Payvandlash, kavsharlash, qirqish, parmalash va boshqa jarayonlarda optik kvantli generator — lazer qurilmasi qo‘llaniladi. Lazerli payvandlashda metall qizdiriladi, eritiladi va bug‘lantirib yuboriladi. Bu ja- rayon qattiq jismli va gazli nurlantiruvchidan olingan kuchli yorug‘lik nuri yordamida amalga oshiriladi.
Impulsli ishlovchi kam quvvatli lazer qurilmasi 60-yil- larda ishlab chiqlgan. Uzluksiz ishlovchi yuqori quvvatlisi esa keyinroq ishlab chiqarilgan. Qattiq jismli nurlantiruvchi — rubin kristalli qurilmaning sxemasi 15-rasmda keltiril- gan. OKG — aktiv element bo‘lgan rezonatorli rubin 6 dan
17 va optik yig‘uvchi elementdan iborat. Aktiv element ma’lum o‘lchamda tayyorlangan, alu- miniy oksidining 5% xrom oksidi bilan pishirib olingan
16 holda bo‘ladi. Nurlanish man- bayi kuchaytirish uchun aktiv
rasm. Lazer qurilmasi
element ko‘zgular 4, 9 orasiga
o‘rnatiladi. Ular sterjen bilan birga linta rezonatori vazifasi-
ni bajaradi. Ko‘zgularda chang qoplanishining oldini olish uchun himoya oynalari 2, 3, 10 mavjud. Rezo- natordan nurlanishni chiqarish uchun ko‘zgulardan biri yarimshaffof qilib tayyorlangan. Kondensator batareyalarining razryadiga ishlovchi impulsli lam- pa 7 ning yorug‘i ta’siridan faol element — rubin- ning atomlari qo‘zg‘aladi. Faol element bu holatida aniq to‘lqin uzunligidagi nurni kuchaytiradi. Olina- yotgan energiyani diafragma 8 yordamida nur oqi- mi diametrini o‘zgartirib va material yuzasiga nur- ning ta’sir qilish vaqtini o‘zgartirib rostlash mumkin. Qizdirishning fokus izi linza 11 ni siljitib rostlanadi.
Payvandlash uchun detal tekislikdagi ishchi stol 15 ga qo‘yiladi. Payvandlanayotgan detalga nurni tus- hirishdan oldin u lampalar 14 yordamida yoritiladi. Payvandlash jarayonini okular 17, ko‘zgu 12, himoya oynasi 16 va obyektiv 13 yordamida kuzatib turiladi. Fokus tekisligiga qo‘yilgan panjara payvandlash zo- nasidagi o‘lchamni tekshirib turishga xizmat qiladi.
Impuls lampasi yoqilganda OKG nurlariga xala- qit bermasligi uchun ko‘zgu 12 avtomatik ravishda olinadi.
Payvandlashjarayonidalazer nurining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: nur- ning chiqish quvvati, impuls be- rish vaqti va payvandlanayotgan yuzadagi nur izining diametri
(16-rasm). Qattiq jismli lazerda payvandlash, asosan, mikrora-
rasm. Lazer nuri
sxemasi
dioelektronikada keng qo‘llaniladi. 0,05—0,5 mm li mis, nikel, oltin, zanglamaydigan po‘lat, tantalli yu- maloq va yassi yarimo‘tkazgichlar har xil birikmalar hosil qilib payvandlanadi.
Bu usulda quyidagi plastmassa materiallari: qattiq va yumshoq polietilen, polipropilen, poliamid, poliuretan va h. k., qalinligi 0,01—4 mm bo‘lgan plastmassa materiallarini payvandlash, qalinligi 35 mm gacha bo‘lgan penoplastlarni qirqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |