Advokatlar daromadlariga soliq solish Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning XIII bo‘limida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solish obyektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hay’atlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni to‘lovchilar hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar mehnatga haq to‘lash tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan stavkalar bo‘yicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘laydi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi. Bunda foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb e’tirof etiladi.
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Foyda solig‘i to‘langanidan keyin xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 4802-moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
Soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 ko‘chasi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1) foyda solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i har chorakda yigirma besh ming so‘m miqdorida to‘lanadi;
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT