Ishchi o‘quv dasturida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
•
DTS talablari;
•
o‘quv dasturlarini mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablar;
•
talabalar uchun beriladigan o‘quv materiallarining maksimal hajmi;
•
bitiruvchilarni tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;
•
OTM tomonidan o‘quv rejaga asosan belgilangan o‘quv yuklamasining
hajmi;
•
ta’lim dasturlarining maqsadi va vazifalari. Yuqorida keltirilganlar asosida
ishchi o‘quv dasturining tuzilishi ishlab chiqiladi va uning tarkibi quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
•
titul varag‘i;
•
kirish so‘zi;
•
fanning maqsadi va vazifalari;
•
fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar;
•
talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar;
•
fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy
jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi;
•
fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni;
•
fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalar;
•
fan bo‘yicha soatlar taqsimoti;
•
nazariy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni;
•
amaliy, seminar va labaratoriya mashg‘ulotlari mavzulari va rejalari;
•
mustaqil ta’lim mavzulari;
•
foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati.
Ishchi o‘quv dasturlarini tuzish va tasdiqqa kiritish tartibi:
1.Ishchi o‘quv dasturlari OTMlarining tegishli kafedralarining professor
o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi.
2. Ishchi o‘quv dasturlarini DTS talablari va o‘quv dasturlarga mos holda
ishlab chiqilishiga tegishli kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilar mas’ul
hisoblanadi.
3. Ishchi o‘quv dasturining kirish qismida o‘qitiladigan fanning dolzarbligi,
sohaning tarixi, jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari
asosida isloh qilishdagi ahamiyati va o‘rni ochib beriladi. SHuningdek, fanni
o‘qitishning asosiy maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
ko‘rsatiladi.
4. Ishchi o‘quv dasturida uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikligi hamda
o‘qitish turlari o‘qitishning interaktiv uslublari va vositalari hamda fanni o‘qitishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim jarayonini optimallashtirish
uchun omil bo‘ladigan mexanizmlar ko‘rsatiladi.
5. Ishchi o‘quv dasturlarida o‘quv jarayoni uchun zarur texnik vositalar,
axborot-resurs markazidagi tegishli o‘quv adabiyotlari, didaktik vositalar, ashyolar
va boshqa moddiy-texnik baza to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilishi maqsadga
muvofiq.
6. Ishchi o‘quv dasturining titulida amaldagi Klassifikator bo‘yicha tegishli
bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik) larning shifri va nomlari
hamda ishchi o‘quv rejaga muvofiq fanning to‘la nomi ko‘rsatiladi.
7. Ishchi o‘quv dasturining yaratilishiga mas’ul kafedraning nomi, mualliflar
va taqrizchilar to‘g‘risida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi,
ilmiy darajasi va unvoni), tasdiqqa tavsiya etuvchi uslubiy Kengashlarning
bayonnomasi raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
8. Ishchi o‘quv dasturining foydalaniladigan manbalar ro‘yxatiga asosiy
adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar kiritiladi.
9. Ishchi o‘quv dasturining matni A-4 format, Times New Roman shriftida,
14-chi o‘lchamda, chap tomonidan - 3 sm, pastidan - 2 sm, yuqoridan – 2 sm, o‘ng
tomonidan - 1,5 sm o‘lchamida xoshiyalanadi. Betlarni raqamlash – pastki
qismining markazida joylashtiriladi.
10. Ishchi o‘quv dasturi har o‘quv yili kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqib
muhokama qilinadi va tegishli o‘quv – uslubiy kengashida ko‘rib chiqib
ma’qullanadi hamda OTMning ruxsat etilgan kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
11. OTM o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislar tayyorlashga qo’yilgan talablarning hujjatli asosini tasvirlaydigan
o’quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to’liq va aniq belgilanishini talab
qilinadi. To’liqlik deganda mazmunning barcha zaruriy va qo’yilgan maqsadga
erishish uchun etarli elementlari kiritish tushuniladi. Aniqlik deganda esa real
o’quv jarayonida berilgan mazmunda joriy qilish yo’lini ko’rsatadigan elementlar
va belgilar tasavvur etiladi.
O’quv dasturlarida talabalar o’quv rejasiga kiritilgan har qaysi fandan nimani
va qanday izchillikda o’rganish kerakligi, shuningdek, talabalar bilib olishi lozim
bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi belgilab beriladi.
O’quv dasturlarining mazmuni kasb tavsifnomalarning talablari asosida
aniqlanadi. Dasturlarni ishlab chiqishda didaktik tamoyillarga va malakali
mutaxassislar tayyorlash mazmuniga qo’yiladigan talablarga amal qilinadi.
O’quv materialini tanlashda mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt va
talabalarning materialni o’zlashtira olish-olmasligi hisobga olinadi.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida shunday o’quv materiali
bo’ladiki, talabalar bu materialni o’rganib, ishlab chiqarishning hozirgi zamon
texnikasi va texnologiyasi asoslarini o’rganilayotgan kasbni ongli ravishda, puxta
va chuqur egallash hamda ishlab chiqarish malakasini yanada oshirish uchun zarur
bo’lgan hajmda o’zlashtiradilar.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida o’quv materiali mazmunini
aniqlashda avvalo ilmiylik tamoyiliga asoslaniladi. Bu tamoyilga muvofiq,
o’rganish uchun ilmiy tadqiqotlar bilan asoslab berilgan va tajribada tekshirib
ko’rilgan jarayon, hodisa va faktlar, fan hamda texnikada qabul qilingan tushuncha,
atama, qoida va belgilar tanlab olinadi. Ilmiylik tamoyili o’quv materialni mantiqiy
izchillik bilan bayon etishni, har bir yangi hodisa yoki narsani har tomonlama
o’rganishni, mazkur ob’ektning o’ziga o’xshash boshqa ob’ektlar bilan ham,
o’zidan farq qiladigan ob’ektlar bilan ham bog’lanishidagi xilmaxillikni aniqlashni
talab etadi.
Umumkasbiy fanlari dasturlarida o’quv materialining mazmunini va uni
o’rganish ketma-ketligini aniqlashda, asosi ochib berilayotgan fanning mazmuni,
mantiqiga asoslaniladi. Masalan, elektrotexnika, gidravlika va pnevmoyuritmalar,
amaliy mexanika, issiqlik texnikasi, ekologiya kabi fanlarning dasturlari mazmuni
jihatidan eng barqaror dasturlardir.
Dasturlardagi o’quv materialiniig mazmunini aniqlash tamoyillaridan biri
uniig talabalarga tushunarli bo’lishidir. O’quv materialining tushunarli bo’lishi
deganda, uni soddalashtirish yoki engillashtirish tushunilmasligi kerak. O’quv
materialining tushunarliligi deganda, uning talabalar uncha qiynalmay o’zlashtira
oladigan darajada ochib berilishi tushuniladi. Shunday qilinganda talabalarning
tafakkuri, xotirasi, irodasi rivojlanadi. O’quv materialini tushunadigan qilib
tanlashda bilimlar hajmini va o’quv materialinint ochib berilish chuqurligini
aniqlash ko’zda tutiladi.
Dasturning har bir mavzusi bo’yicha bilimlar hajmini belgilashda zarur
bo’ladigan asosiy materialga, shuningdek, ko’rgazmali va ma’lumotnoma
materialga asoslaniladi hamda uning hajmi bilan talabalarning fikrlash va xotirada
saqlab qolish imkoniyatlariga taqqoslab ko’riladi. Bunda o’qitish davri, mavzuga
ajratilgan vaqt, o’quv materialining muhimligi, talabalarning tayyorgarlik darajasi,
fanlararo bog’lanishlar hisobga olinadi.
Ochib berilish chuqurligi jihatidan olganda o’quv materialini shartli ravishda
uch guruhga: oson, o’rtacha va qiyin o’zlashtiriladigan materiallarga bo’lish
mumkin. Ma’lumki, faktlar eng oson material; faktlar tizimi - o’zlashtirilishi qiyin
material; o’rganiladigan mashina, jihoz, mexanizm, materiallar sifati, texnologik
jarayonning muhim alomatlarini aniqlash yanada qiyin. Tushunish va o’zlashtirish
eng qiyin material - sabab-natijali bog’lanishlarni topish, chunki ular tarkibida
ancha murakkab o’quv materiali bo’ladi. Sabab-natijali bog’lanishlarni aniqlash
zarurati.
Do'stlaringiz bilan baham: |