homila yoki ilk
chaqaloqlik davrida zararlangan bolalar (oligofrenlar) kirsa, В guruhga
bosh miyasi zararlangan bog‘cha yoki kichik maktab yoshidagi bolalar
kiradi.
Ikkinchi guruhga hayotda, ta ’lim-tarbiya jarayonida kasalliklari davom
etuvchi aqliy nuqsonlilar kiradi. Bunday kasalliklarga misol qilib asab
sistemasining revmatizmi, bosh miya zaxmi, epilepsiya (tutqanoq),
shizofreniya, gidrosefaliya va boshqalar kiradi.
Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniya uch darajaga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |