Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi O’quv uslubiy majmua magistratura yo’nalishi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/127
Sana11.02.2022
Hajmi1,49 Mb.
#444231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
maxsus fanlarni oqitish metodikasi

Ko’nikma 
– ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari 
majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat usullarini tanlab va qo’llab bajarishga va buning 
oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi.
Malaka 
– ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va 
maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat 
o’quvchining mashqlar o’tkazishi natijasida hosil bo’ladi.
Kasbiy pedagogika
umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, 
o’qitish haqida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat
ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi.
Didaktika-
grekcha «didaskiuen» so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni 
o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, metodlari, 
tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Metod
-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya ta’limot 
ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. 
Metod-pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi 
kerak, ana shunda-tarbiya, ta’lim rivojlanish amalga oshadi.
Metodika-
pedagogikaning o’qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari
amalga oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o’zida 
mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir.


O’qitish metodikasi
bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan 
foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar 
paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.
Mahorat
o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish 
xarakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarishdir. 

Kasb-
muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb –hunar 
sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-xarakat usullarini 
o’zlashtirish orqali erishiladi.
 
1.3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari.
Maxsus fanlarni o’qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o’tkazishdan 
maqsad o’qitish va o’rgatishning, samaradorligin oshirishni ta’minlovchi metodlarni ishlab 
chiqish va ularni amalda qo’llash, o‘qitishda ta’lim va axborot texnologiyalarni qo’llashga 
doir masalalarni yechishni o’rganishdan iboratdir.
“Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda 
mavjud hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari 
bilan o’rganadi.
Ushbu fanning ilmiy tadqiqot metodlari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va 
o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish 
va bildirish yo’llari, metodlari va vositalari majmui tushuniladi. Bu fanning ilmiy tadqiqot 
metodlari qanchalik rivojlansa hamda takomillashtirilsa, ta’lim-tarbiya mazmunini 
yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.
Ob’ektiv dunyoni bilish nazariyasida 
“nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va 
qanday tarbiyalash lozim” 
degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog‘liqdir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va maxsus 
usullari qo’llaniladi.
Umumilmiy usullarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rov, test, 
so’rovnomalari,statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish