Maxsus pedagogika kafedrasi surdapedagogika fanidan



Download 107,63 Kb.
bet2/6
Sana08.12.2022
Hajmi107,63 Kb.
#881673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Ergasheva Dilafruz 123

Kurs ishining maqsadi: Zaif eshituvchi bolalarni oilada o’rganish.
Kurs ishining obyekti: Kar bolalar.
Kurs ishining tatqiqot predmeti: Zaif eshituvchi bolalarni oilada rivojlantirish.
Kurs ishining vazifasi: Zaif eshituvchi bolalarni o’rganish.
Kurs ishining metodologik asosini psixologiya fanining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmish, ong bilan faoliyat birligi tamoyili, L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi, P.K.Anoxinning funksional tizimlar nazariyasi metadologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining metodlari. Maxsus maktabda darslarini kuzatish va tahlil qilish; maxsus maktab o‘quvchilarining tibbiy-pedagogik va psixologik hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish; savol-javob, suhbat, so‘rovnoma, kuzatish, maxsus mashg’ulotlardan keng foydalanilanildi.
Shakllantiruvchi bosqichda psixologik mashqlar va o‘yinlar majmui (“Farqini top”, “Kuzda barglar qanday tushishini chizma va ranglar bilan bo‘yab qo‘y”, “Sonlarni ma’lum tartibda joylashtirish”, “Diqqat taqsimlanishi”, “Har bir qo‘l uchun o‘ziga xos ish”, mashqlari shuningdek, “Hamma narsani ilg‘ab ol”,
“To‘xtamasdan izla” o‘yinlari) qo‘llanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishimiz 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I. BOB. Zaif eshituvchi bolalarning ilmiy nazariy asoslari.
1.1. Zaif eshituvchi bolalarnining psixologik pedagogik xususiyatlari.
Ruhiy rivojlanish –bu ruhiy jarayonlarning ma’lum qonuniyatlarga mos ravishda rivojlanishi bo‘lib, u davriy munosabatlar biln chambarchas bog‘liqdir. Bolalarning rivojlanishi turlicha bo‘lib, bunday turfalik har bir bolaning bosh miyasidagi bo‘limlarning rivojlanish davrlari va xususiyatiga bog‘liqligidan kelib chiqadi.
Shunga ko‘ra bolarning ruhiy jarayonlarining shakllanishi va rivojlanishi har xil yoshida turli darajada bo‘lishi kuzatiladi.Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishidagi o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish: kar va sog‘lom bola ruhiy rivojlanishidagi umumiy va xususiy tomonlarini aniqlash; kar bolalar bilish jarayonining alohida shakllarining rivojlanishidagi o‘ziga xosligini o‘rganish va aniqlash – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq hamda uning shaxs sifatida shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish; rivojlanishi nuqsonli bo‘lgan bola shaxsining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan metodlar va yo‘llarni psixologik jihatdan asoslab berish kabi eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar ta’limi orqali ularni barkamol tarbiyasini amalga oshirishga qaratilgan ishlar rejalashtiriladi.
Eshitish sezgisi va idroki ayniqsa nutqni egallashda muhim rol o‘ynaydi. Nutqning aktiv va passiv shakllari aynan eshitish sezgisi va idroki asosida amalga oshadi. Atrofdagilar nutqini eshitib, unga taqlid qilish orqali dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Nutqni eshitib, u orqali asosiy ma’lumotlarni oladi, kattalar bilim va tajribalarini egallaydi.Chunki kattalarning bilimi, tajribalari bolalarga og‘zaki yoki yozma nutq orqali kattalar tomonidan еtkaziladi. Atrofdagilar nutqini idrok qilish imkoniyatining buzilishi faol nutqning shakllanish imkoniyatini yuqotadi.
Eshitishi buzilgan bola hech qachon o‘zi mustaqil ravishda nutqni egallay olmaydi. Agar bunday bola maxsus sharoitda maxsus yondoshish va maxsus uslublar bilan o‘qitilmasa soqov bo‘lib qoladi.
Eshitmaydigan bola butun axborotni eshitish apparati. analizatorining ishtirokisiz oladi, u hamma narsalarni predmetlar, voqea va hodisalarni ko‘rgani holda ular haqida hech qanday informatsiya olish imkoniyati yo‘q.
Bu esa o‘z navbatida ikkilamchi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Me’yorda, bola kattalar va atrofdagilar nutqini takror-takror eshitib, ularga taqlid qilib, uni egallaydi. Eshitmaydigan bola ko‘rgan narsalarining nomlarini va hodisalarni so‘z orqali ifodalay olmaydi,munosabat bildira olmaydi. Bunday holat bolani ruhiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Karlik tufayli bolada ikkilamchi nuqsonlar vujudga keladi: soqovlik, ruhiy rivojlanishining orqada qolishi va hokazo. Chunki bu ikkilamchi nuqsonlar eshitmaslik tufayli vujudga keladi , barcha psixik jarayon, tafakkur, xotira, idrok, diqqat va butun bilish jarayoniga ta’sir kiladi.Eshitishni korreksiyalash qanchalik erta tashkil qilinsa, nutqdagi kamchiliklar shunchalik erta to‘g‘rilanadi.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning asab tizimining faoliyatini egiluvchanligi tufayli ularda kompensatorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.Bunday bolalar atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishda qiyinaladi, shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi, o‘zligini anglai sog‘lom bolalardan farqlanadi. Eshitishdagi buzilishning har qanday holatida ham axborotni qabul qilish, uni tahlil qilish va munosabat bildirish, uni saqlash imkoniyati mexanizmi qiyinlashgan yoki buzilgan bo‘ladi.
Barcha imkoniyati cheklangan bolalarda tushunchalarning shakllanish jarayoni sekinlashgan holda korreksiyalanadi, eshitmaydigan bolalarda bu jarayon vaqtinchalik sekinlashgan bo‘ladi va o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi.Eshitmaydigan bolaning rivojlanishida ikkita o‘zaro bir-biriga bog‘liq muhim holat kuzatiladi. Eshitmaydigan bolaga ta’sir etuvchi tashqi omil nihoyatda tor, tashqi muhit bilan muloqoti cheklangan, atrofdagilar bilan muomalada bo‘lish imkoniyati chegaralangan bo‘ladi.
Buning natijasida bunday bolalarning ruhiy jarayonlarining rivojlanishi nihoyatda oddiy tusda bo‘lib, tashqi ta’sirlarga reaksiyasi sodda, doimiy bir xillik kuzatiladi. Shu sababli eshitmaydigan bolalarning analizatorlar faoliyatida o‘zaro bog‘lanishlar sog‘lom bolalardan farqlanadi va ularning o‘z fikrini bayon qilish formalari farqli kechadi. Masalan ko‘rgazmali –obrazli , so‘z mantiqiy tafakkuri; yozma nutqning ikkala shakli impressiv(o‘qish) va ekspressiv(yozma) shakllari og‘zaki nutqdan ilgariroq rivojlanadi va ustunlik qiladi, katta rol o‘ynaydi;nutqning impressiv shakli ekspressiv nutqdan ilgarilab rivojlanadi. Ta’lim jarayonida aynan mana shu holatning inobatga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishi bilan me’yordagi bolani ruhiy rivojlanishidagi farq asosan uning jadalligi va sifatida namoyon bo‘ladi. Har qanday bolaning ruhiy rivojlanishi uning analizatorlarining sog‘lomligi, umumiy salomatligi, o‘sayotgan muhitiga bog‘liq. Sog‘lom va eshitmaydigan bolaning antogenezdagi rivojlanishida kam farqlanadi, farqlanish rivojlanishning keyingi bosqichlarida ortib boradi. Bolaga ilk yoshidan surdopedagogik yordam tashkil qilinib uning kompensatorlik imkoniyati rivojlantirilib borilsa bu farq katta bo‘lmasligi mumkin.
Bolaning imkoniyatini rivojlantiruvchi ta’sir va muhit qanchalik o‘z vaqtida va izchillik bilan amalga oshirilsa farq shunchalik sezilmaydi. Aynan mana shu shart-sharoitlar eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar ta’limining mazmuni, davomiyligi va zaruriy tashkiliy formalarini belgilashda hisobga olinadi. Bu bolalarning umumiy kachiligining tarkibiy tuzilishi haqidagi tasavvurdan kelib chiqqan holda uni tahlil qilishda birinchi o‘rinda ularning nutqini rivojlanish xususiyatida boshlash maqsadga muvofiqdir. Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar dastlab nutqni bevosita emas balki, maxsus tashkillashtirilgan sharoitda alohida vositalar orqali, majburiy muloqot vositasi sifatida egallaydi. Bunda bolaning ruhiy rivojlanishini kechiktirilmasligini ko‘zlab nutqning qo‘shimcha kompensator vositasi bo‘lgan daktil va imo-ishora shaklidan foydalaniladi. Lekin to‘g‘ri tashkillashtirilgan pedagogik jarayon natijasida eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar ma’lum vaqtdan keyin bunda nutqiy imkoniyatdan qoniqmaydilar, natijada muloqotning yangi, to‘liq nutqiy muloqot shakliga o‘tiladi. Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarning nutqiy muloqoti turli faoliyatlar jarayonida shakllanib boradi. Ular bu davrda nutqning turli formalaridan (og‘zaki, yozma) foydalanadilar, va nutqning ikkala tomoni impressiv (nutqni ko‘rib qabul qilish) va ekspressiv tomoni(gapirish, daktillab aytish,yozuv orqali fikr bildirish)dan foydalanadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning tasnifi Zamonaviy maxsus ta’lim muassasalarining tabaqalashtirilgan holda tashkil etilishi, shuningdek, ulardagi ta’lim-tarbiya mazmunini belgilashda asosiy omil bo‘lib R.M.Boskisning eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar pedagogik tasnifi xizmat qiladi: Karlik-eshitishning turg‘un yo‘qolishi bo‘lib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hattoki quloqqa yaqin bo‘lgan masofada bo‘lgan nutqni aniq idrok etish imkoniyati bo‘lmaydi. Total (to‘liq) karlik juda kam uchraydi.
Ko‘pincha karlikda baland nonutqiy tovushlar, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba’zi nutqiy tovushlarni idrok etish darajasida bo‘lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 dBdan yuqori darajada yo‘qolganligini ko‘rsatadi.
Zaif eshituvchilik- eshitishning turg‘un pasayishi bo‘lib, unda ushbu eshitish qoldig‘i asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati bo‘ladi.
Audiometr tekshiruvi eshitishning 80 dB kam bo‘lmagan pasayishini ko‘rsatadi.Birinchi tasniflash 16-asrga to‘g‘ri keladi. Italiya olimi D.Kardano 3 guruh karlarni ajratishda karlikning vujudga kelish vaqtiga bog‘liqligi va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslangan:
Tug‘ma karlar.
Erta kar bo‘lganlar (nutqi rivojlangunga qadar);
Kech kar bo‘lganlar (nutqi saqlanib qolganlar).
18-asr Fransuz pedagogi R.A.Sikar eshitish nuqsoni har xil bo‘lgan bolalarni guruhlarga bo‘lishni va ularni bo‘lak holda o‘qitishni taklif qilgan.19-asrning birinchi yarmida Rus surdopedagogi V.I.Fleri kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni, kech kar bo‘lib qolganlarni va zaif eshituvchilarni bo‘lak holda o‘qitish kerakligini taklif qilgan.Parijdagi kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar instituti vrachi J.Itar besh guruh karlarni ularning tovushlar va nutqlar eshitishiga qarab ajratgan:yuqori nutq va tovushlarni qulog‘ining yaqinida eshituvchilar;unli va undoshlarni ajratuvchilar;ayrim unli va undoshlarni ajratuvchilar;nutqlarni eshitmaydigan, lekin baland tovushlarni eshituvchilar;umuman eshitishida nuqsoni bo‘lganlar.
Biroq kar bolalarning differensiyasi, faqat turli darajadagi eshitish qobiliyatini yo‘qotganlarni o‘qitish bilan ijobiy natijalar bermadi.
19-asrning ikkinchi yarmida Peterburg kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar bilim yurtida Ya.T.Speshnev ikkita bo‘linma tuzdi:turli xildagi nutqlarga ega bo‘lgan kar bolalar uchun;imo-ishora asosida muloqot qiluvchilar uchun.Ya.T.Speshnev tomonidan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutq saviyasini yaxshilash bo‘yicha differensiallanadi, asosiy nuqson darajasi hisobga olinmaydi. Bunday hol ularni o‘qitish mobaynida kerakli samara bermadi. Eshitish qobiliyati juda nuqsonli bo‘lgan bolalarning yuqori o‘zlashtiruvchanliklari boshqa tomondan eshitish qobiliyati saqlangan bolalarning nuqsonli bo‘lgan o‘zlashtiruvchanliklari kuzatiladi. Bunday hol esa o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarni aqliy rivojlanishi bo‘yicha ajratib o‘qitishga majbur qiladi.
L.V.Neyman bolalik davrida eshitish qobiliyatining buzilishini o‘rganish va tasnifini yaratish tarixida uch bosqichni belgilaydi:kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda eshitish qobiliyatini tekshirishni tizimlashtirish boshlang‘ich urinishidan, toki amaliyotda eshitishni o‘lchagich uskunasini kamerton to‘plamidan faydalanishni amaliyotda qo‘llash;kamertondan to audometrgacha bo‘lgan davr;hozirgi talabga javob beradigan amaliyotga kiritilgan audiometr.L.V.Neyman eshitish chastotalari maydoni yordamida qabul qilish diapazoniga asoslanib, karlarni to‘rtta guruhga ajratadi. Tibbiy tasnif (L.V. Neyman bo‘yicha).
Karlar :
I guruh- Eng past chastotalarni qabul qilish (125-250 Gs.);
II guruh- 500 Gsgacha chastotalarni qabul qilish;
III guruh- past va o‘rta chastotalarni qabul qilish (1000 Gsgacha)
IV guruh- 2000 Gsgacha chastotalarni qabul qilish.
Zaif eshituvchilar:
1-daraja. Eshitishni 50 Db.gacha yo‘qotish. Bunday bola 1m.dan ortiq masofadagi nutqni farqlaydi.
2-daraja. Eshitishni 50-70 Db.gacha yo‘qotish. Bunday bola 1m.gacha masofadagi nutqni farq qiladi.
3-daraja. Eshitishni 70 Db.dan yuqori yo‘qotish. Bunday bola quloq oldida va quloq suprasiga aytilgan nutqni ham farqlashi qiyin.
Eshitish kamchiligidagi nutqiy rivojlanishlarning darajasi va xarakteri bir qator sabablar asosida yuzaga keladi. R.M.Boskis nutqiy rivojlanish darajasining quyidagi to‘rt omil bilan aloqadorligini ko‘rsatib o‘tgan. Ularning chastotalarni qabul qilishi 125-8000Gs atrofida. 1mdan ortiqroq masofada so‘zli tovush balandligida gaplarni ajratish imkoniyati bor. Ular bilan muloqotda bo‘lish mumkin. 2-darajali zaif eshituvchilarda tovush diapazonida eshitishning pasayishi 70dBgacha. 1mdan kamroq masofada so‘zli tovush balandligidagi gaplarni ajratish imkoniyati bor. Ular bilan muloqotda bo‘lish birmuncha qiyinroq. 3-guruh tovush dipozonida eshitishning pasayishi 70dBdan yuqori. So‘z tovushlari balandligida gaplarni ajratish quloq oldida ham qiyinlashadi; muloqot qilish faqat baland tovushda quloq yaqinida amalga oshiriladi. Zaif eshituvchilarda mustaqil nutq jarayonining qiyinlashuvi, eshitish qobiliyatining pasayishi 15-20dBda hosil bo‘ladi. Buni L.V.Neyman yaxshi eshituvchilar bilan zaif eshituvchilar o‘rtasidagi taxminiy chegara deb qabul qilishni taklif etadi. Zaif eshituvchilar bilan karlar o‘rtasidagi taxminiy chegara esa 80dBdir.
Pedagogik tasniflashni har bir surdopedagog uchun puxta bilish, har bir toifa bolalarni keng ma’noli, maxsus bir maqsadga yo‘naltirgan ishlarni olib borishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 107,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish