O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAXSUS PEDAGOGIKA VA INKLUZIF TA’LIM FAKULTETI
MAXSUS PEDAGOGIKA KAFEDRASI
SURDAPEDAGOGIKA FANIDAN
KURS ISH
Mavzu: Zaif eshituvchi bolalarni oilada tarbiyalash.
Bajaruvchi: Ergasheva Dilafruz.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya
Topshirilgan sana: ____________
Himoya qilgan sana: ____________
Baho: _______
TOSHKENT – 2022
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………..………………………………….3
I. BOB. Zaif eshituvchi bolalarning ilmiy nazariy asoslari………6
1.1. Zaif eshituvchi bolalarnining psixologik pedagogik xususiyatlari…6
1.2. Zaif eshituvchi bolalar maktabida didaktik tamoyillarning amalga oshirilishi………………………………………………………………12
II. BOB. Zaif eshituvchi bolalarning ilmiy nazariy metodikasi…...18
2.1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada va tarbiyada tekshirish metodikasi…………………………………………………………..…18
2.2. Zaif eshituvchi bolalar maktabida o’quv faoliyatni tashkil etish…28
XULOSA………………………………………………………….......32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……………...35
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi" Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2004 2008 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" farmoyishini qabul qilinganligi ta’lim-tarbiya asoslarini yaratishda muhim omil bo‘lib maydonga chiqadi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi" Qonunining 23-moddasida "Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud, shuningdek uzoq vaqt davolanishga majbur bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarni tashkil etilishini e’tirof qilinishi ham muhim ahamiyatga molikdir. Milliy istiqlol mafkurasi asosida jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda hayotga tayyorlashda maxsus maktablarning boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli, bugungi kunda maxsus maktablarida mehnat tarbiyasini takomillashtirishning samarali usullarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir.
Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o’zligini anglashdagi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga va ma’naviy barkamol, intellektual hamda aqliy-amaliy jihatdan mukammal yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda.
Prezidentimiz I.A. Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat otaonaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” - deb ta’kidlaganlar.
Ma’lumki, har tomonlama sog‘lom muhit hukmron ekan, farzandlarimiz barkamol voyaga yetadilar, fuqarolari barkamol jamiyat esa hech qachon zavol topmaydi. Mamlakatimizda aynan mustaqillik yillarida bu borada talay ijobiy ishlar amalga oshirildi, davlat dasturlari, hukumatning maxsus qarorlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qilgan hamda BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan Milliy harakat dasturini qabul qilgan davlat sifatida har bir bolaning tug‘ilgan onidan boshlab oila muhitida tarbiyalanishi, uning salomatligi, aqliy va jismoniy kamoloti uchun barcha shart-sharoitlarning yaratilishi davlat ahamiyatiga molik masala ekanligini amalda ta’minlashga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shu ma’noda “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi ana shu e’tibor va g‘amxo’rlikning yana bir amaliy ifodasidir.
Zamonaviy psixologiyada ontogenetik rivojlanishning turli bosqichlari o‘ziga xos jins va yosh xususiyatlarini namoyon etuvchi turli kognitiv, kognitiv va affektiv jabhalar bir qator genetik, ijtimoiy va shaxsiy omillarning o‘zaro uyg‘unlashuvida ro‘y berib, turfa ko‘rinishli va katta ta’sir kuchiga egaligi bilan subyektning xulq-atvor mexanizmida o‘ziga xos individual-psixologik, individualdinamik xususiyatlar, uning dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, kauzal, kazusli vaziyatga tushganga qadar yashagan ijtimoiy-psixologik muhit bilan belgilanib, shaxs rivojlanishi va shakllanishida katta ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi. Zero, shaxs va uning tashqi olamni bilish imkoniyatlari bilish jarayonlari, ya’ni psixik jarayonlar orqali tushuntiriladi. Idrok va xotira jarayonlarining samaradorligi va ularni boshqarish psixik jarayon bo‘lmish diqqatga bevosita bog‘liqdir. Eshitishda kamchiligi bor shaxslarni o‘rganish va diagnostika qilish psixologning amaliy faoliyatiga yordam beradi. Ayni vaqtda psixologik diagnostikaning barvaqt amalga oshirilishi nutq bilan bog‘liq salbiy holatlarning intervensiyasi uchun zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» ta’lim tarbiya, shu jumladan maxsus ta’lim tarbiya oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |